• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +23°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Mas’ullar Kosmonavtlar maydonidagi buzish ishlari to‘xtatilganini aytmoqda, lekin ishlar ruxsatsiz davom ettirilmoqda

    Toshkent shahridagi “Koinot” (Kosmonavtlar) majmuasidagi obyektlarda qurilish ishlari boshlangani yo‘q. Bu haqda 15-fevral kuni Yakkasaroy tuman hokimi Anvar Sayfiddinov jurnalistlar bilan bo‘lgan ochiq muloqotda aytib o‘tdi.

    Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahridagi “Koinot” (Kosmonavtlar) majmuasida Vladimir Janibekov haykali atrofidagi granit plitalar ko‘chirib tashlangani haqida xabar tarqaldi. Shundan so‘ng Madaniy meros agentligi hududning demontaj ishlari ruxsatsiz boshlanganini aniqladi. Agentlik tomonidan maydonni rekonstruksiya qilayotgan Mimar Group kompaniyasi ogohlantirilgani va jarayon to‘xtatilgani ma’lum qilindi.

    Anvar Sayfiddinov

    Anvar Sayfiddinov
    Foto: “Daryo" / Madina Nurman

    Anvar Sayfiddinovning aytishicha, maydon o‘tgan asrning 70-yillarda qurilgan va hozirda haykallar atrofi ta’mirtalab holga kelib qolgan.

    “Kecha ijtimoiy tarmoqlarda Kosmonavtlar maydoni buzilmoqda, madaniy meros obyektiga zarar yetmoqda, degan xabarlar tarqaldi. Aslida unday emas. Loyihaga ko‘ra, ikkala obyekt ham joyida qoladi, ularga tegilmaydi. Faqatgina atrofini zamonaviy ko‘rinishga keltirish uchun ta’mirlash ishlari olib boriladi. Uning rangi, ishlatilayotgan marmarlar va qurilish materiallari Madaniy meros agentligi bilan birgalikda muhokama qilinyapti”, — dedi tuman rahbari.

    Hokimning ta’kidlashicha, plitalarni ko‘chirish ishlari to‘xtatilgan.

    “Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish agentligi kengashidan ruxsat olinmagani uchun ishlar to‘xtatildi. Hozir ruxsat olish ishlari rasmiylashtirilmoqda. Hech kim hech narsani buzayotgani yo‘q. Eski, abgor toshlarni joyidan qo‘zg‘atishdi. Hali qurilish ishlari boshlangani yo‘q, faqatgina tayyorgarlik ketmoqda. Bu yerni Toshkent shahar hokimligi ta’mirlamoqchi. Ishlar rasmiy tasdiqlangan loyiha asosida qilinadi. Taklif ommaga yoqqanidan keyin hujjatlar tayyorlanadi. To‘g‘ri tushunishimiz kerakki, texnik tomondan hujjatlarni tayyorlash ko‘p vaqt oladi. Bir kunda yoki 1 soatda bitmaydi bu hujjatlar. Buni ta’mirlash ishlari bilan parallel olib boramiz. Chunki tayyorgarlikka ham ko‘p vaqt kerak. Lekin hech bir ishni noqonuniy boshlamaymiz. Hamma hujjatlar tasdiqlangandan keyin boshlanadi. Bahor kelyapti. Agar hamma hujjatni nuqta verguligacha qiladigan bo‘lsak, yarim yillab vaqt o‘tib ketadi. Yoz ham o‘tib ketishi mumkin. Bu narsa yozda kerak-ku”, — dedi Yakkasaroy tumani hokimi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Uning qo‘shimcha qilishicha, loyiha bitishiga 2 oycha vaqt ketishi mumkin.

    “Daryo” muxbiri holatni o‘rganish maqsadida voqea joyida bo‘ldi. O‘rganishlar natijasida Madaniy meros agentligi va Anvar Sayfiddinov aytgan gaplar tasdig‘ini topmadi. Haykallar atrofida ko‘chirilgan plitalarni maydondan olib chiqib ketilayotgani, ya’ni ishlar to‘xtatilmagani ma’lum bo‘ldi.

    “Koinot” maydoning yangi ko'rinishdagi loyihasi

    “Koinot” maydoning yangi ko'rinishdagi loyihasi
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

     “Koinot” maydoning yangi ko'rinishdagi loyihasi

     “Koinot” maydoning yangi ko'rinishdagi loyihasi
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Ma’lumot uchun, 1984-yilda ochilgan Kosmonavtlar maydoni monumental san’at yodgorliklari ro‘yxatiga kiritilgan va (hukumatning 2019-yil 4-oktabrdagi qarori bilan) davlat muhofazasiga olingan. Qonunchilikka muvofiq, madaniy va moddiy meros obyektlarida qurilish, ta’mirlash va restavratsiya ishlarini faqat Madaniy meros agentligi huzuridagi Ilmiy-ekspert kengashi tasdiqlaganidan keyin amalga oshirishga ruxsat beriladi. Yuqoridagi holatda esa demontaj ishlariga bu kabi ruxsat olinmagan. Toshkent shahri va Yakkasaroy tumani hokimliklari qurilish ishlari boshlanishi haqida hech qanday xabar e’lon qilmagan.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman
    15.02.2022, 20:09   Izoh (0)   24709
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Video: Surxondaryoda bemorlarga piyoda xizmat qilayotgan tez yordam shifokori

    15.02.2022, 19:55

    Ehtiyot bo‘ling, soxta psixologlar! Jozibador, nomi jarangdor trening-kurslar aldanishni yoqtiradiganlar uchun qopqonmi?

    15.02.2022, 19:25

    Toshkentdan Rossiyaning ikkita shahriga qo‘shimcha qatnovlar amalga oshiriladi

    15.02.2022, 19:14

    Foto: Namanganda kanalga tushib ketgan avtomobil suv tubidan olib chiqildi

    15.02.2022, 18:56

    “Suv ustozim Jahongir Ortiqxo‘jayevning qiziga tegishli”. Murod Nazarov oltin zarrali Ocard suvi haqida (video)

    15.02.2022, 18:21

    Andijonda xotinining sobiq qaynonasini ketmon bilan urib o‘ldirgan erkak 11 yilga qamaldi

    15.02.2022, 17:57
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    NASA hamkorligida yaratilgan sun’iy intellekt Quyoshdagi chaqnashlarni 2 soat oldin prognoz qila oladi

    Dunyo | 23 avgust, 22:50

    “AQSH bosimiga qarshi birdammiz”: Xitoy Hindistonni qo‘llab-quvvatladi

    Dunyo | 23 avgust, 22:10

    Superliga. “Nasaf” “Surxon”dan ustun keldi, “OKMK” “Xorazm” darvozasiga 3 ta gol kiritdi

    Sport | 23 avgust, 21:50

    Xitoyda ko‘prik qulashi oqibatida 12 nafar ishchi halok bo‘ldi (video)

    Dunyo | 23 avgust, 21:35

    Rauf Parfi, Muhammad Yusuf va boshqa marhum ijodkorlar ordenlar bilan mukofotlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 21:11

    Muftiy Nuriddin Xoliqnazarov “Oliy darajali imom Buxoriy” ordeni bilan taqdirlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 20:46

    Ispaniyadagi plyajlar zaharli va noyob shilliqqurt sabab yopildi

    Dunyo | 23 avgust, 20:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.