“Barselona” Ispaniya chempionatining 25-turida “Valensiya”ni 4:1 hisobida mag‘lub etdi.
Pyer-Emerik Obameyang uchrashuvda dubl qayd etdi. O‘yindan so‘ng Pedri tomonidan urilgan gol ham gabonlik hujumchi hisobiga yozildi va natijada Obameyang het-trik muallifiga aylandi.
Shu tariqa Pyer-Emerik XXI asrda Fransiya, Germaniya, Angliya va Ispaniya chempionatlarida het-trik qayd etgan ilk futbolchiga aylandi.
32 yoshli hujumchi qishki transfer oynasida “Barselona” safiga erkin agent sifatida kelib qo‘shildi. Undan oldin 3 yilda davomida Londonning “Arsenal” sharafini himoya qilgan. Pyer-Emerik faoliyati davomida “Borussiya D” va “Sent-Etyen” safida ham het-trik qayd etgandi.
Izoh (0)