Futbol bo‘yicha Italiya A Seriyasining 22-turidan o‘rin olgan “Yuventus” va “Udineze” o‘rtasidagi uchrashuv 15-yanvar, shanba kuni bo‘lib o‘tdi.
Turinda o‘tgan o‘yin mezbonlarning g‘alabasi bilan yakunlandi. 19-daqiqada Paulo Dibala hisobni ochdi. 79-daqiqada esa Ueston Makkenni oradagi farqni oshirib, “Yuventus”ga ishonchli g‘alabani taqdim etdi.
Ushbu g‘alabadan keyin Turin klubining ochkolari soni 41 taga yetdi, Massimiliano Allegri shogirdlari musobaqa jadvalida 5-o‘rindan joy olgan. Hisobida 20 ochko bo‘lgan “Udineze” esa 15-pog‘onani egallab turibdi.
“Latsio” safarda Chiro Immobilening dubli evaziga “Salernitana”dan ustun keldi.
A Seriya
22-tur bahslari
15-yanvar, shanba
“Yuventus” – “Udineze” 2:0
Gollar: 1:0 – 19 Dibala, 2:0 – 79 Makkenni.“Yuventus”: Shchensni, Rugani, de Ligt, Pellegrini (De Shilyo, 57), Kulusevski (Bernardeski, 46), Makkenni, Bentankur (Rabyo, 82), Artur (Lokatelli, 46), Kuadrado, Dibala, Kin (Morata, 64).
“Udineze”: Padelli, Soppi (Saksess, 81), Nyuytink, Zegelar, Peres, Udoji, Arslan (Samarjich, 85), Uolas (Yayalo, 81), Makengo, Deulofeu (Pussetto, 66), Betu.
Ogohlantirishlar: Artur (23), Soppi (34), Zegelar (77).
Izoh (0)