• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12621.29
    • RUB158.44
    • EUR14596.52
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Floyd Meyvezer Oskar de la Hoyani taxtdan ag‘dargan kecha. Boks tarixidagi eng bahsli jang haqida

    XX asrning oxiri va XXI asrning boshlarida tom ma’noda dunyoning eng yaxshi bokschilaridan biri nomiga egalik qilgan Oskar de la Hoya 4-fevral kuni 49 yoshga to‘ldi. Quyida Tilla bolaning faoliyatidagi eng alamli va bahsli jangi haqida fikr yuritiladi. U bunda boshqa bir boks afsonasi Floyd Meyvezerga qarshi jang qilgan.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Floyd ushbu g‘alabasi orqali butun merosini saqlab qolgan

    2007-yilning 5-mayida Oskar de la Hoya va Floyd Meyvezer o‘rtasidagi tarixiy jang bo‘lib o‘tadi. Ha, ha, siz hammasini to‘g‘ri o‘qidingiz — de la Hoya va Meyvezer o‘rtasida, aksincha emas. Bu Meyvezer muzokaralar stolida ikkinchi tomon (B-side) sifatida qayd etilgan birgina holat. O‘z navbatida B-side birinchi tomonga nisbatan kamroq pul oladi va o‘z shartlarini qo‘ya olmaydi. O‘shanda Tilla bola jahon boksidagi asosiy figura edi — 9 karra jahon chempioni, o‘sha paytdagi eng nufuzli promouterlik kompaniyalardan biri Golden Boy Promotions egasi edi. Qisqa qilib aytganda, de la Hoya kelajakdagi Meyvezer edi, u o‘z imperiyasi bilan dunyoning eng ko‘p daromad ko‘ruvchi sportchisi bo‘lgan. O‘shanda gonorarlar Floyd emas, balki Oskarning foydasiga taqsimlangan — 52 million dollar Tilla bolaga, 25 million dollar esa Meyvezerga teggan. Jangning o‘zi esa o‘sha vaqt uchun rekord darajadagi 165 million dollar keltiradi. Bu ko‘rsatkichlar Floyd tomonidan keyinchalik bir necha marotaba zabt etiladi.

    Meyvezer o‘sha paytda nimasi bilan maqtana olardi? Floydning mag‘rurligiga yagona sabab — bu uning biror marta ham mag‘lubiyatga uchramagani edi. Chunki bu vaqtga kelib, Oskar to‘rt marta mag‘lubiyatga uchrashga ulgurgandi. Bu muzokaralar stolida de la Hoyaga qarshi chiqishi mumkin bo‘lgan yagona narsa edi. Boshqa barcha jihatlarda Oskar ustunroq bo‘lgan:

    • Tilla bola Olimpiada chempioni edi, Meyvezer esa to‘rt yillikning eng nufuzli musobaqasida bronza medali sohibiga aylangan;
    • De la Hoya oltita vazn toifasida jahon chempioni bo‘lgan, Meyvezer esa to‘rtta;
    • Oskarni hamma, shu jumladan (shartli) oshpazlar va uy bekalari ham yaxshi ko‘rardi, Floydni esa ko‘pchilik yoqtirmagan;
    • De la Hoyaning o‘z nomi bilan ataladigan boks imperiyasi bo‘lgan, Meyvezer esa hali u qadar qudratga ega emasdi.
    Shu sababli Meyvezer qila oladigan yagona narsa bu raqiblarni ilintirish va ularni provokatsiya qilish edi. Raqibga nisbatan haqoratomuz so‘zlarni yog‘dirish borasida ham Meyga teng kelishning imkoni bo‘lmagan. Va provokatsiyalar ringda ham davom etdi.

    Shu tariqa Floyd jangga Meksika bayrog‘i aks etgan shortilarda chiqib keladi. Shuningdek, uning boshida Sombrero shlyapasi bor edi. Provokatsiya qilish borasidagi harakatlar muvaffaqiyatli chiqdi. Biroq endi hazilni chetga surib qo‘yish vaqti kelgandi. Chunki kim kuchliroq ekanini faqat ring aniqlab berardi. De la Hoya kutilganidek, jangni faollik bilan boshladi, birinchi raqam sifatida ishladi. Meyvezer esa an’anasiga ko‘ra ring cheti bo‘ylab harakatlanib raqibini kutdi.

    Oskar Floydning boshqa hech bir raqibi qilmagan ishning uddasidan chiqdi — jeblar bilan ishladi va shu tariqa Meyning qarshi hujumlarini qaytaradi. Floyd voqealar rivojiga shunchalik tayyor emas ediki, u hatto sevimli burchaklarida ham tez-tez zarbalar o‘tkazib yuborardi, shuning uchun uni shoulder-roll ham qutqara olmadi. Ajablanarlisi shundaki, keyinchalik Floydning hech bir raqibi unga jeb kabi oddiy texnikani qo‘llab ko‘rmagan: na Saul Alvares, Robert Gerrero, Markos Maydana va na Viktor Ortis. Meyvezer ularning harakatlarini oldindan o‘qiganligi ham ajablanarli emas.

    Ammo de la Xoya boshqacha edi, u o‘z laqabiga mos ravishda harakat qilardi. Uzoq masofadan puxta o‘ylangan ish va tana bilan yaxshi harakatlana olish tufayli Oskar jangning boshlanishini o‘z aktiviga yozdirib qo‘ydi. Biroq Mey uchinchi raundga kelib, raqibining jang uslubiga moslasha oldi. Floyd ringning markazini tez-tez egallab, Oskarning bosimini bartaraf etdi va mohirlik bilan zarbalar bera boshladi. Garchi, zarbalar og‘ir bo‘lmasa-da, lekin raundlarda g‘alaba qozonish uchun yetarli edi, chunki bu vaqtga kelib, de la Hoya jismonan toliqqandi, natijada uning aniqligi pasayib ketadi. Shuning uchun jangning birinchi yarmini teng kurashlar ostida o‘tdi deb baholash mumkin.

    Jangning ikkinchi yarmi ham xuddi shunday ruhda o‘tdi. Oskarning Floyddan ko‘ra ko‘proq charchagani sezildi va bu zarbalar tezligida o‘z aksini topdi. Mey esa toza zarbalarini yo‘llab turardi, ayni vaqtga kelib, raqibining o‘tkirligi ham yo‘qolgandi. Shunda Oskar jang taktikasini o‘zgartirib, Meyni burchakka tiradi va yaqin masofadan zarbalar yo‘llay boshladi. Ko‘p zarbalar besamar ketdi, biroq Floyd Oskarga nisbatan kamroq zarba yo‘llar va burchaklarda ham ochiq jangga kirmasdi. Ma’lumki, raunddagi g‘alaba nafaqat ko‘p zarba berish va raqibiga zarar yetkazgani uchun, balki bokschining jang davomidagi faolligi uchun ham beriladi. Oskarda esa bu narsa raunddan raundga kamayib boraverdi.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Floyd bahsning ikkinchi yarmida de la Hoyaning charchaganidan to‘liq foydalana olmadi. Shuningdek, u Oskarni zarbalar bilan “siylash” o‘rniga, ring bo‘ylab chap berish bilan ovora bo‘ldi. Bu esa o‘z navbatida tomoshabinlarning kuchli noroziligiga ham sabab bo‘ladi. Afsuski, amalga oshirilgan mudofaa harakatlari bo‘yicha statistika hech qayerda berilmagan, ehtimol, u yerda Mey faol hujumlardan ko‘ra ko‘proq himoyaviy harakatlarni amalga oshirgani aks etgan bo‘lardi. Shu bois jangning ikkinchi yarmi, ayniqsa, oxirgi ikki raundda, Oskar Floydni ring bo‘ylab qamal qilganida, Tilla bolaning g‘alabasi aniqdek taassurot uyg‘ongandi.

    Ammo yon hakamlar boshqacha fikrga keldi. Ulardan biri de la Hoyani g‘olib deb topgan bo‘lsa — 115:113, qolgan ikkitasi esa Meyvezer variantini (116:112, 115:113) ma’qul ko‘rgan. Yakunda hakamlarning ikkiga bo‘lingan qarori bilan Mey bahsli g‘alabaga erishadi. Eng bahsli vaziyat Jerri Rotning Meyga berib yuborgan 12-raund bo‘lib qoladi.

    Agar ushbu hakam so‘nggi raundni Oskar foydasiga hal qilganida, yakuniy hisob 115:113 emas, 114:114 bo‘lardi. Meyvezerning mag‘lubiyatsiz faoliyatida esa birinchi durang qayd etilardi. Garchi g‘alaba qozonish uchun qo‘lidan kelganini qilgan bo‘lsa ham, Oskardan g‘alabani o‘g‘irlashadi. Bu mag‘lubiyat bir qirolning ag‘darilishi va yangisining toj kiyishi timsoli bo‘lib tarixga kiradi. Keyinchalik Mey boks olamida hamma narsaga erishgan TBE (eng yaxshisi) maqomiga ega bo‘ldi.

    Qizig‘i shundaki, hatto Meyvezerning otasi — katta Floyd ham o‘g‘li de la Hoyaga yutqazganini tan olgandi.

    “Men Oskarni ochkolar bo‘yicha yutdi deb o‘ylagandim. U ko‘proq zarba berdi va tajovuzkor harakat qildi. O‘g‘lim yaxshi himoya ko‘rsatdi va ko‘p zarbalarga chap berdi, ammo Oskar g‘alaba qozonish uchun yetarlicha harakat qildi”, — degandi katta Meyvezer.

    Umuman olganda, ko‘plab mutaxassislar hamon Floydning mag‘lub bo‘lganiga ishonadi. Biroq quruq raqamlar boshqacha so‘zlaydi. Oskar 12 raundda 587 ta zarba berib, 122 (21%) marta nishonga urgan, Meyvezer unchalik faol bo‘lmagan, zarbalari ham kuchli emas edi, biroq u foizda ikki baravar aniqroq chiqadi — 481 ta zarbadan 207 tasi nishonga teggan — (47%). Butun jang hisobga olinsa, bu g‘alaba uchun yetarlimi? Bu savolga hech qachon aniq javob bo‘lmaydi.

    So‘nggi vaqtlarda de la Hoyaning eski raqibi bilan revansh jangini o‘tkazmoqchi ekanligi haqida xabarlar paydo bo‘lmoqda. Biroq bugungi kunda bu bellashuv avvalgi savollarga hech qanday javob bermaydi, aksincha, faqat qayg‘uli nostaljini keltirib chiqaradi, xolos...

    Boshqa maqolalar: 

    • Klichkolar oilasining g‘aroyib hikoyasi: bokschilarning bobosi tatarlar deportatsiyasiga rahbarlik qilgan, otasi general bo‘lgan, buvisi esa yahudiylar genotsididan omon qolgan
    • Tayson va Muhammad Alini millionlab dollarga “uxlatgan” va arzimagan chaqalar evaziga sheriklarini o‘ldirgan kallakesar promouter Don King haqida
    • Oldini olish mumkin bo‘lgan fojia. Nokautchi Jerald Maklellanning hayotini barbod qilgan jang haqida
    • Ringda raqiblar, sudda esa hukumat bilan kurashgan, sport tarixidagi eng buyuk shaxs — Muhammad Ali

    04.02.2022, 23:54   Izoh (0)   62830
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Angliya Premyer Ligasida yanvar oyining eng yaxshilari aniqlandi

    04.02.2022, 22:33

    Pekin—2022 qishki Olimpiya o‘yinlarining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi (foto)

    04.02.2022, 20:39

    PFL 2021-yildagi daromad va xarajatlari bo‘yicha moliyaviy hisobot berdi

    04.02.2022, 16:07

    Azizbek Amonov legionerga aylandi. “Lokomotiv” hujumkor yarim himoyachisi Eron klubiga o‘tdi

    04.02.2022, 15:51

    PFL 2021-yilda hamkorlik orqali 10 milliard so‘mga yaqin daromad qilgani ma’lum bo‘ldi

    04.02.2022, 10:11

    Ispaniya Kubogi. “Atletik” so‘nggi daqiqalarda urilgan gol evaziga “Real”ni mag‘lub etib, yarim finaliga yo‘l oldi

    04.02.2022, 03:33
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi

     

    Tavsiya etamiz

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Ukraina Yaponiya bilan birgalikda dronlar ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda

    Dunyo | 5 avgust, 21:20

    Mulkdorni 100 foiz rozi qilmaguncha hech qanday qurilish va buzish ishlari amalga oshirilmaydi

    O‘zbekiston | 5 avgust, 20:58

    Afg‘onistonda bolalar to‘yib ovqatlanmasligi eng yuqori darajaga yetdi — BMT

    Dunyo | 5 avgust, 21:10

    “Vodiydan Toshkentgacha bo‘lgan barcha metan zapravkalar to‘liq quvvatda ishlamoqda”. Energetika vazirligi tarqalgan xabarlarga munosabat bildirdi

    O‘zbekiston | 5 avgust, 21:00

    Qahva antibiotiklar ta’sirini kamaytirib, zararli bakteriyalarga yordam beradi — tadqiqot

    Ilm-fan | 5 avgust, 20:50

    IBA prezidenti Umar Kremlyov o‘zbekistonlik murabbiy bilan bog‘liq mojaroga munosabat bildirdi

    Sport | 5 avgust, 20:43

    O‘zbekistonda jazirama rekordi: iyulda qaysi hudud havosi 48 daraja isidi?

    O‘zbekiston | 5 avgust, 20:39

    ChatGPT foydalanuvchilarga jufti bilan ajrashishni maslahat berishni to‘xtatdi — OpenAI

    Dunyo | 5 avgust, 20:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.