• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Biznes imperiya, milliardlar va o‘zidan 16 yosh kichik rafiqa. Sayyoraning eng boy sportchisi Maykl Jordanning hashamatli hayoti

    Ko‘plab talqinlarga ko‘ra basketbol tarixidagi eng yaxshi o‘yinchi deb topilgan Maykl Jordan 17-fevral kuni 59 yoshni qarshi oldi. Hujumkor himoyachi pozitsiyasida o‘ynagan amerikalik 1980—1990-yillarda butun dunyoda NBA (Milliy basketbol assotsiatsiyasi) va basketbolning ommalashishida muhim rol o‘ynaganini barcha birdek e’tirof etadi. Jordan ikki karra Olimpiada chempioni va 6 karradan NBA chempioni, NBA finallarining eng yaxshi o‘yinchisi hisoblanadi.

    Jordan, Lebron Jeyms bilan birga bir mavsumda Olimpiya chempioni, NBA chempioni va mavsumning eng yaxshi o‘yinchisi bo‘lishga muvaffaq bo‘lgan ikki basketbolchining biridir. Maykl o‘zining o‘yin uslubidan tashqari, xarizmasi bilan muxlislar qalbidan joy olgan. Umuman olganda, Maykl Jordanni bemalol “basketbol Ronaldusi/Messisi” deb atash mumkin.

    Bundan 18 yil oldin faoliyatini yakunlagan Air Jordan haqida gap ketganda uning aql bovar qilmas darajada ko‘p bo‘lgan pullari ham yodga olinadi. Forbes va dunyoning bir qator nomdor reytinglarida (sportchilar orasida) har doim birinchi o‘rinda qayd etib kelingani uchun unga tarixidagi eng boy sportchi maqomi berilgan. Quyida aynan Jordan barpo etgan biznes imperiya va uning qanday (hashamatli) hayot kechirishi haqida so‘z yuritiladi.

    Olti karra NBA chempioni istagan narsasini o‘ziga ravo ko‘rishi mumkin

    Faoliyatini yakunlaganidan keyin Jordan biznes bilan shug‘ullana boshlagan va bu sohada ham parvozlarni amalga oshirgan.

    Milliarder va sayyoraning eng boy sportchisining boyligi 1,6 milliard dollarga baholanadi. 2020-yilda bu ko‘rsatkich 2,2 milliard dollarga yaqin edi, ammo “korona inqiroz” bunga o‘z ta’sirlarini o‘tkazdi. Alohida qayd etish kerak bo‘lgan jihat, Maykl milliardlik dovondan basketboldagi faoliyatini yakunlaganidan keyin o‘tgan. NBA’dagi 19 yil davomida (ikkita tanaffus bilan jami 4 mavsumda) u 86,7 million dollar ishlab olgan, bu hozirgi sof boyligining atigi 5,4 foizini tashkil qiladi. Shunday ekan, Jordan nafaqat afsonaviy basketbolchi, balki muvaffaqiyatli biznesmen hamdir.

    Hozirgacha Mayklning eng muvaffaqiyatli sarmoyasi NBA’ning “Sharlotta Hornets” klubini sotib olishi bo‘lgan. Afsonaviy basketbolchi jamoaga jami 625 million dollar sarmoya kiritgan. Ammo asosiy ulush qo‘lga kiritilganidan 9 yil o‘tib, “Hornets”ning qiymati bir necha barobar oshdi va hozirda, taxminan, 1,6 milliard dollarni tashkil etmoqda. 2020-yil sentabr oyida Jordan Nyu-York investorlariga klubning 20 foiz ulushini sotib, taxminan, 300 million dollar ishlab topdi va shu bilan birga “Hornets”ning majoritar egasi bo‘lib qoldi.

    Ammo “Hornets” Jordanga tegishli yagona sport jamoasi emas. 2020-yilda u avtopoygachi Denni Hemlin bilan NASCAR oliy divizionida ishtirok etadigan 23XIRacing poyga jamoasiga asos solgan. O‘tgan yili seriyada debyut qilgan jamoa hozirda, taxminan, 150 million dollarga baholanmoqda. Bundan tashqari, Maykl “Mayami Marlins” beysbol klubining ham 1 foiz ulushiga egalik qiladi. Klubning qiymati 1,12 milliard dollarga baholangan.

    Maykl, shuningdek, bir qator sportga yaqin sohalarga ham investitsiyalar kiritgan. Masalan, Sportradar statistik portaliga va qiymati 320 million dollar bo‘lgan Team Liquid kibersport franshizasiga egalik qiluvchi aXiomatic’ga.

    Sport bilan bog‘liq bo‘lmagan investitsiyalar ham talaygina. Muzik quloqchinlari va Gigster autsorsing platformasi. Bulardan tashqari Maykl o‘z avtosaloniga ega va shaxsiy brendi ostida beshta restoranni yuritadigan kompaniya bilan hamkorlik qiladi.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Sobiq basketbolchi ko‘chmas mulkka ham 30 million dollardan ortiq sarmoya kiritgan. Uning butun mamlakat bo‘ylab beshta koshonasi mavjud: ikkitasi Shimoliy Karolinada joylashgan. “Hornets”ga yaqin bo‘lgan hudud, Florida, shuningdek, Illinoys va Yutada esa bittadan.

    Bundan tashqari Jordanda bir nechta yirik reklama shartnomalari ham mavjud: Coca-Cola, McDonald’s, Chevrolet, Gatorade, Upper Deck va boshqa yirik brendlar bilan. Lekin Mayklga eng ko‘p foydani, albatta, Nike bilan tuzilgan shartnoma olib keladi. 2021-yilda u kompaniyadan 150 million dollarga yaqin, hamkorlikning butun davri davomida (1984-yildan beri) esa 1,3 milliard dollar olgan. Mayklning shaxsiy brendi – Air Jordan’ning daromadi ham bu ko‘rsatkichning o‘sishiga qarab, o‘sib boraveradi. O‘tgan moliyaviy yilda basketbolchining shaxsiy brendi daromadi 31 foizga o‘sdi va 4,7 milliard dollarni tashkil etdi. Jordan brendning hammuallifi sifatida bu summadan o‘ziga yarasha katta foiz oladi.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Jordanning shaxsiy hayoti ham o‘z maromida. Maykl 2013-yilda kubalik model Ivett Priyeto bilan turmush qurgan va shu kungacha u bilan yashab kelmoqda. Priyeto (42) Jordandan 16 yoshga kichik, ammo bu oilaviy totuvlikka xalaqit bermaydi. Juftlikning ikki farzandi bor — egizaklar Viktoriya va Izabel, ular yaqinda 8 yoshga to‘ladi. Jordanning avvalgi nikohidan ham uch farzandi bor. U 2006-yilda Xuanita Vana bilan ajrashgan va ajrim uchun unga 168 million dollar tovon to‘lagan (o‘sha payt uchun tarixdagi eng katta tovon puli). U o‘z navbatida farzandlarini merossiz qoldirmagan, albatta. Hozir Jeffri, Markus va Jasmin Jordan Brand’da faoliyat yuritadi.

    Foto: Instagram

    Foto: Instagram

    Umuman olganda, Jordan boylik orttirib, shu bilan birga hayotdan zavq olib yashamoqda. Milliardlab dollar, biznes, hashamatga to‘la turmush tarzi va oila. Millionlarning kumiriga yana nima tilash mumkin? Uning yorqin basketbolchilik faoliyati o‘tmishda qolgan, ammo bu Mayklni parvoz qilishdan to‘xtata olmagan. U o‘z ishini bajarishda davom etmoqda.

    18.02.2022, 07:31   Izoh (0)   109758
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Yevropa Ligasi. Jasur Yaxshiboyev asosiy tarkibda tushgan o‘yinda “Sherif” g‘alaba qozondi, “Barselona” o‘z uyida “Napoli”ni mag‘lub eta olmadi

    18.02.2022, 00:52

    Kelib ketadiganlar ko‘p, Roys esa abadiy. “Borussiya D”ning sodiqlik ramziga aylangan Marko Roys

    17.02.2022, 21:02

    Superliga 1-tur o‘yinlarining boshlanish vaqtlari ma’lum bo‘ldi

    17.02.2022, 18:10

    Futzal bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi CAFA U-19 musobaqasida Qirg‘izistondan 9 ta, Afg‘onistondan 8 ta gol o‘tkazib, mag‘lub bo‘ldi

    17.02.2022, 17:00

    Osiyo Kubogi—2023 saralashi. O‘zbekiston terma jamoasi o‘rin olgan guruh o‘yinlari Namanganda o‘tkaziladi

    17.02.2022, 16:17

    UFC. Islom Maxachev va Beneil Dariush o‘rtasidagi jang bekor qilindi. Maxachev boshqa raqibga qarshi jang qiladi

    17.02.2022, 15:09
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    APL. “Manchester Siti” “Tottenhem”ga imkoniyatni boy berdi. Husanov maydonga tushmadi

    Sport | 23 avgust, 18:40

    Turkiya birinchi xonimi Melaniya Trampga G‘azodagi vaziyat borasida maktub yo‘lladi

    Dunyo | 23 avgust, 18:25

    O‘zbekistonning qaysi hududida eng ko‘p qurilish qilinayotgani maʼlum bo‘ldi

    Iqtisodiyot | 23 avgust, 18:02

    Buyuk Britaniyada orqasida yelkanga o‘xshash organi bor yangi dinozavr turi kashf etildi

    Dunyo | 23 avgust, 17:55

    Gollivuddan qolishmaydi: Qozog‘istonda suratga olingan uchta eng sara filmlar (treyler)

    Kino | 23 avgust, 17:30

    “34 yildan buyon yashayotgan oilaviy tadbirkorlik” — Toshkentdagi eng mashhur somsa va xorijlik mijozlar haqida (video)

    O‘zbekiston | 23 avgust, 17:10

    Toshkent viloyatida yuk mashinasi Cobalt’ga urilib, ag‘anadi va yonib ketdi (video)

    O‘zbekiston | 23 avgust, 16:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.