Turkiyaning “Adana Demirspor” klubining 31 yoshli hujumchisi Mario Balotelli yana Angliya Premyer Ligasiga qaytishi mumkin. “Nyukasl” italiyalik hujumchiga qiziqish bildirgan.
Qayd etilishicha, “Nyukasl”dan tashqari, arab klublari ham Balotellini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi bo‘lgan, biroq “Demirspor” rahbariyati futbolchi qo‘yib yubormasligini aytgan.
Balotellining turk klubi bilan amaldagi shartnomasi 2024-yilgacha mo‘ljallangan. Italiyalik futbolchi 2021-yildan beri mazkur klub sharafini himoya qilib kelmoqda.
Mario 2021/22-yilgi mavsumda barcha musobaqalar doirasida 20 ta o‘yinda maydonga tushib, 8 ta gol va 4 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Eslatib o‘tamiz, Balotelli APLda “Liverpul” va “Manchester Siti” kabi klublarda to‘p surgan.
“Nyukasl” Angliya chempionatida 20 ta o‘yin o‘tkazgan holda 12 ochko bilan musobaqa jadvalida 19-o‘rinni egallab turibdi. Jamoa 17-o‘rindagi “Uotford”dan 2 ochkoga ortda qolmoqda.
“Nyukasl Yunayted” 2021-yilning oktabr oyida Saudiya Arabistoni hukumati davlat investitsiya fondi (PIF – Public Investment Fund) tomonidan sotib olindi. Bu futbolga egalik qiladigan kompaniyalar ichida eng boyi hisoblanib, shaxsan Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasiga aloqador.
Izoh (0)