“Manchester Yunayted” hujumchisi Meyson Grinvud Manchester shahri politsiyasi tomonidan hibsga olindi, deya xabar qilmoqda Daily Mail.
20 yoshli futbolchi jinsiy zo‘ravonlik va tan jarohati yetkazish bo‘yicha gumonlanmoqda.
30-yanvar kuni futbolchining qaylig‘i Harriyet Robson futbolchini zo‘ravonlikda ayblab, ijtimoiy tarmoq orqali qonagan labi va tanasidagi gematomalar tasvirlangan foto hamda videolarni e’lon qilgan. Shuningdek, qiz jinsiy aloqaga majburlanayotgani yozib olingan audioyozuvni ham e’lon qilgan.
“Manchester Yunayted” vaziyat yuzasidan bayonot berdi. Unda jamoa vaziyatdan xabardor ekani va dalillar tasdiqlanmaguniga qadar biror sharh berilmasligini ma’lum qilgan. Keyinchalik klub Grinvudni mashg‘ulot va o‘yinlardan chetlatdi.
Avvalroq “Manchester Siti” himoyachisi Benjamin Mendi jinsiy zo‘ravonlik bilan bog‘liq yettita ishda gumon qilinayotgani xabar qilingandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)