• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Buxoroda kar va soqov qizni og‘iz-qo‘llarini skotchlab, zo‘rlagan shaxsga sud hukmi o‘qildi. U bundan oldin ham turli jinoyatlari uchun 9 marta sudlangan

    Buxoroda 22 yoshli kar va soqov qizni urib, qiynab, zo‘rlik ishlatib, og‘iz va qo‘llarini skotch bilan bog‘lab, uning nomusiga teggan 41 yoshli shaxs sud hukmi bilan 5 yilga ozodlikdan mahrum etildi. Bu haqda “Daryo”ga jinoyat ishlari bo‘yicha G‘ijduvon tuman sudi raisi Bobur Umarov xabar berdi.

    Sud hujjatlariga ko‘ra, 2021-yilning 5-avgust kuni g‘ijduvonlik fuqaro M.F. tuman markazidagi “Bek” oshxonasida tushlik qilgan. Unga oshxona oshpazi H.A.ning kar va soqov jiyani D.Y. (2000-yilda tug‘ilgan) xizmat ko‘rsatgan. U mijoz sifatida oshxonaga kirgan M.F.dan boshqa mijozlar qatori nimalar tanovul qilishini imo-ishoralar orqali so‘ragan. M. ovqatlanib bo‘lgach, oshxonadan chiqib ketgan. Oradan 3 soatlarcha chamasi o‘tgach, 16:30 larda D. uyiga ketish uchun yo‘lga otlangan. Xuddi shu topda M. yana oshxona oldida paydo bo‘lgan va D.ning yo‘lini to‘sib chiqib, uni to‘xtatib, qayoqqa ketayotganini so‘ragan.

    D. unga uyiga ketayotganini imo-ishoralar orqali bildirgan. M. esa qizga chin dildan ko‘mak berib, uni uyiga olib borib qo‘yishini tushuntira olgan va oshxonadan uncha uzoq bo‘lmagan manzilda joylashgan mashinalar turargohidan taksi yollagan. Qiz ham mijoz sifatida unga ishongan va u bilan birga fuqaro F.Q.ga tegishli Matiz avtomashinasiga o‘tirgan. Ko‘p o‘tmay avtomashinaning boshqa manzilga yelib borayotganidan bezovtalangan D. imo-ishoralar orqali M.ga yashash uyi tumandagi “Cho‘g‘alon” mahalla fuqarolar yig‘ini Urganji qishlog‘ida ekanini tushuntirishga uringan. M. esa taksini tumandagi “Gulistonobod” mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan Boyxotin qishlog‘idagi o‘zi yashaydigan xonadon darvozasi oldida to‘xtatgan. U qizga imo-ishora orqali avtomashinadan tushishini bildirganida qiz mashinadan tushmasligini bildirgan. Haydovchi M.dan: “Qiz nimani tushuntiryapti?”,  deb so‘raganida, M. unga: “Aka, ketavering, buning gapiga baribir tushunmaysiz”, degan.

    Haydovchi ketgach, M. qo‘lini qizning yelkasiga tashlab, uni quchoqlagan. Dovdirab qolgan qiz M.ning spirtli ichimlik iste’mol qilganini sezgan va unga qarshilik ko‘rsatgan. Biroq erkak qizni urib, kuch ishlatib, uni o‘zi yashaydigan hovliga sudrab olib kirgan. D.ning og‘zini skotch va yostiq bilan yopib, qo‘lini ham qayirib, skotch bilan o‘rab, qiynagan. Shafqatsizlarcha na gapira oladigan va na eshita oladigan ikkinchi guruh nogironi bo‘lgan qizning nomusiga teggan.

    Oradan vaqt o‘tib, qiz ko‘chaga baqirib, yig‘lab, qochib chiqqan. Xuddi shu topda uy oldidan D.ga qo‘shni bo‘lgan M. ismli o‘smir yigit velosiped bilan o‘tib ketayotgan bo‘lgan. Qiz unga M. unga zo‘ravonlik qilganini, buni zudlik bilan uyidagilariga borib bildirishini imo-ishoralar orqali tushuntirayotganda erkak kelib qolgan va yigitga bosim o‘tkazgan: “Agar sen meni sotib, biror kishiga bu qizni bu yerda ko‘rganingni aytsang, seni G‘ijduvonda yurishga qo‘ymayman, tanish o‘rtoqlarimga aytib, seni yo‘qottirib yuboraman”, deya qo‘rqitgan.

    Shunga qaramasdan, o‘smir yigit zudlik bilan qishloqqa kelgan va holatni uning yaqinlariga bildirgan. Kar va soqov qizni bir nechta qo‘ni-qo‘shnilar ham ko‘rgan va qizning yaqinlari yetib kelguncha, unga g‘amxo‘rlik ko‘rsatgan. Manbaga ko‘ra, M. uch marotaba uylangan va ayni voqea sodir bo‘lgan vaqtda uning uchinchi xotini N.J. Toshkent shahriga davolanish uchun ketgan bo‘lgan.

    Shundan so‘ng tuman ichki ishlar idoralari, prokuratura xodimlari ham voqea joyiga zudlik bilan yetib kelgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi ochilgan.

    Sud taqdim etgan hujjatda qayd etilishicha, sudlanuvchi 1996-yilda Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) 3-qismi “b” bandi bilan aybli deb topilib, 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilingan. 2000-yilda ham xuddi shu ayb bilan qamalgan. 2002-yilda Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan ayblangan, tayinlangan 6 yil qamoq jazosini 4 yilini o‘tab, amnistiyaga tushgan. Biroq 2006-yilda qamoqdan chiqib, oradan bir necha oy o‘tmay, Jinoyat kodeksining 226-moddasi (ma’muriy nazorat qoidalarini buzish) 1-qismi bilan aybli deb topilgan, 3 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilingan.

    2009-yilda yana takroran Jinoyat kodeksining 226-moddasi 1-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etib, 1 yil muddatga qamalgan. 2010-yilda Jinoyat kodeksining 60-moddasiga (bir necha hukm yuzasidan jazo tayinlash) asosan 2 yil 3 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolangan. 2013-yilda qamoqdan chiqiboq yana bir nechta jinoyatlar sodir etib, 2 yil muddatga qamalgan. 2013-yil 12-dekabr kunidagi “Amnistiya to‘g‘risida”gi qarorning 3-bandiga asosan jazodan ozod qilingan. 2014-yilda esa Jinoyat kodeksining 226-moddasi 2-qismi “a” bandi va 140-moddasi (haqorat qilish) 1-qismi bilan aybli deb topilib, 2 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilingan. O‘z jazo muddatini o‘tagan bu shaxs ozodlikka chiqqach, bir necha oy ichida, ya’ni 2016-yilda Jinoyat kodeksining 226-moddasi 2-qismi “a” bandini takroran sodir etgan. Yana 2 yil 6 oy muddatga qamalgan.

    “Shuncha yillar davomida qamalib-chiqaverib, hali ozodlikka chiqqaniga bir yil to‘lmagan bu shaxs bu gal jismonan nochor va nogiron qizning hayotini barbod qilgan. U Jinoyat kodeksining 34-moddasiga (retsidivist jinoyat) asosan, o‘ta xavfli retsidivist deb topildi. Shuningdek, Jinoyat kodeksi 118-moddasining (nomusga tegish) 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga nisbatan shu modda bilan 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. U tayinlangan jazoni maxsus tartibli koloniyalarda o‘taydi”, — degan sud raisi Bobur Umarov.

    Mavzuga doir:

    • Toshkentda 15 yoshli qiz bilan jinsiy yaqinlik qilgan jismoniy tarbiya o‘qituvchisi va uning sheriklariga sud hukmi o‘qildi
    • Samarqandda 19 yoshli qiz ish vaqtida zo‘rlangani yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
    • “Qo‘llarini bog‘lab, ikki soat zo‘rlashgan”. Andijonda 18 yoshli kelinni zo‘rlaganlikda olti kishi gumon qilinmoqda, jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan

    01.02.2022, 22:39   Izoh (0)   83715
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda 2021-yilda 20 yoshdan kichik 3,3 ming yigit oila qurgan

    01.02.2022, 21:57

    “Styuardessalik uchun chiroyli qad-qomat, pul va tanish-bilish bo‘lsa bas, degan qarashlar mutlaqo noto‘g‘ri. Hammasi bilim va mahoratingizga bog‘liq”. Bort kuzatu...

    01.02.2022, 21:45

    Toshkent shahar IIBB xodimlari elektroshokerdan foydalanishni boshladi

    01.02.2022, 20:45

    Toshkentdagi 3 ta tumanning ayrim joylarida ta’mirlash ishlari sabab tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi

    01.02.2022, 20:29

    O‘zbekistonda OITS bilan kasallanganlar soni ochiqlandi

    01.02.2022, 20:17

    Buxoroda qo‘yxonaga aylangani rad etilgan “Chor minor” madrasasi chorbog‘ida tandirdan ham foydalanib kelingani ma’lum bo‘ldi

    01.02.2022, 20:13
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    NASA hamkorligida yaratilgan sun’iy intellekt Quyoshdagi chaqnashlarni 2 soat oldin prognoz qila oladi

    Dunyo | 23 avgust, 22:50

    “AQSH bosimiga qarshi birdammiz”: Xitoy Hindistonni qo‘llab-quvvatladi

    Dunyo | 23 avgust, 22:10

    Superliga. “Nasaf” “Surxon”dan ustun keldi, “OKMK” “Xorazm” darvozasiga 3 ta gol kiritdi

    Sport | 23 avgust, 21:50

    Xitoyda ko‘prik qulashi oqibatida 12 nafar ishchi halok bo‘ldi (video)

    Dunyo | 23 avgust, 21:35

    Rauf Parfi, Muhammad Yusuf va boshqa marhum ijodkorlar ordenlar bilan mukofotlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 21:11

    Muftiy Nuriddin Xoliqnazarov “Oliy darajali imom Buxoriy” ordeni bilan taqdirlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 20:46

    Ispaniyadagi plyajlar zaharli va noyob shilliqqurt sabab yopildi

    Dunyo | 23 avgust, 20:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.