Lotte City Hotel Tashkent Palace mehmonxonasi 2021-yilda 2,97 mlrd so‘m foyda ko‘rdi. Bu haqda mehmonxonaning moliyaviy hisobotidan ma’lum bo‘ldi.
Mehmonxona 2020-yilda foyda ko‘rmagan. 2019-yilda esa foyda 17,14 mlrd so‘mni tashkil qilgan.
Tashkent Palace mehmonxonasi 100 foizga Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga tegishli.
Avvalroq obyekt avgust oyida prezident farmoni bilan sotuvga qo‘yiladigan joylar orasidan o‘rin olgan edi.
Izoh (0)