Xalq deputatlari Oqqo‘rg‘on tuman kengashining navbatdan tashqari sessiyasida Alisher Karimjonov Oqqo‘rg‘on tumani hokimi lavozimiga tasdiqlandi. Bu haqda Toshkent viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lumot uchun, Alisher Karimjonov 1980-yilda Yangiyo‘l tumanida tug‘ilgan. Mutaxassisligi bo‘yicha iqtisodchi. Mahalliy hokimlik tizimlarida, moliya va statistika sohalarida samarali mehnat qilgan.
Mazkur lavozimga tayinlangunga qadar Alisher Karimjonov Quyi Chirchiq tumani hokimining birinchi o‘rinbosari vazifasida faoliyat yuritgan.
Shu vaqtga qadar Oqqo‘rg‘on tumani hokimi lavozimida ishlab kelgan Farhod Omonov Toshkent viloyati Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari — viloyat hokimining keksalar va faxriylar ishlari bo‘yicha maslahatchisi etib tayinlanishi munosabati bilan tuman hokimi lavozimidan ozod etilgan.
Avvalroq Xalq deputatlari Oqqo‘rg‘on tumani kengashining navbatdan tashqari sessiyasida Toshkent viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari tanishtirilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Izoh (0)