• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12586.41
    • RUB160.42
    • EUR14758.82
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +22°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    “Ular meni reklama qilib, keyin qimmatroqqa sotib yubormoqchi bo‘lgan”. Ja’far Irismetovning “Spartak”dagi omadsiz faoliyati haqida

    O‘zbek futbol muxlislari Ja’far Irismetovni Rossiya va Qozog‘iston chempionatida o‘ynagan va to‘purarlik mahoratini ko‘rsatgan hujumchi deb biladi. Haqiqatan ham faoliyatining katta qismini xorijda o‘tkazgan futbolchi yomon natijalarga erishmagan. Rossiyaning “Chempionat” nashri Irismetovning 2001-yilda qay tariqa “Spartak”ka o‘tgani haqida hikoya qildi.

    Foto: “Ria Novosti”

    O‘zbek yulduzi 2001-yilda “Spartak”da paydo bo‘ladi. Yanvar oyida Moskva klubi to‘purar hujumchi Ja’far Irismetovni “Do‘stlik”dan sotib oladi. U 25 yoshgacha O‘zbekiston chempionati darajasida yuzdan ortiq gol urishga muvaffaq bo‘lgandi. Umuman olganda bu yomon natija hisoblanmaydi. Klub ushbu transfer orqali hujum chizig‘ini kuchaytirishni xohlagandi. Bu, ayniqsa, Chempionlar Ligasining ikkinchi guruh bosqichi oldidan juda muhim edi. O‘shanda shunday bosqich bo‘lardi. Ammo transfer o‘zini oqlamagan. Ja’far o‘yin jihatidan ham, ruhiy jihatdan ham “Spartak”ka mos kelmasdi.

    Oleg Romansev o‘zini Irismetovni tanimaganday qilib ko‘rsatgan, keyinchalik esa tanlovini tushuntirgan

    Forvard O‘zbekistonda g‘ayritabiiy ravishda ko‘p gol urardi. 2000-yilgi mavsumda — 37 o‘yinda 45 ta gol. Tabiiyki, bu haqdagi ma’lumotlar Rossiyaga ham yetib boradi. “Spartak”ning ikkinchi murabbiyi Vyacheslav Grozniy “Do‘stlik” bilan bog‘lanib, Ja’farni ko‘rikka taklif qiladi. Irismetov o‘shanda unga Rossiyadan boshqa takliflar ham bo‘lganini, ammo afsonaviy klubga rad javobini bera olmaganini aytgandi. Futbolchi mashg‘ulotlarda qatnashish uchun Isroilga uchib boradi. Hammasi odatdagidek: mashg‘ulotdagi ikki tomonlama (dvuxstoronka) o‘yinda ishtirok etib, to‘rtta gol uradi. Bu o‘z navbatida bosh murabbiyda iliq taassurot qoldiradi.

    “Mashg‘ulotdan keyin Romansev yoniga chaqirib, ‘Sen kimsan?’ deb so‘radi. ‘Irismetov, O‘zbekistondanman’, dedim. Keyin ‘Yaxshi o‘ynarkansan’, dedi. U meni tanigan bo‘lsa kerak. Balki shunday tanishishga qaror qilgandir”, — degandi Ja’far oradan yillar o‘tib “Chempionat”ga bergan intervyusida.

    Keyin Hamdo‘stlik Kubogi bo‘lib o‘tdi va unda “Spartak” bilan shartnomasi bo‘lmagan Irismetov bir qancha gollar urdi. Qizig‘i shundaki Kiyevning “Dinamo”si ham ushbu vaziyatdan unumli foydalanishga harakat qilib, futbolchiga foydali taklif bilan murojaat qilgandi. Hatto “Spartak”ning taklifidan ham yaxshiroq. Ammo “Do‘stlik” rahbariyati futbolchini Moskvaga sotishga va’da bergandi. Va oxir-oqibat futbolchi “Spartak” bilan to‘rt yillik shartnoma imzoladi, Oleg Romansev esa matbuot anjumanida ushbu transferga falsafiy izoh berdi: “Uning ikkita yo‘li bor edi: yo O‘zbekistonda, ‘qishloqning birinchi raqamlisi’ bo‘lish yoki Chempionlar Ligasida ikkinchi, uchinchi, beshinchi, o‘ninchi bo‘lish. Unga shunday savol berdim: yo o‘z vataningda 45 ta gol urasan, yoki 10—15 gol, lekin “Spartak”da. U ikkinchisini tanladi”.

    Chempionlar Ligasidagi ishonch va rahbariyatning haqiqati

    Moskva, Chempionlar Ligasi, shahar markazidan ijaraga olingan kvartira. Ajoyib debyut uchun yana nima kerak? Irismetov esa bu savolga hamon javob topa olmagan. Hujumchi Romansevni shunchalik hayratda qoldirdiki, uni birinchi rasmiy o‘yinda, “Bavariya”ga qarshi asosiy tarkibda maydonga tushirdi. Ja’far, albatta, yomon o‘yin ko‘rsatmadi, ammo “Spartak” mag‘lubiyatga uchradi — 0:1. Oradan bir hafta o‘tib, nemislar bilan ikkinchi o‘yinda ham o‘zbekistonlik yana boshlang‘ich tarkibdan joy oldi. Bu safar vaziyat yanada yomonlashdi — Ja’far juda qulay imkoniyatni golga aylantira olmadi. “Spartak” 0:3 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

    Oleg Romansev

    Oleg Romansev
    Foto: “Ria Novosti”

    Keyingi bahs Londonning “Arsenal”iga qarshi kechdi. Romansev o‘jarlik bilan Irismetovni tarkibga kiritishda davom etardi, ammo navbatdagi mag‘lubiyat va samarasiz harakatlar. Londonliklar 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. Futbolchi keyinchalik kiyim almashtirish xonasida shunday gap bo‘lganini aytgandi: “Londonda ‘Arsenal’ bilan o‘ynaganimizda, hatto Romansev ham tanaffusda: ‘Nega unga pas bermayapsizlar?’ deb baqirgandi. O‘shanda bu nima ekanligini tushunmagandim, lekin vaqt o‘tishi bilan angladimki, raqobat degan narsa bor ekan. Begona edim, O‘zbekistondan kelganman, hech kimni tanimasdim, hech qanday kompaniyaga qo‘shilib keta olmaganman”.

    Irismetov Chempionlar Ligasining so‘nggi turida “Lion”ga qarshi o‘ynaganidan keyin Rossiya chempionatida 8 ta o‘yin o‘tkazdi. Yozga kelib, u zaxiradan ham tushirilmay qo‘ydi. 12 o‘yinda 0 gol. Shartnoma imzolanayotgan vaqtda o‘zbekistonlik hujumchidan bunday natija kutilmagandi. Murabbiylar shtabi matbuotni Irismetovda ruhiy muammolar borligi va shuning uchun u Rossiyada gol ura olmayapti deb ishontirardi. Bundan esa faqat Irismetov zarar ko‘rardi. Ja’far Romansev u bilan gaplashishdan bosh tortganini va doimiy ravishda texnik direktor Aleksandr Shikunovning yoniga yuborganini eslaydi.

    Shikunov Chempionlar Ligasi oldidan sotib olinganimni va meni reklama qilib, keyinroq qimmatroqqa sotib yuborishni xohlashganini aytgandi. Ular meni Rossiya chempionatida o‘ynatmoqchi bo‘lmagan, chunki “Spartak” tarbiyalanuvchisi bo‘lmaganman. Menga ikkinchi imkoniyat berilmadi. Uch yildan so‘ng sotib olingan Fernando Kavenagidan deyarli bir yil davomida gol kutilgandi. Unga imkoniyat berildi va u nimaga qodirligini ko‘rsatdi. Mendan esa deyarli darhol voz kechildi.

    Ja’far Irismetov

    Yozda “Spartak” hujumchini transferga qo‘ydi. Avvaliga Belarusga ijaraga berildi, keyin esa “Anji”da paydo bo‘ldi.

    10 yildan so‘ng Irismetov milliy chempionatlarning to‘purarlar ro‘yxatida to‘qqizinchi o‘rinni egalladi (faoliyatini davom ettirganlar orasida). 2012-yil boshida uning hisobida 428 uchrashuvda 239 ta gol bor edi. Gollarning aksariyat qismi Qozog‘iston va O‘zbekiston chempionatlariga to‘g‘ri keladi. 2013-yilda esa Ja’far futbolchilik faoliyatini yakunladi. Hozirda u “Paxtakor” sport direktori sifatida ishlab kelmoqda.

    Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

    07.02.2022, 23:47   Izoh (0)   26089
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Kilian Mbappe “Real”ga o‘tishi haqida: “Hali bir qarorga kelmadim. YChLdagi o‘yinlar ko‘p narsani o‘zgartirishi mumkin”

    07.02.2022, 14:02

    Dani Alves “Barselona” safida gol urgan eng yoshi katta futbolchiga aylandi

    07.02.2022, 13:01

    “Chelsi”ning klublar o‘rtasidagi JCh yarim finalida qaysi jamoa bilan o‘ynashi ma’lum bo‘ldi

    07.02.2022, 12:01

    Angliya Kubogining 1/8 final o‘yinlariga qur’a tashlandi. “Chelsi”, “Manchester Siti” va “Liverpul”ning raqiblari ma’lum

    07.02.2022, 11:02

    Sadio Manedan Eduar Mendigacha. Afrika Millatlar Kubogining eng yaxshilari aniqlandi

    07.02.2022, 10:19

    La Liga. “Real” Marko Asensioning yagona goli evaziga uch ochkolik bo‘ldi

    07.02.2022, 03:12
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Wyndham Garden Charvak” kurort majmuasi qurilishi qanday kechayotganini ko‘rsatdi


    American University of Technology (AUT) 28-iyun - Ochiq eshiklar kuniga taklif etadi


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    Toshkent va Bangkok o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov: Centrum Air yangi xalqaro yo‘nalishni ishga tushiradi 


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi


    BYD Astana Motors rasmiy dilerlik tarmog‘i Toshkentdagi barcha beshta dilerlik markazida "Best Buy Day" tadbirini o‘tkazadi


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


    Oqtepa Lavash “Kalmar o‘yini” asosida Dalgona Boksini chiqardi


    “S&P” O‘zbekiston Milliy Bankining rеyting prognozini “ijobiy”ga ko‘tardi 


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tramp Xomanaiyni sharmandali o‘limdan qutqarganini aytdi

    Dunyo | 27 iyun, 23:20

    “Daryo” dayjesti: 27-iyunning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 27 iyun, 23:05

    “Paxtakor” metro bekatida 3 yoshli qizaloqning oyog‘i vagon eshigiga qisilib qoldi

    O‘zbekiston | 27 iyun, 22:46

    Sherzod Asadov “Oltin qalam” g‘oliblarini taqdirlash marosimida prezidentning OAV xodimlariga yo‘llagan tabrigini o‘qib eshittirdi

    O‘zbekiston | 27 iyun, 22:25

    Superliga. Qo‘qondagi gollar shousida “Dinamo” “Qo‘qon-1912”ni mag‘lubiyatga uchratdi

    Sport | 27 iyun, 22:09

    Toshkent viloyatida 1,9 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan tadbirkorlar aniqlandi

    O‘zbekiston | 27 iyun, 21:40

    Shavkat Mirziyoyevning Belarusga amaliy tashrifi yakunlandi

    O‘zbekiston | 27 iyun, 21:10

    Toshkentda onlayn narkodo‘konning 5 nafar aʼzosi qo‘lga olindi (video)

    O‘zbekiston | 27 iyun, 20:55

    O‘zbekistonda qamoqqa olinganlarni qiynoqqa solish hollarining oldini oluvchi qonun imzolandi

    O‘zbekiston | 27 iyun, 20:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.