“PSJ” hamon Kilian Mbappeni o‘z safida olib qolish uchun harakat qilmoqda.
The Independent’ning xabar qilishicha, parijliklar futbolchi uchun haftasiga 1 million yevro maosh va’da qilmoqda. Bu esa o‘z-o‘zidan Kilianni dunyoning eng ko‘p maosh oluvchi futbolchisiga aylantiradi. Fransuz hozircha qaror qabul qilishga shoshilayotgani yo‘q, uning vakillari yakuniy javob yozda aytilishini bildirdi.
El Mundo nashriga ko‘ra, Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Mbappeni “PSJ” bilan shartnomani uzaytirishga chaqirgan. Fransiyaning sobiq prezidenti Nikolya Sarkozi ham shunday chaqiriq bilan Kilianga murojaat qilgan.
23 yoshli Mbappe 2017-yilda “Monako”dan “PSJ”ga ijara asosida o‘tgan edi. 2018-yilda parijliklar 145 million yevroga futbolchini to‘liq sotib olgan. Joriy mavsum hujumchi barcha musobaqalar doirasida 32 ta o‘yinda maydonga tushib, 22 ta gol va 16 ta golli uzatma muallifiga aylandi.
Mbappening “PSJ” bilan amaldagi shartnomasi 2022-yil yozida o‘z nihoyasiga yetadi. Avvalroq hujumchining “Real”ga o‘tishi haqida bir nechta xabar yangragandi.
Izoh (0)