• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12965.34
    • RUB161.34
    • EUR14525.07
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +22°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Karyera

    “Biznes trenerlarga quloq solishdan ko‘ra ko‘proq o‘qib-o‘rganish kerak”. Sevimli kasbini mustaqil o‘rgangan yoshlar bilan “Xalqaro ta’lim” kunida suhbat

    Global ixtirolar qilinayotgan va koinot zabt etilayotgan bir paytda bugun jahondagi 258 million bolaning maktabga borish imkoniyati yo‘q. 617 million o‘g‘il-qiz o‘qish, oddiy matematik hisob-kitob nimaligini bilmaydi. Bu esa ta’lim bilan bog‘liq yagona muammo emas. Koronavirus pandemiyasi boshqa sohalar qatori mamlakatlarning ta’lim tizimiga ham jiddiy ta’sir qildi. Ammo aynan cheklovlar mustaqil ta’lim va qo‘shimcha shug‘ullanishning nechog‘lik muhimligini anglab yetishga imkon berdi.

    Ta’limni qo‘llab-quvvatlash va boshqalarning ham bunga befarq qaramasligini so‘raydigan BMT 24-yanvarni “Xalqaro ta’lim kuni” deb e’lon qilgan. “Daryo” sana munosabati bilan avvaliga boshqa mutaxassislikka o‘qigan, biroq mustaqil o‘qib-o‘rganish ortidan hozirgi kasbining ustasiga aylangan yoshlar bilan suhbatlashdi, ularning fikr-qarashlarini jamladi.

    Davronbek Turdiyev, 30 yosh

    Mnemonika bo‘yicha Rossiya rekordchisi, O‘zbekiston mnemosport federatsiyasi asoschisi

    Foto: Davronbek Turdiyevning shaxsiy arxividan

    Foto: Davronbek Turdiyevning shaxsiy arxividan

    Asli o‘qituvchiman. Lekin 1,5 yil pedagog bo‘lib ishlaganman, xolos. Soham bo‘yicha ortiq ishlamaganimga tasodif sabab bo‘lgan-ov. O‘sha paytlari ma’lumotlarni esda saqlashni mashq qilish hobbiyim edi, ko‘proq vaqtimni shunga sarflardimam. Keyinchalik shu bo‘yicha Toshkentdan ish taklifi bo‘ldi. Poytaxtga ko‘chib kelib, ish boshladim va shu tariqa hammasi o‘zgarib ketdi.

    Hozirgi sohamning sir-asrorlarini rus tilidagi kitoblar, masalan, Stanislav Matveyevning “Fenomenal xotira” kitobidan o‘rganganman. Qiziquvchilarga ingliz tilidagi manbalar ham ko‘p. Art of memory saytidagi ma’lumotlar, jahon chempionlari bilan virtual muloqot ham foyda bergan. Xotirani charxlash uchun ortiqcha sharoit, narsa talab etilmaydi. Taxminan, o‘ntacha usulni to‘xtamay, tinimsiz mashq qilib, takrorlab turish kerak, xolos.

    Mustaqil ta’limning foydasi ko‘p. Tadbirkor va muvaffaqiyatga erishgan tanishlarim orasida barini bir chekkadan, butunlay boshqa sohadan kelib boshlaganlar ancha-muncha topiladi. Lekin yolg‘iz o‘zing yuqori marralarni zabt etish qiyinroq. Ortiqcha pul sarflamaysiz, ammo ko‘p vaqt yo‘qotasiz. Kitob va internetdagi manbalardan o‘rganib, umumiy tushunchaga ega bo‘lish, ma’lumotlarni o‘zlashtirish mumkin. Lekin eng zo‘riga aylanish uchun ustoz kerak bo‘ladi. Negaki, o‘sganingiz sari kichik detallar ahamiyatli bo‘laveradi. Keyin raqobat deganlari ham bor.

    Ta’lim men uchun — insondagi ijodiy xislatlarni rivojlantirish usuli. U orqali test yechish yoki nimanidir shunchaki bilish emas, ixtiro qilishimiz, qiyin holatlarda yo‘l topa olishimiz kerak.

    Ayrim trener-ma’ruzachilar “Diplom-u, o‘qishning keragi yo‘q” deb yoshlarni sal noto‘g‘ri yo‘lga boshlayapti. Ammo universitetning – hayot maktabi ekanini inkor etib bo‘lmaydi. Yoshlarga biznes trenerlar emas, mutaxassislarning maslahatiga quloq solishni tavsiya etaman bu o‘rinda. Deylik sog‘lik va parhez borasida mendan maslahat so‘rashadi, lekin mutaxassis bo‘lmaganim uchun nimadir deyolmayman. Mnemonika, ya’ni eslab qolish bo‘yicha tavsiya berishim mumkin, ammo boshqa soha bo‘yicha emas.

    Aksar spikerlar istalgan savolga javob berib ketishini kuzataman. Har sohaning o‘z mutaxassisi, o‘qigan-uqqani bor. Mashina buzildimi – ustaning, tadbirkorlik qilmoqchimisiz – tanlagan yo‘nalishingizning egasi bilan gaplashing, fikr-maslahatini eshiting.

    Madina Nurman, 28 yosh

    Fotomuxbir

    Foto: Madina Nurmanning shaxsiy arxividan

    Foto: Madina Nurmanning shaxsiy arxividan

    2017-yili Jahon tillari universitetining Xalqaro jurnalistika fakultetini tamomlaganman. Hozirgi sohamga mutlaqo tasodif sabab kirib kelganman, umuman, fotomuxbir bo‘lib ishlayman, deb maqsad qo‘ymagandim. Fotografiya bilan bog‘liq sir-asrorlarni esa ko‘proq amaliyotda, ya’ni bevosita rasmga olib yurib, yo‘l-yo‘lakay o‘rganganman. O‘zim bilmagan texnik tomonlarini qo‘shimcha ravishda YouTube’dagi istalgan foto sahifalardan izlab ko‘raman. Yangi rakurslarga ehtiyoj sezsam, Instagram’da mashhur fotograflarning sahifalarini kuzatib o‘tiraman. Aynan biror mutaxassisni misol qilib keltira olmayman, sababi, har bir savolimga turli-tuman manbalardan javob olganman.

    Ta’limni jamiyat hayotida ishtirok etadigan shaxs bo‘lib shakllanishimizning boshlang‘ich nuqtasi, deb bilaman. Mustaqil ta’lim olgan ko‘plab self-made (o‘zini kashf qilgan) odamlarni taniyman. Inson biror sohaga jiddiy qiziqsa, mustaqil ta’limmi yoki oddiy – farqi yo‘q, baribir, uni o‘zlashtiradi. Hammasi o‘zimizga bog‘liq, deb o‘ylayman. Ya’ni agar chindanam o‘sha bilimga ehtiyoj sezsak, har qanday ma’lumotni bemalol o‘zlashtiramiz.

    Fikrimcha, biror sohada eng zo‘r bo‘lishingiz uchun mentor yoki o‘qituvchiga ehtiyoj yo‘q. Hozirda mustaqil ta’lim platformalari juda ko‘p, ular yoshlarning aynan o‘zi o‘rganishi uchun yaratilgan. Talabdan kelib chiqqan holda taklif yuzaga chiqishini inobatga olsak, demak, davrning o‘zi shuni taqozo qilyapti. Ammo yana qaytaraman, biror sohaga jiddiy qiziqsakkina yaxshi o‘zlashtiramiz. Aks holda, baribir, kimgadir yuzlanishga to‘g‘ri keladi. Chunki aksar kishilarning psixologiyasi shunaqa: kimdir turtki bermasa, hech bir ishi o‘xshamaydi. Shaxsan o‘zim sal-pal dangasaman. Shuni hisobga olib, mendan hamisha maslahatini ayamaydigan yaqin odamimga tinmay murojaat qilaman.

    Agar hamma gap diplomda bo‘lganida, hozir ishsiz yoki muvaffaqiyatsizlarning o‘zi bo‘lmasdi. Nazarimda, mustaqil va an’anaviy ta’limdan chiqqan kadrlarning bir-biridan mutlaqo farqi yo‘q. Muvaffaqiyatga erishishda ta’lim emas, ko‘proq intiluvchanlik xususiyati birinchi o‘rinda turadi, deb bilaman. Albatta, agar diplomsiz biror ishda “ko‘tarila olish” mumkin emas, degan stereotiplarga sodiq insonlar bo‘lsa, unda diplom uchun o‘qishlari mumkin. Har kimning o‘z tanlovi bor. Yana bir misol, mana, jurnalistika yo‘nalishida o‘qidim, diplomim bor, ammo fakultetda fotografiyani hech kim bizga o‘rgatmagan. Fotojurnalistlikdagi muvaffaqiyatlarimda an’anaviy ta’lim nazariyasining roli yo‘q. Ehtimol, amaliyotning o‘rni bordir, biroq uning zamirida ko‘proq individual mehnatim yotadi. Agar kimdir aksini isbotlay olaman desa, qattiq adashadi.

    Shu choqqacha mustaqil fikri yoki tanlovi bo‘lmagan yosh, yaxshisi, ota-onasi, yaqinlarining gapiga kirgani ma’qul. Bu toifa yoshlarga boshqa tavsiyam yo‘q. Agar “Yo‘q, mening o‘z maqsad va rejalarim bor”, deb bilsangiz, ko‘nglingizga quloq tuting va bilganingizdan qolmang. Hozir orzu qilayotgan narsalaringizga juda tez yetasiz, aslo shubhalanmang. Shunday ekan iloji boricha o‘ta katta maqsadlar qo‘yib, unga erishishga tirishing.

    Jamshid Xoliqulov, 30 yosh

    Fido Studio design kompaniyasi rahbari, Veb-dizayner (Product-designer)

    Foto: Jamshid Xoliqulovning shaxsiy arxividan

    Foto: Jamshid Xoliqulovning shaxsiy arxividan

    O‘zbekiston Milliy universitetining Jurnalistika fakultetida tahsil olganimga qaramay, hozirgi asosiy faoliyatim UI&UX dizayn hisoblanadi. Talabalik yillarim grafik-dizaynerlikka qiziqa boshladim va uni o‘rganish jarayonida yaxshi o‘zlashtirayotganimni anglab, kelajakda kasbiy faoliyatim jurnalistika emas, aynan ishtiyoq va iste’dodimni kashf etishga yordam bergan dizaynerlik sohasi bilan bog‘liq ekanini tushunib yetdim. Shundan keyin o‘z ustimda ishlab, mustaqil o‘rganishda davom etdim.

    Ta’lim — erkin, mustaqil fikrlay olish. Atrofimizdagi jamoat muhiti. Bog‘cha, maktablar, kollejlar, universitet, teatrlar, kinoteatrlar, adabiyot va san’at asarlarining barchasi ta’lim. Hozirgi sohamni tanlashimga xohish, qiziqish va yaxshi daromad sabab bo‘lgan. Yuqoridagi sabablar doim mehnat qilishimga yo‘l ochgan.

    Mustaqil ta’lim fikrimcha, insonning shaxsiy qiziqishidan kelib chiqib vujudga keladi. Lekin bu bilan qaysidir darajaga yetib kela olasiz, qolganida ustozning o‘rni beqiyos. Afzalligi – sohaga tez kirib borasiz, vaqtdan yutasiz, kamchiligi – muhim bo‘lgan fundamental bilimlar qolib ketish ehtimoli yuqori. Bu insonning qobiliyatiga bog‘liq deb hisoblayman.

    Biror sohada mutaxassis bo‘lish uchun internetda manba yetarlicha. Lekin qancha muddat sarflanishi noma’lum. 4-5 balki 10 yil sarflanar. Mentorni yoki ustozning o‘rni yetuk mutaxassis bo‘lish yo‘lingizni qisqartiradi, manzilga tezroq yetishingizga sababchi bo‘ladi.

    Har bir insonning qobiliyati har xil. Umumiy aytganda, diplomi bor mutaxassis ustunroq, sababi, uning bilimini isbotlovchi hujjati bor. Agar AQSh va Yevropa davlatlarini tajribasiga e’tibor qaratsak, siz yaxshi mutaxassis bo‘lsangiz-u diplom yoki bilimingizni isbotlovchi hujjat bo‘lmasa, sizni tan olishmaydi. Diplom – bu ilmingizning isboti, buni butun dunyo hamjamiyati tan olgani uchun hozirgacha funksiyasini yaxshi bajaryapti. Sohamni o‘rganmoqchi bo‘lgan yoshlarga hozir o‘zim o‘tayotgan kurs va quyidagi kitoblarni o‘qishni tavsiya qilaman:
    • “About Face: The Essentials of Interaction Design, 4th Edition”;
    • “Burn Your Portfolio: Stuff They Don’t Teach You in Design School, But Should”;
    • “Ramziy fikrlash va vizual belgilar”;
    • “Grafik dizayndagi modulli tizimlar. Grafiklar, matbaachi va ko‘rgazma yaratuvchilar uchun qo‘llanma”;
    • “Dizaynerlar uchun ranglar lug‘ati”.
    Endi yo‘lini tanlayotgan yoshlarga maslahatim — vaqtni ketkazmay, tezroq o‘z iste’dodingizni izlab toping. Bu siz uchun hayotda ham ish, ham hobbi, yashash tarzingiz, ijtimoiy statusingiz, baxtingiz bo‘lib xizmat qiladi.

    Madina Abduqodirova, 25 yosh

    Marketolog

    Foto: Madina Abduqodirovaning shaxsiy arxividan

    Foto: Madina Abduqodirovaning shaxsiy arxividan

    Toshkent Moliya institutining “Soliqlar va soliqqa tortish” yo‘nalishini tamomlaganimga qaramay, ayni vaqtda media kompaniyada marketolog sifatida faoliyat olib boraman. Institutni tamomlaganimdan keyin ilk mehnat faoliyatim bank sohasida bo‘lgan, ammo jarayonda o‘zim uchun biror yangilik kashf qilmayotganimni sezganman. Oddiylikdan zerikish meni qiziq va yangidan yangi ko‘nikmalarni o‘rganish, boshqa sohada o‘zimni sinab ko‘rishga turtki bergan.

    Benjamin Franklinning ta’limga sarflangan mablag‘ eng yaxshi sarmoyadir, degan fikriga to‘la qo‘shilaman. Yana fikrimcha, ta’lim — kelajakka eltuvchi zinapoya. Usiz ertamiz va rivojlanishni tasavvur etib bo‘lmaydi.

    Hozirgi sohaga kelib qolishimni taqdir taqozosi, keyin esa ishtiyoq deb bilaman. Avvaldan ijodkorlik, bir-biridan qiziqarli loyihalar ustida ishlash, turli tajribaga ega insonlar bilan muloqot qilishni yoqtirganman. Amaliyot, tajriba va izlanishdan to‘xtamaslik ozmi-ko‘pmi o‘rnimni topishim va kerakli kadr bo‘lishimga sabab bo‘ldi. Men kabi mutaxassis bo‘lishni istaydiganlar uchun internet, xususan, YouTube’da ma’lumotlar, kitob do‘konlarida adabiyotlar qalashib yotibdi. Eng asosiysi, xohish va qiziqishning borligi.

    Boshqalar majburlagani uchun emas, ertaga o‘zingizni shu kasbda ko‘rganingiz uchun ham mustaqil o‘rganish, izlanishdan to‘xtamasligingiz, qolaversa, o‘rganganlaringizni hayotga ham tatbiq etishingiz kerak. Tanlagan sohangizda eng yaxshi bo‘lish uchun o‘z ustingizda ishlashdan erinmang.

    Agar irodangiz mustahkam ekani va oldingizga qo‘ygan maqsadingizga mustaqil erishishingizga ishonchingiz komil bo‘lsa, yangi manbalarni titkilashga, ularni yozib borishga, tajribalar o‘tkazib, natijasiga qarab xulosa chiqarishga odatlaning. O‘zingizga muayyan vaqt qo‘yib, ma’lum vaqt oralig‘idagi vazifalaringizni yozib boring. O‘zingizga talabchan bo‘ling, shu bilan birga, xolis baho bering.

    Odamning kasbiy faoliyatida muvaffaqiyatga erishishi bilan bog‘liq aniq formula yo‘q. Ya’ni ustoz yordamida yoki mustaqil o‘rganib ham eng zo‘ri yoki eng yomoni bo‘lishi mumkin. Diplomsiz ham muvaffaqiyatga erishgan insonlar atrofimizda ko‘p. Diplomi bo‘la turib, ish topolmay yurganlar ham talay.

    Endi maktabni tamomlayotgan, kimning gapiga kirishni bilmayotgan yoshlarga yaxshilab ta’lim olishni, tengqurlariga nisbatan ko‘proq o‘rganish, bilimlarni o‘zlashtirishni maslahat beraman. Yana qaysi kasbni tanlashdan qat’i nazar, vaqtingiz va xohishingiz bor paytda boshqa tillarni o‘rganing. Hozir olgan ta’limingiz, kelajakda mevasini bermay qolmaydi.

    Mavzuga doir:

    • “Ijodda vijdonimdan boshqaning oldida hisobdor emasman”. Ijod va ilhom kunida o‘zbekistonlik yosh ijodkorlar bilan suhbat
    • “Sendagi ustun jihatdan manfaati yo‘lida foydalanish do‘stlik emas, shunchaki hamkorlikdir”. Xalqaro do‘stlar kunida do‘stlik haqida suhbatlashamiz
    • Jadidlarning “messenjerdagi gurungi”: Ilm — ahvolimizni oyna kabi ko‘rsatur

    24.01.2022, 16:59   Izoh (0)   41351
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    BI Group Toshkent BI Botanika Saroyi turar-joy majmuasini belgilangan muddatdan oldin foydalanishga topshirdi va sifat hamda muddatga sodiqligini tasdiqladi


    “Trastbank”dan kichik biznes egalari uchun 500 mln so‘mgacha kredit!


    Jahon banki O‘zbekistonda elektr taʼminotini yaxshilash uchun 100 mln dollar ajratdi


    O‘zbekistonda token chiqarish bo‘yicha pilot loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan


    Toshkent mineral suvi: Iskandar Zulqarnayndan hozirgi kungacha


    Silk Avia kattalarsiz sayohat qilayotgan bolalarga hamrohlik qilish xizmatini taklif etadi 


    TENET: Sodiq Azimov ko‘chasidagi Stellar Residence premium rezidensiyalari galereyasi


    “Otang bozor, onang bozor”, qurilish do‘koni ochmoqchi bo‘lsang, Tashkent INDEX’ga bor


    Biznesni rivojlantirish banki Londonda kelishuvlarga erishdi


    Hyundai Uzbekistan sizni Before Service tadbiriga taklif etadi


    Nega aynan bugun farzandingizga sarmoya kiritish muhim ahamiyatga ega?


    M-Clinic’da UZD bo‘yicha yetakchi mutaxassislar ishtirokida birinchi telemeditsina maslahati o‘tkazildi 


    Central Asian University ta’lim va tibbiyot yangi ekotizimiga 350 million dollarlik sarmoya kiritmoqda


    “A.M. Best Company” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytinglarini “Barqaror” prognoz bilan “b”/“bb” darajasida tasdiqladi


    Uzbekistan Airways Islomobodga parvozlarni yo‘lga qo‘ymoqda

     

    Tavsiya etamiz

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30

    Si va Putin tandemi: Rossiya va Xitoyning “chegarasiz do‘stligi” Markaziy Osiyodagi muvozanatga qanday ta’sir qiladi?

    12 may, 19:00

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Zelenskiy Rossiya urushni tugatish uchun “noreal” shartlar qo‘yayotganini aytdi

    Dunyo | 18 may, 23:55

    Rossiyadagi koloniyadan tunnel qazib qochgan 5 nafar o‘zbekistonlikka hukm o‘qildi

    O‘zbekiston | 18 may, 23:25

    Superliga. “Paxtakor” yirik hisobda g‘alaba qozondi

    Sport | 18 may, 23:15

    Dunyoda 300 mln odam ochlikdan o‘lishi mumkin

    Dunyo | 18 may, 23:00

    Superliga. “Xorazm” “Mash’al”ni yirik hisobda mag‘lub etdi

    Sport | 18 may, 22:18

    Video: 105 yashar otaxonni haj safariga kuzatayotgan Namangan hokimi

    O‘zbekiston | 18 may, 22:17
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.