“Atletiko” hujumchisi Luis Suares mavsum oxirida APLga qaytishi mumkin.
Jurnalist Jerar Romeroning xabar berishicha, 34 yoshli urugvaylik futbolchiga “Aston Villa”dan taklif bor.
Suares Birmingem klubi bosh murabbiyi Stiven Jerrardning shaxsan o‘zidan taklif olgan. Qayd etish kerak, ular vaqtida “Liverpul”da bir to‘p surgan.
Hujumchining “Atletiko” bilan shartnomasi 2022-yilning 30-iyunida o‘z yakuniga yetadi. Hozircha uning “matraschilar” bilan shartnomani uzaytirishi haqida hech qanday gap yo‘q va katta ehtimol bilan yozda jamoani erkin agent sifatida tark etadi.
Suares La Liganing 2021/22-yilgi mavsumida 19 ta o‘yinda 7 ta gol va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Ma’lumot uchun, futbolchi “Liverpul” safida 2011—2014-yillarda harakat qilib, 132 o‘yinda 82 ta gol va 47 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)