“Borussiya D” hujumchisi Erling Holand 2021-yilning eng yaxshi futbolchisi kim bo‘lgani haqidagi savolga javob berdi.
Yaxshi savol bo‘ldi, birinchi o‘ringa Levandovskini qo‘yganim ma’qul. Benzema ham ajoyib o‘yin ko‘rsatdi, shuningdek, Messini aytib o‘tish lozim. Ular ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni bo‘lishib turibdi.Eslatib o‘tamiz, “Bavariya” hujumchisi Robert Levandovski FIFA talqiniga ko‘ra 2021-yilning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Polshalik hujumchi ovoz berish natijalariga ko‘ra, “PSJ” hujumchisi Lionel Messini 4 ochkoga ortda qoldirdi. “Liverpul” forvardi Muhammad Saloh esa uchinchi o‘rinni egalladi.Erling Holand, “Borussiya D” futbolchisi
2021-yilgi “Oltin to‘p” sovrinini esa Messi o‘ziniki qildi. Unda Levandovski ikkinchi, “Chelsi” yarim himoyachisi Jorjinyo uchinchi o‘rinni egalladi.
Izoh (0)