• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Litvada Markaziy razvedka boshqarmasining maxfiy qamog‘i bo‘lgan bino sotilmoqda. Litva hukumati mamlakatda MRB mahbuslari bo‘lganini inkor etgan, lekin qiynoqqa solingan jabrlanuvchiga kompensatsiya to‘lagan

    Litvada 2000-yillar o‘rtalarida Markaziy razvedka boshqarmasining maxfiy qamog‘i bo‘lgan bino sotilmoqda. Bu haqda Reuters agentligi xabar bergan. Litvaning Delfi nashri ushbu binoning sotilishi haqida yanvar boshida yozgan edi.

    Foto: Reuters

    Foto: Reuters

    Ikki qavatli bino Vilnyus yaqinidagi Antavilyay qishlog‘ida joylashgan. U 1992-yilda qurilgan va dastlab jismoniy shaxsga tegishli bo‘lgan: kafe va otda yurish sport turi bo‘yicha akademiya vazifasini bajargan. 2004–2007-yillarda bino AQShning Elite LLC kompaniyasi ixtiyoriga o‘tgan. Keyinchalik bino Litva davlat xavfsizligi departamentiga o‘tkazildi; 2018-yilgacha u yerda idoraning o‘quv markazi faoliyat olib borgan. Endi Litva mol-mulk banki binoni sotishga tayyorlanmoqda. Uning narxi qancha bo‘lishi haqida ma’lumot berilmagan.

    Delfi jurnalistlari yanvar boshida ushbu binoda bo‘lgan. Ularning so‘zlariga ko‘ra, ichkarida AQShning qurilmalari va ularning qismlari juda ko‘p. Masalan, binoning serverlar qo‘yilgan qismida, asosan, AQShda ishlatiladigan Farengeyt shkalasi bo‘yicha ishlaydigan termostatlar o‘rnatilgan.

    MRB 2001-yil 11-sentabrda AQShda sodir bo‘lgan teraktlardan keyin butun dunyo bo‘yicha maxfiy qamoqxonalar tashkil qilishni boshlagan. Ularda terrorchilikka aloqadorligi gumon qilingan shaxslar so‘roq qilingan, saqlangan. 2002-yilda ularga mahbuslarni qiynoqqa soladigan “so‘roq qilishning yangi takomillashgan texnikalari” joriy etilgan. Mahbuslarni urishgan, uyqu berishmagan, sovuq kameraga tashlashgan va suvga bo‘ktirib qiynashgan. 2006-yilda AQSh hukumati maxfiy qamoqxonalar borligini tan olgan, 2009-yilda esa ularning yopilgani haqida hisobot bergan.

    Mavzuga doir: AQSh maxfiy xizmati 11-sentabr voqealarini aks ettiruvchi ilgari chop etilmagan fotosuratlarni e’lon qildi

    Shuningdek, 2009-yilda AQShning ABC News nashri Litva hukumatidagi manbalariga va AQSh maxsus xizmatlarining sobiq xodimlariga tayanib maxfiy qamoqxonalardan biri Vilnyus yaqinida bo‘lganini xabar qildi. Bu Antavilyay qishlog‘idagi Elite LLC’dan sotib olingan ikki qavatli bino, ABC News ushbu kompaniya MRB tomonidan yollanganini qayd etgan. Bino ichida ikkita beton kapsula qurilgan, ularda mahbuslar ushlab turilgan va so‘roq qilingan.

    ABC News ma’lumotlariga ko‘ra Litva hukimati NATOga kirishda AQSh bergan ko‘mak tufayli 2002-yilda MRB qamoqxonasini o‘z hududida tashkil etilishiga ruxsat betgan. Qamoqxona 2004-yil sentabrdan 2005-yil noyabrgacha ishlagan, unda kamida sakkiz nafar mahbus ushlab turilgan bo‘lishi mumkin, deya ABC News’ga ma’lumot bergan nashr suhbatdoshlaridan biri. Nashrning yozishicha, shunga o‘xshash muassasalar Ruminiya, Polsha, Marokash, Afg‘oniston va Tailandda ham bo‘lgan.

    2014-yilda AQSh Senatining razvedka qo‘mitasi MRBning maxfiy qamoqxonalari haqidagi hisobotni e’lon qildi, unda terrorchilikda gumon qilingan shaxslar uchun 2005 – 2006-yillarda ishlagan markaz haqida so‘z borgan. Hisobotda uning qaysi mamlakat hududida bo‘lgani aytilmagan, lekin huquq himoyachilari va jurnalistlar gap aynana Litva haqida borgan bo‘lishining ehtimoli yuqori degan to‘xtamga kelgan. Litvaning o‘zida o‘tkazilgan parlament surishtiruvida mamlakatga MRB samolyotlari qo‘ngani va mahbuslar uchun kameralarda ishlatiladigan uskunalar olib kelingani tasdiqlangan, ammo ushbu kameralardan haqiqatdan ham MRB mahbuslari saqlangani va so‘roq qilingani tasdig‘ini topmagan.

    2018-yilda Inson huquqlari bo‘yicha Yevropa sudi ushbu faktni tasdiqladi. Sud 2002-yilda Pokistonda qo‘lga olingan Abu Zubaydagi 130 ming yevro undirib berish haqida qaror chiqargan. AQSh hukumati uni “Al-Qoida” tashkiloti tizimidagi “ikkinchi yo uchinchi rahbar” deb hisoblagan. U “so‘roq qilishining yangi texnikasi” qo‘llanilgan eng taniqli mahbuslardan biri. Abu Zubayrani turli mamlakatlardagi maxfiy qamoqxonalarda saqlashgan; u Guantanamodagi AQSh harbiy bazasida saqlangan, biroq 20 yildan beri hibsda ushlab turilgan ushbu shaxsning “Al-Qoida”ga aloqadorlik yoki 11-sentabr teraktlarida ishtirok etganlik yuzasidan ayblovlar e’lon qilinmagan.

    Zubayda Litva hukumati o‘z hududida MRB bilan birga tashkil qilgan maxfiy qamoqxonada unga nisbatan zo‘ravonlarcha munosabatda bo‘lganini bildirgan. Inson huquqlari bo‘yicha Yevropa sudi uning bu boradagi da’vosini tasdiqlagan, lekin Litvada uning boshqa mamlakatlardagi kabi qiynoqqa solinmaganini qayd etgan. Zubayda 2002-yilda Tailanddagi “Mushuk ko‘zi” qamog‘ida 83 marta qiynoqqa solingan va suvga ham bo‘ktirilgan; u yerda noma’lum sabablarga ko‘ra bir ko‘zidan ayrilgan. U vaqtda “Mushuk ko‘zi”ga 2018-yilda MRB direktori lavozimini egallagan Jina Xaspel rahbarlik qilgan.

    Litva Zubaydagi sud tomonidan belgilangan kompensatsiyani 2022-yil boshida to‘lab berdi, biroq shunga qaramay hanuzgacha mamlakatda MRBning mahbuslari saqlanganini inkor qilishda davom etmoqda.

    26.01.2022, 22:20   Izoh (0)   11181
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Madagaskarga ham tropik siklon yopirildi, qurbonlar bor (foto)

    26.01.2022, 21:56

    Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan yana koronavirusga chalindi

    26.01.2022, 21:44

    Rossiyalik milliarderlar Ukraina atrofidagi keskinlik tufayli bir oy ichida qariyb 28 mlrd dollar yo‘qotdi

    26.01.2022, 19:48

    Afina markazida kuchli portlash yuz berdi (video)

    26.01.2022, 18:32

    NATO bosh kotibi alyans o‘z qo‘shinlarini Ukraina hududiga joylashtirmasligini ma’lum qildi

    26.01.2022, 15:40

    Ramzan Qodirov Rossiya prezidenti yoki vazir bo‘lishni istamasligi haqida gapirdi

    26.01.2022, 15:11
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 

     

    Tavsiya etamiz

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50

    AQSH prezidenti 6 ta urushni to‘xtatganini da’vo qildi. Aslidachi?

    20 avgust, 11:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Andijonda 811 ta holatda jamoat joylarida tig‘li buyumlar olib yurgan fuqarolar aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 00:05

    Buxoroda ikki yilda bir marta xalqaro sanʼat biyennalesi o‘tkaziladi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:50

    “Ishlamasa, ana katta ko‘cha” — Erkinjon Turdimov Sirdaryoda boqimandalar ko‘payib ketganini aytdi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:41

    Ruminiya ittifoqchilarga harbiy bazalarini ochishga tayyorligini bildirdi

    Dunyo | 22 avgust, 23:35

    Venesuela AQSH bilan urushga tayyorlanyapti

    Dunyo | 22 avgust, 23:25

    O‘zbekiston real ish haqi oshishi bo‘yicha qo‘shni davlatlardan ortda qolmoqda — hisobot

    Iqtisodiyot | 22 avgust, 23:15

    Xitoyda o‘tkaziladigan SHHT sammitiga 20 dan ortiq davlat rahbarlari tashrif buyuradi

    Dunyo | 22 avgust, 23:05

    AQSH Federal qidiruv byurosi agentlari Trampning sobiq maslahatchisi Jon Boltonning uyida tintuv o‘tkazgan

    Dunyo | 22 avgust, 22:55

    Koinotda Quyosh tizimining sirlarini saqlayotgan vaqt kapsulasi topildi

    Dunyo | 22 avgust, 22:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.