Futzal bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi 30-yanvar, yakshanba kuni Chernogoriyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida ishtirok etdi.
Uchrashuvda o‘zbekistonlik futzalchilar 8:1 hisobidagi yirik g‘alabani qo‘lga kiritdi. O‘zbekiston safida Ilhom Hamroyev het-trik qayd etgan bo‘lsa, Davron Choriyev dublga erishdi. Sunnatulla Jo‘rayev, Ixtiyor Ropiyev va Husniddin Nishonov bittadan gol urdi. Chernogoriyaning yagona goliga Efovich Ariyan muallif bo‘ldi.
Avvalroq O‘zbekiston futzal terma jamoasi Fransiyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida ishtirok etgan va 2:4 hisobida mag‘lub bo‘lgandi.
O‘rtoqlik o‘yini
30-yanvar, yakshanba
O‘zbekiston — Chernogoriya 8:1
Gollar: Ilhom Hamroyev (4, 21, 22), Davron Choriyev (9, 15), Sunnatulla Jo‘rayev (12), Ixtiyor Ropiyev (23), Efovich Ariyan (30), Husniddin Nishonov (33).O‘zbekiston dastlabki beshlik: Rustam Umarov, Ixtiyor Ropiyev, Ilhomjon Hamroyev, Husniddin Nishonov, Davron Choriyev.
Zaxira: Ravshan Eliboyev, Anasxon Rahmatov, Mashrab Odilov, Davlat Ibragimov, Dilshod Rahmatov, Elbek To‘lqinov, Akbar Usmonov, Abdulla Solihov, Sunatulla Jo‘rayev.
Izoh (0)