Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanida 30-yanvar kuni Cobalt avtomobili yukxonasidan kelib chiqishi noma’lum bo‘lgan go‘sht mahsuloti aniqlandi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar qildi.

Foto: Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi

Foto: Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi

Qayd etilishicha, shu kuni soat 01:40 atrofida karantin tadbirlarini ta’minlash guruhi xodimlari “Umakay” YPX maskanida Koson tumanida yashovchi fuqaro H.O‘. boshqaruvidagi Cobalt avtomashinasi tekshirish uchun to‘xtatgan. Natijada avtomobil yukxonasidan qoplarga joylashtirilgan, hech qanday veterinariya-sanitariya hujjatlarsiz, sanitariya-gigiyena talablariga zid ravishda kelib chiqishi noma’lum bo‘lgan, taxminan, 230 kilogramm og‘irlikdagi go‘sht mahsulotlari borligi aniqlangan.

Foto: Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi

Foto: Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi

Foto: Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi

Foto: Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi

Mahsulot belgilangan tartibda viloyat veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limi oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi mikrobiologiya va veterinariya-sanitariya ekspertiza laboratoriyasiga topshirilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Nukus voqealari bo‘yicha sudlangan Polat Shamshetov tergov hibsxonasida vafot etdi
Dunyo
Turkiyada 7,4 magnitudali zilzila yuz berdi
Dunyo
Moskva metrosidagi eng yirik terakt, Olimpiada o‘yinlariga mezbonlik qilgan Gitler va 25 yoshida Britaniya taxtiga o‘tirgan Yelizaveta. Kun xronologiyasida 6-fevra...