• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Nazarboyev davrida Qozog‘istonda kimlar boylik orttirgandi?

    Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev parlamentdagi chiqishida Nursulton Nazarboyev davrida boylik orttirgan oligarxlar tizimli tarzda xalqqa yordam berishi kerakligini qayd etdi. “RBK” Nazarboyevlarga aloqador Qozog‘istonning badavlat biznesmenlari haqida material tayyorlagan, “Daryo” uni e’tiboringizga havola qiladi.

    Foto: AP Photo

    Qosim-Jo‘mart To‘qayev 11-yanvar kuni Qozog‘iston parlamentidagi nutqida oligarxlar haqidagi gaplaridan keyin islohotlar rejasi to‘g‘risidagi takliflarini bildirib, katta biznes vakillarining xalqqa yordam berishi zarurligini ta’kidlagan.

    “Birinchi prezident — elboshi davrida mamlakatda serdaromad kompaniyalar va hatto xalqaro darajada juda boy odamlar paydo bo‘ldi. Endi Qozog‘iston xalqiga ko‘mak beradigan, tizimli va doimiy ravishda yordam qiladigan vaqt keldi”, — degan To‘qayev.

    To‘qayevning fikricha, biznes vakillari “Qozog‘iston xalqi uchun” fondiga doimiy ravishda mablag‘ ajratib, ijtimoiy soha muammolarini hal etishga o‘z hissasini qo‘shadi. To‘qayev gap qaysi “boylar” haqida ketayotganiga aniqlik kiritmagan.

    Qozog‘istondagi barcha milliarder va multimillionerlar Sobiq ittifoq paytidan 2019-yilgacha hokimiyatni boshqargan mamlakatning birinchi prezidenti, elboshi Nursulton Nazarboyev boshqaruvi davrida paydo bo‘lgan. Ayrim juda boy odamlarning biznes karyerasi aynan sobiq davlat rahbari shaxsi bilan bog‘liq.

    Qizlar va kuyovlar

    Nazarboyevning qizi Dinara va uning turmush o‘rtog‘i Timur Kulbayevning boyligi 2021-yil bahorida Forbes tomonidan har biriga 2,9 milliard dollardan baholangan. Bu mamlakatdagi eng boy biznesmenlar orasida beshinchi o‘rinni anglatadi. Er-xotinlar bir xil miqdordagi biznes ulushlarga ega. “Almeks” investitsion guruhi orqali ular mamlakatning eng katta banklaridan biri bo‘lgan “Qozog‘iston Xalq banki”ning majoritar ulushiga egalik qiladi.

    Shuningdek, Kulibayev avtomobil yoqilg‘isni ishlab chiqarish va sotish bilan bog‘liq aktivlarga ham egalik qiladi. Eslatib o‘tamiz, aynan avtomobil uchun siqilgan gaz yoqilg‘isining narxi oshgani tufayli mamlakatning g‘arbiy hududlarida namoyishlar o‘tkazilgan. U Sinagapurdagi Steppe Capital holdingi orqali Britaniyadagi Nostrum Oil & Gas kompaniyasini boshqaradi, ushbu korxona neft qazib olib uglevodorod gazi ishlab chiqaradigan “Jaikmunay”ga egalik qiladi. 2021-yil yozida uglevodorod gazi tanqisligi tufayli Qozog‘iston ichki bozorida yoqilg‘i ishlab chiqaruvchilarga eksportdan voz kechish talabi qo‘yilgan, ammo ayrim kompaniyalar, xususan, “Jaikmunay”ga istisno qilishga ruxsat berilgandi. 2020-yilda Kulibayevga tegishli Joint Technologies bunga qadar “Kazmunaygaz”ga, ya’ni davlatga tegishli katta AYoQSh tarmog‘ini xususiylashtirdi (300 dan ortiq AYoQSh), bunga qadar biznesmen GasEnergy avtozapravkalar tarmog‘iga egalik qilardi.

    2020-yilda Financial Times Kulibayevning Markaziy Osiyodan Xitoyga gaz o‘tkazish quvurlari qurilishi sxemalaridan kamida o‘n millionlab dollar ishlab olgani haqida yozgandi. Aleksandr Karmanov konsorsiumidagi Yevrosiyo gaz quvuri Rossiya korxonalariga qayta sotilar va Kulibayevga 70 foizi foyda keltirardi. Kulibayevning vakillari materialda noto‘g‘ri ma’lumotlar mavjudligini qayd etgan, Qozog‘iston prokuraturasi esa 2021-yil may oyida maqolada ko‘rsatilgan axborotlar tekshiruvini yakunladi va bu borada qonunbuzilish holatlari aniqlanmaganini ma’lum qildi.

    Qozog‘iston OAV Nazarboyevning yana bir qizi Aliyaga “Operator ROP” kompaniyasining aloqasi borligini qayd etadi. Mazkur kompaniya 2015-yildan buyon mamlakatda avtomobillar, avtoehtiyot qismlari va qadoqlangan mahsulotlar uchun utilizatsiya yig‘imini oladi va kelib tushgan mablag‘larni taqsimot qiladi. Kichik Nazarboyeva operatorning birinchi ta’sischisi bo‘lgan. 2020-yil boshida hisobotini e’lon qilmaydigan kompaniya yig‘imlardan 220 milliard tenge (taxminan, 500 million dollar) olgan. 11-yanvarda To‘qayev hukumatga “Operator ROP” tomonidan olinayotgan yig‘imlarni bekor qilishni buyurdi.

    “Bu ish bilan davlat tashkiloti shug‘ullanishi kerak”, — deya qayd etgan u.

    Elboshining kenja qizi Qozog‘iston magistral quvur o‘tkazgichlari milliy operatori “KazTransOyl”ning direktori Dimash Dosanovga turmushga chiqqan. O‘tgan haftada Britaniyaning The Telegraph gazetasi Aliyaning Londonda narxi 10 million dollardan qimmatroq bo‘lgan uy sotib olgani haqida yozgandi. Aliya Nazarboyevaning moliyaviy maslahatchilariga aloqador sud materiallariga asoslangan nashrning qayd etishicha, elboshining kenja qizi mamlakatdan ofshor yurisdiksiyalari orqali 30 million dollardan ko‘p mablag‘ni olib chiqib ketgan. U Qozog‘istondagi ayrim kompaniyalardagi ulushlarini sotib, shuncha pul ishlab olgan. Ushbu pullarning 25 million dollariga Challenger Bombardier samolyoti xarid qilingan, shuningdek, CBH Shveysariya bankidan ulush sotib olingan.

    Forbes’da savlat to‘kib turishadi

    Qozog‘iston hukumati avval ham bir necha marta mamlakatning badavlat odamlari investitsiyalar bilan bog‘liq muvaffaqiyat uchun xalqqa mablag‘ ajratishni talab qilgan.

    “Biz juda ko‘p badavlat odamlarni – milliarderlar, millionerlarni yetishtirdik. Ularning fotosuratlari Forbes muqovalarini bezaydi. Juda chiroyli ko‘rinishadi, barchasi yasan-tusan qilgan, yuzlariga upa sepgan, bashang kiyingan. Ammo ushbu pullar Qozog‘istonni, bizning mamlakatni, davlatni yanada boy qilishi mumkin. Keling, yaxshisi mablag‘ni vatanga sarflaymiz. Turli xil ofshorlar haqidagi gaplarning aksariyati uydirma”, — degan edi 2016-yilda Qozog‘iston prezidenti bo‘lgan Nursulton Nazarboyev.

    Timur Kulibayev (o‘ngda) rafiqasi Dinara hamda o‘g‘li bilan

    Timur Kulibayev (o‘ngda) rafiqasi Dinara hamda o‘g‘li bilan
    Foto: “RIA Novosti”

    Ayni vaqtda Forbes’ning global milliarderlar ro‘yxatida Qozog‘istonda besh nafar vakil kirgan (ularning ikki nafari yuqorida qayd etilgan er-xotin Kulibayevalar). Mamlakatning eng badavlat biznesmenlari reytingida birinchi o‘rinni 4,7 milliard dollar boylik bilan oxirgi to‘rt yil davomida KAZ Minerals mis ishlab chiqaruvchi kompaniyasining egasi Vladimir Kim egallab turibdi. Kompaniya direktorlar kengashining raisi Oleg Novachuk “RBK”ga Qozog‘iston prezidentining ijtimoiy ehtiyojlar uchun maxsus fondga mablag‘ ajratish yuzasidan gapirgan gaplari yuzasidan rasmiy izoh bermagan.

    Oleg Novachuk

    Oleg Novachuk
    Foto: “TASS”

    Qozog‘iston boylari orasida ikkinchi o‘rinni Vladimir Kimning familiyadoshi Vyacheslav Kim (4,2 milliard dollari) egallagan. 2021-yilda uning boyligi Forbes hisob-kitoblariga ko‘ra, qariyb 3,5 milliard dollarga ko‘paygan. Sababi London birjasida “Kaspi.kz” — onlayn-reteyl, pulli o‘tkazmalar, kreditlash va boshqa moliyaviy xizmatlarni birlashtirgan platforma aksiyalari qimmatlagan. Kim ham Nazarboyevlar oilasiga aloqador shaxslardan biri, uning “Kasbi”dagi hamkori Qozog‘iston birinchi prezidentining jiyani Qayrat Satibaldi (u kompaniyadagi ulushini 2018-yilda sotib yuborgan) edi.

    Qozog‘istonning yana bir milliarderi — Nazarboyev administratsiyasi sobiq xodimi, 2006–2009-yillarda administratsiyada ishlar boshqarmasi rahbari bo‘lgan va elboshiga juda yaqin insonlardan biri — Bulat Utemuratov. Mamlakatning eng katta banklaridan biri Fortebank (Qozog‘istonda aktivlar hajmi bo‘yicha 5-o‘rinda turadi) Utemeratovga tegishli, shuningdek, Bulat “KaR-Tel” hamda Sky Mobile (Qozog‘iston va Qirg‘izistondagi Beeline operatorlari) kabi kompaniyalarda, RG Gold oltin qazib oluvchi korxonasi, Nur-Sulton, Vena va Moskvadagi Ritz-Carlton mehmonxonasi, Burger King’ning Qozog‘istondagi franshizasida ulushlarga ega. 2020-yil oxirida Utemuratov sobiq egasi, muxolifat vakili Muxtar Ablyazov bilan aktivlarni qaytarish yuzasidan sudlashayotgan BTA Bank ishi bo‘yicha eshituvga chaqirilgan. Utemuratov bankdagi o‘g‘riliklarni yashirishga yordam bergan bo‘lishi mumkin. Biznesmenning o‘zi barcha ayblovlarni inkor etgan.

    Bulat Utemuratov

    Bulat Utemuratov
    Foto: “Kommersant”

    Forbes Qozog‘iston biznesmenlarning boyligini nafaqat ularning aktivlari, balki hokimiyat boshqaruviga ta’siri doirasida ham baholagan. Kulibayev va Utemuratov mazkur reytingda (2021-yil oktabr holatiga ko‘ra) birinchi hamda ikkinchi o‘rinda qayd etilgan, Valdimir va Vyacheslav Kim mos ravishda uchinchi, to‘rtinchi pog‘onalarda. Beshinchi o‘rinni Qayrat Boranbayev (boyligi 590 million dollar) egallagan, u ham Nazarboyevlarning yana bir qarindoshi: uning qizi Alima birinchi prezidentning nevarasi, 2020-yil avgustida vafot etgan Oysultonga turmushga chiqqandi. Boranbayev Qozog‘istondagi McDonald’s franchayzingiga egalik qiladi, shu bilan birga, avval davlatga qarashli bo‘lgan Olmaotadagi pulli avtoturargohlar egasi hisoblandi.

    Shu yili Forbes’ning eng obro‘li biznesmenlar o‘nligiga Kenes Rakishev ham kiritilgan. U jami 23 ta mamlakatda, jumladan, Rossiya, Ukraina va Kiprda aktivlariga ega BTA Bankining egasi. Biznesmen NetElement fintexstartapi hamda Ruminiyadagi Romaltyn oltin qazib oluvchi kompaniyasiga ham rahbar.

    Mavzuga doir: 

    • “Pandora arxivi” e’lon qilindi. Unda dunyo siyosatchilarining moliyaviy jinoyatlarga aloqadorligi fosh etilgan. Asosiy ma’lumotlar
    • Zelenskiy, Aliyev va Nazarboyevning sirli rafiqasining “Pandora arxivi”dagi ofshor sxemalarga aloqadorligi aniqlandi. Serbiya vaziri kvartiralar bo‘yicha dalil topgan jurnalistlarga o‘sha uylarni sovg‘a qilishni va’da bergandi. Isbot topildi
    • “Pandora arxivi”: Gurbanguli Berdimuhamedovning jiyanlari davlat zavodlari mahsulotlarini eksport qiluvchi kompaniyalarning yashirin egalari bo‘lib chiqdi

    13.01.2022, 21:11   Izoh (0)   47692
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Janubiy Koreyadagi atom elektr stansiyasining reaktori to‘satdan o‘chib qoldi

    13.01.2022, 16:39

    Germaniyada Telegram mahalliy qonunlarni buzgani uchun bloklanishi mumkin

    13.01.2022, 16:01

    Nursulton Nazarboyevning kenja qizi otasini qo‘llab-quvvatlagan qozog‘istonliklarga minnatdorlik bildirdi

    13.01.2022, 15:21

    Isroilda apreldan chaqaloqlarni koronavirusga qarshi emlash boshlanadi

    13.01.2022, 14:35

    Turkmaniston prezidenti ichki ishlar vaziri o‘rinbosarini hech qanday izohlarsiz ishdan bo‘shatdi

    13.01.2022, 14:11

    “Dushmaningiz bo‘lsam, buni qonun bilan asoslang” — Ramzan Qodirov ingush xalqiga unga ayblov qo‘yish uchun 3 kun muhlat berdi

    13.01.2022, 13:59
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonning qaysi hududida eng ko‘p qurilish qilinayotgani maʼlum bo‘ldi

    Iqtisodiyot | 23 avgust, 18:02

    Buyuk Britaniyada orqasida yelkanga o‘xshash organi bor yangi dinozavr turi kashf etildi

    Dunyo | 23 avgust, 17:55

    Gollivuddan qolishmaydi: Qozog‘istonda suratga olingan uchta eng sara filmlar (treyler)

    Kino | 23 avgust, 17:30

    “34 yildan buyon yashayotgan oilaviy tadbirkorlik” — Toshkentdagi eng mashhur somsa va xorijlik mijozlar haqida (video)

    O‘zbekiston | 23 avgust, 17:10

    Toshkent viloyatida yuk mashinasi Cobalt’ga urilib, ag‘anadi va yonib ketdi (video)

    O‘zbekiston | 23 avgust, 16:45

    Qora sedana: tabiiy dorivor o‘simlikning ilmiy asoslangan shifobaxsh xususiyatlari

    Maslahatlar | 23 avgust, 16:25

    O‘zbekistonda nevrologiya sohasida yangi loyihaga start berildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 16:05
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.