Ayollar futboli bo‘yicha SheBelieves Cup xalqaro o‘rtoqlik musobaqasida AQSh terma jamoasi Yangi Zelandiyani 5:0 hisobida tor-mor etdi.
Uchrashuvda qiziq holat yuz berdi. “Liverpul” ayollar klubi va Yangi Zelandiya ayollar terma jamoasi himoyachisi Mikeyla Mur o‘z darvozasini 3 marta ishg‘ol qildi. Qolgan ikki golga Eshli Hetch va Mellori Pyu mualliflik qildi.
E’tiborlisi, Mur “ideal het-trik” qayd etdi, ya’ni, u chap oyoqda, o‘ng oyoqda va bosh bilan darvozani ishg‘ol qilgan. Bunaqasi ayollar futboli tarixida hozirgacha kuzatilmagandi.
AQSh ayollar termasi ushbu g‘alabadan so‘ng ochkolari sonini 4 taga yetkazib, guruhda ikkinchi o‘rindan joy oldi. Yangi Zelandiya esa guruh autsayderiga aylandi. Birinchi o‘rinda Islandiya ayollar terma jamoasi bormoqda.
Ushbu musobaqa 2016-yildan buyon o‘tkazilib kelinmoqda. Hozirda musobaqada ishtirok etish uchun 4 ta terma jamoa taklif qilinadi va ular guruh bosqichida o‘zaro o‘yinlar o‘tkazadi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)