• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Sardor Umurzoqov Tehronda Eron prezidenti bilan uchrashdi. Tomonlar ikki davlat hududi orqali tovarlar tranzitini oshirish bo‘yicha kelishuvga erishgan

    O‘zbekiston hukumati va ishbilarmon doiralari delegatsiyasining tashrifi doirasida Eronga borgan O‘zbekiston bosh vazirining o‘rinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov Tehron shahrida Eron prezidenti Sayid Ibrohim Raisiy bilan uchrashdi. Bu haqda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

    Foto: Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati

    Foto: Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati

    Ma’lum qilinishicha, suhbat davomida savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport va logistika hamda madaniy-gumanitar sohadagi hamkorlikka qaratilgan O‘zbekiston—Eron munosabatlarining keng ko‘lamli yo‘nalishlari yuzasidan fikr almashilgan. Ikki tomonlama tovar ayirboshlash hajmini ko‘paytirishning shart-sharoitlari qayd etilgan. Tomonlar yaqin kelajakda o‘zaro savdo hajmini bir necha barobarga oshirish uchun imkoniyat va zarur resurslar mavjudligiga ishonch bildirib, bu borada aniq amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirishga o‘zaro tayyor ekanini tasdiqlagan.

    Savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston—Eron hukumatlararo komissiyasining bo‘lajak 14-yig‘ilishi doirasida bir qator yangi investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha bitimlar imzolanishi rejalashtirilayotgani ma’lum qilingan.

    Foto: Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati

    Foto: Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati

    Shuningdek, O‘zbekiston va Eron tadbirkorlari o‘rtasida sanoat kooperatsiyasini chuqurlashtirish bo‘yicha vazifalar belgilangan. Agrosanoat, suv resurslarini boshqarish, qurilish materiallari ishlab chiqarish, qora metallurgiya, mashinasozlik, yengil sanoat va tibbiyot sohasi bu boradagi hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari etib belgilangan. Shuningdek, maxsus iqtisodiy zonalar, xususan, “Chabahar”, “Aras” (Eron) hamda “Navoiy” va “Angren” (O‘zbekiston) EIZ subyektlari o‘rtasida sanoat kooperatsiyasini yo‘lga qo‘yish istiqbollari alohida ta’kidlangan.

    “Tomonlar ikki mamlakatning tegishli vazirlik va idoralari o‘rtasida transport va logistika sohasida o‘tkazilgan ikki tomonlama muzokaralarda erishilgan muvaffaqiyatlarni olqishladilar. Jumladan, O‘zbekiston idoralararo delegatsiyasining 2022-yil yanvar oyida Eronga tashrifi chog‘ida transport yo‘laklarini rivojlantirish hamda ikki davlat hududlari orqali tovarlar tranzitini oshirish yo‘nalishida kelishuvlarga erishildi va hamkorlik to‘g‘risidagi bir qator muhim bitimlar imzolandi”, — deyiladi xabarda.

    Foto: Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati

    Foto: Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati

    Tomonlar ikki mamlakat va mintaqa davlatlarini bir-biri bilan bog‘laydigan yangi, kam xarajatli savdo yo‘nalishlarini shakllantirish, shuningdek, har ikki mamlakatning transport va tranzit salohiyatidan foydalanish samaradorligini oshirish maqsadida izchil qo‘shma ishlarni davom ettirish ustuvor ahamiyatga ega ekanini ta’kidlangan.

    Bundan tashqari, muzokaralar kun tartibiga ikki mamlakatning xalqaro tashkilotlardagi ishtiroki doirasida birgalikda amalga oshiriladigan choralar, mintaqaviy xavfsizlikni, mintaqa mamlakatlari o‘rtasida iqtisodiy rivojlanishni ta’minlash va transport aloqalarini mustahkamlash maqsadida hamkorlik qilish, shuningdek, mintaqaviy ahamiyatga ega qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bilan bog‘liq masalalar kiritilgan.

    Uchrashuv yakunida tomonlar erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishga va ikki davlat o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni chuqurlashtirishga qaratilgan faol muloqotga o‘zaro sodiqligini bildirgan.

    Eslatib o‘tamiz, 2021-yilning noyabrida Shavkat Mirziyoyev Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti sammiti doirasida Eron prezidenti Ibrohim Raisiy bilan uchrashuv o‘tkazgandi. Uchrashuvda ikki tomonlama savdo hajmining ortishiga ko‘maklashish, sanoatda yangi kooperatsiya loyihalarini amalga oshirish, ikki mamlakat tranzit salohiyatidan samarali foydalanish va madaniy-gumanitar almashinuv dasturlarini ilgari surish maqsadida hamkorlikning institutsional mexanizmlarini faollashtirish muhim ekani ta’kidlangandi.

    Mavzuga doir: O‘zbekiston Eron orqali dengiz savdo yo‘llarini ochmoqchi

    21.02.2022, 15:08   Izoh (0)   20027
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Nishon tumani prokurori salkam bir oy avval ishdan olingani ma’lum bo‘ldi. U jamoatchilikka sudning qonuniy qaroriga qarshi chiqishi bilan tanilgandi

    21.02.2022, 14:27

    O‘zbekistonda hafta davomida quruq va iliq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda

    21.02.2022, 13:58

    O‘zMUda o‘nlab nodir qo‘lyozmalar yo‘qolgani tasdiqlanib, universitet mansabdorlariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

    21.02.2022, 13:32

    Jizzaxda tadbirkorga 200 mln so‘m imtiyozli kredit olib berish uchun 600 dollar so‘ragan davlat soliq katta inspektori ushlandi

    21.02.2022, 13:12

    Samarqandda mahkum IIB Probatsiya noziriga pora berishga urindi (video)

    21.02.2022, 12:57

    “O‘zgidromet” 22-fevralda kuzatiladigan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi

    21.02.2022, 12:26
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 

     

    Tavsiya etamiz

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tramp tahdidlariga qaramay Hindiston Rossiyadan neft xarid qilishda davom etadi — hind rasmiylari

    Dunyo | 2 avgust, 20:10

    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda

    Reklama | 2 avgust, 20:15

    Xitoyda robot kino va dramaturgiya yo‘nalishida aspiranturaga qabul qilindi

    Texnologiyalar | 2 avgust, 19:50

    O‘zbekistonda har beshta sud qaroridan bittasi ijro etilmagani aytildi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 19:38

    “Garovga olinganlar ozod qilinmasa, G‘azoda janglar tinmaydi” — Isroil bosh qo‘mondoni

    Dunyo | 2 avgust, 19:20

    “Manchester Siti” futbolchisi “Galatasaroy”ga o‘tadigan bo‘ldi

    Sport | 2 avgust, 18:55

    Jeyms Kemeron “Avatar” filmi asosida animatsion serial suratga oladi

    Kino | 2 avgust, 18:50

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    Dunyo | 2 avgust, 18:35

    O‘zbekiston fuqarolari qaysi davlatlarga vizasiz kira olishi maʼlum qilindi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 18:02

    Indoneziyada Levotobi Laki Laki vulqoni otildi (video)

    Dunyo | 2 avgust, 17:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.