• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +35°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    “Putin qo‘rqadigan odam”. Time jurnali Navalniydan intervyu oldi va uning suratini muqovasiga joyladi

    Time jurnali 31-yanvarda chiqariladigan yangi sonining muqovasiga rossiyalik muxolifatchi Aleksey Navalniyning suratini joyladi, deb yozmoqda Meduza. Navalniy hozir Rossiyaning Vladimir viloyatidagi 2-sonli koloniyada jazo muddatini o‘tamoqda.

    Foto: Twitter

    Foto: Twitter

    Nashrda siyosatchi haqida keng ma’lumot beruvchi maqolaning chop etilishi uning hibsga olinishiga bir yil to‘lgan vaqtga to‘g‘ri kelmoqda. Navalniy “Novichok” bilan zaharlanishdan keyin Berlinda davolanib, so‘ng Moskvaga qaytgan paytda aeroportda qo‘lga olingandi.

    “Putin qo‘rqqan odam” deb nomlangan maqola muallifi — Navalniyni 12 yildan beri taniydigan Time muxbiri Saymon Shuster. U Navalniyning taniqli blogerlikdan bosh muxolifatchiga aylangunga qadar siyosatda bosib o‘tgan butun yo‘lini, jumladan, uning tuzilmalari “ekstremistik” deb e’lon qilinishi va mamlakatda taqiqlanishi, eng yaqin hamkorlari esa quvg‘inda ekanini hikoya qiladi.

    Foto: Meduza

    Foto: Meduza

    Shuningdek, nashrda Navalniy bilan rus tilidagi intervyu chop etilgan. Jurnalistning savollariga siyosatchi 2021-yil oktabrdan 2022-yil yanvar oyi o‘rtalariga qadar koloniyadan yuborgan bir qator xatlari orqali javob bergan. Navalniy quyidagilarni gapirgan:

    Koloniyadagi sharoitlar haqida

    Men yashayotgan muhitning eng aniq ta’rifi — qamoqxona ichidagi qamoqxona. Otryadimda 13 kishi bor. Ulardan tom ma’noda faqat bittasiga men bilan gaplashishga ruxsat berilgan. Qolganlari faqat qisqa muloqotdan nariga o‘tmaydi. Ko‘pincha jim o‘tiramiz. Hamma joyda videokameralar bor, xodimlar har qanday holatda ham men bilan videoregistratorsiz gaplashmaydi. Men turgan barakning derazalariga oq qog‘oz qoqilgan, shuning uchun tashqarida nima bo‘layotganini ko‘ra olmayman. Ba’zan o‘zimni poyabzal qutisida yashayotgandek his qilaman.

    AQSh—Rossiya muzokaralari haqida

    G‘arb Putinning mayda tuzoqlariga qayta-qayta tushmoqda. U bema’ni talablar qo‘ymoqda, AQSh esa bu bema’nilikni e’tiborsiz qoldirish o‘rniga qandaydir uchrashuvlar tashkil etish uchun yelib-yugurmoqda. Xuddi maktab o‘quvchisi o‘zidan katta sinf bolasidan qo‘rqqani kabi.

    AQSh qat’iy sanksiyalar bilan javob qaytarmoqchi. Lekin Putinga aynan shu kerak. Buni teskari o‘girsak, siz Ukrainaga hujum qilmasangiz, biz sanksiyalarni qo‘llamaymiz, degani. Bunday “ikki yurish” oddiy va ravshan, ammo Putin qanday qilib ularni Amerikaga qayta-qayta qo‘llayotgani hayratlanarli: keskinlashish tahdidi — savdo — ortga yurish, keskinlashish tahdidi — savdo — ortga yurish.

    Rossiyaga qarshi sanksiyalar haqida

    AQShning Rossiyadagi xorijda aktivlari bo‘lmagan ayrim polkovnik va generallarni sanksiyalar ro‘yxatiga qo‘shayotganini ko‘rib, ko‘zimizni yumishdan charchadik. Ular Putin istaklarining oddiy ijrochilari, xolos.

    Putinga ta’sir o‘tkazmoqchi bo‘lsangiz, uning shaxsiy puliga ta’sir qiling. Ular yonginangizda. Putinning pullariga egalik qiladigan oligarxlari va do‘stlarining ismlarini hamma biladi. Uning yaxtalari va saroylarini kimlar moliyalashtirayotganini, ikkinchi va uchinchi oilasini kimlar boqayotganini bilamiz. Bu elitaning ayrimlarini Putin rejimi oxir-oqibat foydadan ko‘ra ularning hissiy farovonligi uchun muammo ekanini tushunishga majbur qilish lozim.

    O‘tgan yil davomida Rossiyada qanday o‘zgarishlar bo‘ldi?

    2020-yilning kuzidagi va hozirgi Rossiya — boshqacha siyosiy rejimga ega turli mamlakatlar. O‘shanda ham u to‘liq avtoritar hukumat edi, lekin shunga qaramay, nomzodlarning saylovlardan ommaviy va butunlay chetlatilishi, barcha mustaqil jurnalistlarning “xorijiy agent” sifatida, minglab odamlarni juda kamchilik tasavvur qila oladigan ekstremist sifatida tan olinishi bor edi. Belarusdan uzoq yillarni talab qilgan yo‘lni Rossiya bir necha oyda bosib o‘tdi.

    Rossiyadagi siyosiy o‘zgarishlar ssenariylari haqida

    Rossiyada hamma narsa bo‘lishi mumkin. Turmush darajasining pasayishi tufayli ommaviy tartibsizliklardan (daromadlar ketma-ket sakkizinchi yil pasaymoqda) saroy to‘ntarishigacha. Odil umumiy saylovlarga erishishni bosh maqsadim sifatida ko‘raman. U yerda men saylovchilar belgilaydigan joyni allaqachon egallab olyapman. Ha, ehtimol, qandaydir ko‘cha voqealari va norozilik namoyishlari bo‘lishi mumkin, ammo ulardan keyin faqat adolatli saylovlar bo‘ladi.

    Putin Navalniyni qamoqqa tashlab nimaga erishdi?

    Bu Putinning shaxsiy hissiy qarori ekaniga shubha yo‘q. “Ojizligingni ko‘rsatma” mantig‘i bilan harakat qilib, oqilona hisob-kitoblardan voz kechdi. Xo‘sh, nimaga erishildi? Men muhrlangan oynali qutida yashayapman, etik va bushlat (mahbuslarning ish kiyimi)da yuribman. Oyog‘imda etik bilan Time jurnaliga intervyu beryapman, bizning “Aqlli saylovlarimiz” esa barcha yirik shaharlarda o‘z nomzodlarini g‘arq qildi. Qo‘shimchasiga emigratsiya to‘lqini. Yana jamiyatning g‘azabi. Qolaversa, hozir yagona do‘st — Lukashenko. Bunday mamlakat esa investitsiyalarni qabul qilmaydi. Demak iqtisodiy o‘sish bo‘lmaydi. Bularning barchasiga mening hibsga olinishim sabab bo‘ldi, demayman, lekin bu voqealar zanjiridagi muhim turtki bo‘lgani aniq.

    Mavzuga doir:

    • Navalniy “Putinning qasri” haqidagi surishtiruvni e’lon qildi (video)
    • Rossiyalik muxolifatchi Navalniyning zaharlanishi haqidagi surishtiruv Amerikaning “Emmi” mukofotiga sazovor bo‘ldi
    • Aleksey Navalniy Polshaning “Ozodlik ritsari” mukofotiga loyiq deb topildi
    • HBO Max va CNN Aleksey Navalniy haqida hujjatli film tasvirga oldi

    20.01.2022, 21:27   Izoh (0)   45268
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Ispaniya hukumati ota-onasi qaramog‘idan alohida yashashni istagan yoshlarga yordam puli to‘laydi

    20.01.2022, 19:59

    BMT ekspertlari Afg‘onistonda “Tolibon” davrida ishsizlik keskin oshib borayotganini ma’lum qildi

    20.01.2022, 18:27

    JSST xalqaro sayohatlarga cheklovlarni olib tashlashni tavsiya qildi

    20.01.2022, 15:09

    Berdimuhamedov yangi tug‘ilgan qulunga “Zamon” laqabini berdi va yilqichilikni rivojlantirishga mablag‘ ajratishni buyurdi

    20.01.2022, 14:54

    Bayden AQShda koronavirus sabab boshqa lokdaunlar bo‘lmasligini va’da qildi

    20.01.2022, 14:08

    Zelenskiy AQSh davlat kotibi bilan uchrashuvda Ukraina armiyasini modernizatsiya qilishda yordam so‘radi

    20.01.2022, 13:28
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    riitm aqlli platformasi O‘zbekiston tinglovchilariga 30 million trek taklif etmoqda


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Hindistonda 270 kishi halok bo‘lgan Air India samolyoti halokatining sababi ma’lum qilindi

    Dunyo | 12 iyul, 19:10

    Xorazmda 7-qavatdan o‘zini tashlagan qizlar jinsiy zo‘ravonlik qurboni bo‘lganmi?

    O‘zbekiston | 12 iyul, 18:55

    “Chelsi” va “Arsenal” “Barselona” futbolchisi uchun kurashmoqda

    Sport | 12 iyul, 18:50

    AQSHda Trampning ruhiyatida yoshga bog‘liq o‘zgarishlar kuzatilayotgani ma’lum qilindi

    Dunyo | 12 iyul, 18:35

    Jazirama kunlarda yuz terisini qanday parvarish qilish kerak? Kosmetolog tavsiyasi

    Go‘zallik | 12 iyul, 18:20

    O‘zbekistonda sentyabrdan sertifikatsiz chet tili o‘qituvchilari ishdan bo‘shatilishi mumkin

    O‘zbekiston | 12 iyul, 18:13

    O‘zbekistonda ayollar huquqlari: zo‘ravonlikka qarshi choralar o‘zini oqlayaptimi?

    O‘zbekiston | 12 iyul, 18:00

    Surxondaryoda ikki hayvonni ovlaganlar tabiatga 4,5 mlrd so‘m zarar yetkazdi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 17:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.