Namangan shahrida kanalga tushib ketgan yengil avtomobil qutqaruvchilar tomonidan olib chiqildi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Azizbek Abduvaliyev xabar bermoqda.
15-fevral kuni tushki payt viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga Namangan shahri, “G‘uncha” mahallasi hududidan oqib o‘tuvchi Shimoliy Farg‘ona kanaliga yengil avtomobil tushib ketganligi haqida xabar kelib tushdi.
Boshqarma qidiruv-qutqaruv guruhi zudlik bilan voqea joyiga yo‘l oldi. Maxsus texnika va g‘avvoslar yordamida amalga oshirilgan sa’y-harakatlar natijasida Nexia-2 rusumli mashina suv tubidan olib chiqildi.
Mazkur avtomobil haydovchisi mashinani haydab ketayotgan paytda boshqaruvni yo‘qotib, kanalga qulagani ma’lum bo‘ldi. Uning o‘zi va oila a’zolariga jiddiy tan jarohati yetmagan.
Izoh (0)