Mas’uliyatsizligi va yo‘l qo‘ygan kamchiliklari uchun Toshkent shahar sudlarida faoliyat ko‘rsatayotgan bir qator sudyalar jazolandi. Bu haqda Sudyalar oliy kengashi xabar qildi.
Qayd etilishicha, poytaxt sudlarida faoliyat olib boruvchi:
- X.Parpiyev (jinoyat ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tuman sudining sudyasi);
- A.Mengliyev (fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirobod tumanlararo sudining sudyasi);
- I.Rajabov, N.Hamidov, O.Gulyamova, O.Ismoilov (Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudining sudyalari);
- I.Sabirov (jinoyat ishlari bo‘yicha Chilonzor tuman sudining raisi);
- Z.Bobonov (jinoyat ishlari bo‘yicha Olmazor tuman sudining raisi);
- J.Najimov (jinoyat ishlari bo‘yicha Olmazor tuman sudining sudyasi) intizomiy javobgarlikka tortilgan.
Izoh (0)