Futbol bo‘yicha Angliya Kubogining nimchorak finaliga qur’a tashlandi.
Qur’a natijalariga ko‘ra, “Manchester Yunayted”ni musobaqadan chiqarib yuborgan “Midlsbro” Antonio Konte boshchiligidagi “Tottenhem” bilan to‘qnash keladi, “Liverpul” “Norvich”ni sinovdan o‘tkazsa, “Manchester Siti” “Piterboro” bilan bahs olib boradi.
Angliya Kubogi nimchorak final juftliklari bilan tanishing:
- “Luton”—“Chelsi”
- “Kristal Pelas”—“Stok Siti”
- “Piterboro”—“Manchester Siti”
- “Liverpul”—“Norvich”
- “Sauthempton”—“Vest Hem”
- “Midlsboro”—“Tottenhem”
- “Nottingem Forest”—“Haddersfild”
- “Everton”—“Borem Vud”.
Ma’lumot uchun, musobaqaning joriy mavsumida Angliyaning turli divizionlardan 729 ta jamoa qatnashdi. APL va Chempionship klublari 3-bosqichdan turnirga qo‘shildi. 1/8 finalga qadar Premyer Liganing “Arsenal”, “Manchester Yunayted” kabi bir qator grandlar klublari yetib kela olmadi.
Izoh (0)