“O‘zgidromet” 21—25-fevral kunlari uchun ob-havo prognozini e’lon qildi.
Markaz axborotiga ko‘ra, 21-fevral, dushanba kuni O‘zbekiston hududi bo‘yicha bahoriy iliq, yog‘ingarchiliksiz ob-havo kutilmoqda. Kunduz kuni harorat 18-21 daraja iliqqacha ko‘tariladi, bu shu kun me’yoridan 7-9 darajaga yuqoridir.
22-fevraldan ish haftasining oxirigacha Kavkazdan bulutli massivlar kirib kelishi kutilmoqda. Bunda respublikaning ayrim joylarida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘ishi mumkin, tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Havo harorati kechalari 4-9 daraja iliq, kunduzi esa 13-18 daraja iliq bo‘lishi kutilayotgan bo‘lib, bu iqlimiy me’yordan yuqoridir.
Poytaxtda hafta davomida quruq va iliq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, faqat 25-fevral, juma kuni biroz yomg‘ir yog‘ish ehtimoli bor.
Hafta davomida respublikaning tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi bor.
Izoh (0)