• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +35°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Toshkent hayvonot bog‘i ma’muriyati qafasga tashlab yuborilgan qizchaga tegmagan ayiqni ochiq tabiatga qo‘yib yuborish taklifiga munosabat bildirdi

    Toshkent hayvonot bog‘ida qafasga tashlab yuborilgan qizchaga tegmagan Zuzu laqabli qo‘ng‘ir ayiqni ochiq tabiatga qo‘yib yuborish so‘ralayotgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Toshkent hayvonot bog‘i ilmiy xodimi Feruza Mirsolixovaning so‘zlariga ko‘ra, Zuzu yovvoyi tabiat qo‘yniga qo‘yib yuborishga tayyor emas.

    Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

    Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

    Ta’kidlanishicha, yovvoyi hayvonlarni tutqunlikdan yovvoyi tabiat qo‘yniga qo‘yib yuborish — juda murakkab va mas’uliyatli vazifa.

    Poytaxt hayvonot bog‘i ma’muriyatning ma’lum qilishicha, o‘zi uchun hech qachon ozuqa topmagan va ov qilishni bilmaydigan, umr bo‘yi odamning qo‘lidan ovqat yegan va undan qo‘rqmaydigan ayiq och qolganda darrov duch kelgan aholi punktiga boradi va qo‘rqib ketgan odamlar tomonidan o‘ldiriladi.

    “Tutqunlikda tug‘ilib o‘sgan va ota-onasi tarbiyasini olmagan jonivorlar o‘z qardoshlari bilan til topisha olmaydi, ovqat topa olmaydi, boshqa jonivorlar bilan raqobatlasha olmaydi va kuchliroq raqibdan himoyalana olmaydi. Turli yuqumli kasalliklar va jarohat yetishi ehtimolini ham nazardan qochirmaslik kerak”, — deyiladi xabarda.

    Qayd etilishicha, ular jonivor uchun eng katta xavf tug‘diradigan ovchi, brakonyerlarni farqlamaydi va ular bilan uchrashuvdan qochib qutulib qola olmaydi.

    “Zuzu yovvoyi tabiat qo‘yniga qo‘yib yuborishga tayyor emas. Birinchidan, Zuzu Kavkaz qo‘ng‘ir ayiqlarining kenja turi bo‘lib, tegishli ravishda Kavkazda yashaydi — O‘zbekiston hududida esa oq panjali ayiq yashaydi. Ikkinchidan, Zuzu Boku hayvonot bog‘ida kelib tushgan, u yerdan esa juda kichikligida bizga olib kelingan, odamlar tomonidan boqib, tarbiyalangan”, – deydi Toshkent hayvonot bog‘i ilmiy xodimi Feruza Mirsolixova.

    Boku hayvonot bog‘i direktori Azer Huseynovning so‘zlariga ko‘ra, kiperlaridan (hayvonlarni parvarishlovchi shaxs — tahr.) ko‘rgan g‘amxo‘rlik va mehr unga yirtqichlarga xos fazilatlarni namoyon qilishga imkon bermagan. U odamdan yomonlik ko‘rmagan, shuning uchun, bolaga yomonlik qilmagan. “Xudoga shukurki, bu dahshatli voqea ibtidosi xayrli bo‘ldi”, — degan Huseynov.

    Nima bo‘lgan edi?

    28-yanvar kuni soat 12:00 larda yosh ayol noma’lum sabablarga ko‘ra odamlarning ko‘z oldida kichkina qizaloqni ayiq qafasiga tashlab yuborgan.

    “Zuzu laqabli Kavkaz qo‘ng‘ir ayig‘i o‘z volyerida yotib olib, qizaloqni metall to‘siq ustidan otib yuborgan ayol harakatlarini kuzatdi. Mehmonlarimiz va xodimlarimizning urinishlariga qaramasdan, ayolni to‘xtatib qolishning imkoni bo‘lmadi. U bolani yirtqichning qafasiga otib yuborishga erishdi. Zuzu ayig‘imiz sekingina zovurga tushib, qizaloqni hidlab ko‘rdi va undan uzoqlashdi”, — deyiladi xabarda.

    Holat o‘rganilib, kichkina qizaloqni ayiq volyeriga tashlab yuborgan ayolga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

    Keyinroq SSV yirtqich qafasiga tashlab yuborilgan qizchaning ahvoli to‘g‘risida ma’lumot berdi. Unda aytilishicha, 2018-yilda tug‘ilgan qizchaga dastlab hayvonot bog‘i hamshirasi birinchi yordam ko‘rsatgan. Shundan so‘ng u tez yordam mashinasida soat 13:30 larda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga olib kelingan. Qizcha shifoxonada barcha zarur tibbiy ko‘riklardan zudlik bilan o‘tkazilgan.

    “U yengil shok holatida bo‘lgan, balandlikdan yiqilish oqibatida ochiq bosh miya jarohati va bosh miya chayqalishi kuzatilgan. Hozirda uning ahvoli yaxshi, tibbiyot xodimlari nazoratida”, — deyiladi xabarda.

    Toshkent hayvonot bog‘i Yirtqichlar bo‘limi mudiri Nodir Bahromov bog‘da 28-yanvar kuni sodir bo‘lgan voqea yuzasidan “Daryo”ga qo‘shimcha ma’lumotlar taqdim etdi. Xodimning ta’kidlashicha, bu holat bog‘ tarixidagi birinchisi.

    “O‘zi erkak ayiq bu. Aslida erkak ayiq hatto o‘zining bolalari uchraganda yeb qo‘yib, o‘ldiradigan darajada bo‘ladi. Lekin Allohning marhamati deymiz, hatto boshi qonagan holatda ham ayiq qizchaga tegmadi va bu yerdagi xodimlar tez non va shunga o‘xshash yeguliklar bilan ayiqni chalg‘itib, uzoqlashtirdi”, — deydi Nodir Bahromov.

    Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi qizini ayiq qafasiga tashlab yuborgan ayol haqida ma’lumot berdi. O‘rganishlar davomida hodisa ishtirokchilari 1991-yilda tug‘ilgan fuqaro Z.T. va uning 2018-yilda tug‘ilgan qizi Z.A. ekani aniqlangan. Z.T. ismli ayol hozirga qadar o‘z otasi, fuqaro Y.T.ga tegishli xonadonda 2 nafar farzandi bilan yashab kelgan. Ayol bilan suhbat davomida uning Toshkentdagi oliy o‘quv yurtlaridan birida o‘qituvchi bo‘lib ishlashi, ayni vaqtda Rossiya davlatiga ketgan turmush o‘rtog‘i N.K. bilan hozirda birga yashamayotgani sababli ruhiy tushkunlikka tushib qolgani ma’lum bo‘lgan.

    Ijtimoiy tarmoqlarda esa Toshkent hayvonot bog‘ida ayol kichkina qizaloqni ayiq qafasiga tashlab yuborgani aks etgan videolavha tarqaldi.

    04.02.2022, 10:02   Izoh (0)   49572
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    TATUda yakuniy imtihonlardan yiqilgan talabalar universitet hisobiga 300 mln so‘mdan ortiq pul to‘lashi mumkinligi rad etildi

    04.02.2022, 09:20

    Shavkat Mirziyoyev Pekinga tashrif buyurdi

    04.02.2022, 08:34

    Namanganda “Mahallaga kitob ulash!” loyihasi doirasida viloyatdagi 780 ta mahallaga 80 mingdan ortiq kitob yetkazildi

    04.02.2022, 08:10

    Sirdaryoda fuqaroga tanishi orqali 15 kunda “prava” olib berishni va’da qilgan shaxslar ushlandi

    04.02.2022, 07:55

    O‘zbekiston Xalqaro mehnat tashkilotining qurilishda mehnat xavfsizligi va gigiyenasi to‘g‘risidagi konvensiyasini ratifikatsiya qildi

    04.02.2022, 07:40

    An’anaviy ta’limmi yoki masofaviy: qay biri najot kemasi? Fikrlamaydigan avlod uchun maktab yopilsa bo‘lgani(mi?)

    04.02.2022, 07:24
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    riitm aqlli platformasi O‘zbekiston tinglovchilariga 30 million trek taklif etmoqda


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Hindistonda 270 kishi halok bo‘lgan Air India samolyoti halokatining sababi ma’lum qilindi

    Dunyo | 12 iyul, 19:10

    Xorazmda 7-qavatdan o‘zini tashlagan qizlar jinsiy zo‘ravonlik qurboni bo‘lganmi?

    O‘zbekiston | 12 iyul, 18:55

    “Chelsi” va “Arsenal” “Barselona” futbolchisi uchun kurashmoqda

    Sport | 12 iyul, 18:50

    AQSHda Trampning ruhiyatida yoshga bog‘liq o‘zgarishlar kuzatilayotgani ma’lum qilindi

    Dunyo | 12 iyul, 18:35

    Jazirama kunlarda yuz terisini qanday parvarish qilish kerak? Kosmetolog tavsiyasi

    Go‘zallik | 12 iyul, 18:20

    O‘zbekistonda sentyabrdan sertifikatsiz chet tili o‘qituvchilari ishdan bo‘shatilishi mumkin

    O‘zbekiston | 12 iyul, 18:13

    O‘zbekistonda ayollar huquqlari: zo‘ravonlikka qarshi choralar o‘zini oqlayaptimi?

    O‘zbekiston | 12 iyul, 18:00

    Surxondaryoda ikki hayvonni ovlaganlar tabiatga 4,5 mlrd so‘m zarar yetkazdi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 17:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.