Xalqaro sport tadqiqotlari markazi (CIES Football Observatory) 2018/19-yilgi mavsumdan beri eng ko‘p penalti tepgan Yevropa klublari reytingini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, ushbu davr mobaynida top-5 ligalarda “Manchester Yunayted” eng ko‘p 11 metrlik jarima zarbasidan foydalangan. “Qizil iblislar” o‘rtacha hisobda har 299 daqiqada penalti tepgan.
“PSJ” har 305 daqiqada penalti tepayotgan bo‘lsa, “Latsio” va “Inter” har 315 daqiqada, “Milan” hamda “Yuventus”da esa bu ko‘rsatkich 324 daqiqaga teng.
Har 419 daqiqada bir marta penalti tepadigan “Chelsi” reytingda 24, “Barselona” (428 daqiqa) 25, “Manchester Siti” (434 daqiqa) 26-o‘rindan joy olgan.
“Bavariya” reytingda 34-o‘rinda (466 daqiqa), “Real” esa 42-pog‘onada (503) qayd etilgan.
Izoh (0)