• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Qishki ta’tilning uzaytirilishi 1–2-kurs talabalarining o‘quv rejasiga ta’sir etmaydi — Oliy ta’lim vazirligi

    O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarida 1–2-kurs talabalari o‘qishni 3–4-kurslarga nisbatan vaqtliroq tugatadi. Bu haqda oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri o‘rinbosari Komiljon Karimov 7-yanvar kuni bo‘lib o‘tgan Xalqaro press-klubda ma’lum qilindi, deya xabar bermoqda “Daryo” muxbiri.

    Qishki ta’tilning uzaytirilishi talabalarning o‘quv muddatiga ta’sir ko‘rsatishi haqida berilgan savolga Komiljon Karimov shunday javob berdi:

    “Bizda hozir ko‘pgina OTMlarda kredit-modul tizimi joriy etilgan. Bu tizim ayrim OTMlarda o‘tgan yilda ham joriy etilgandi. Bu, asosan, 1-2-kurslar uchun deyarli katta ta’sir ko‘rsatmaydi, chunki yangi tizimda o‘quv yili davomiyligi ilgarigi tizimda 38-40 o‘quv haftasi bo‘lgan bo‘lsa, bugungi kunda 30 hafta. O‘quv birinchi semestrda 15 hafta, ikkinchisida 15 hafta davom etadi”.

    Vazir o‘rinbosarining qo‘shimcha qilishicha, 1–2-kurs talabalari o‘qishni 3–4-kurslarga nisbatan vaqtliroq tugatadi. Ularning o‘qish muddati iyun oyiga bormasdan yakuniga yetishi aytildi.

    Shuningdek, Komiljon Karimov rektorlar, prorektorlar, dekanlar va moliya masalalariga mas’ullar uchun o‘tkazilishi rejalashtirilgan amaliy seminar-treninglarda kimlar o‘qituvchilik qilishi to‘g‘risidagi savolga ham javob berdi.

    “Bugungi kunda respublika bo‘yicha 39 ta xorijiy OTMlarning filiallari bor. Bular orasida Singapur menejmentni rivojlantirish instituti, Toshkent Xalqaro Vestminster universiteti, Turin politexnika universiteti, Moskva davlat xalqaro aloqalar instituti kabilar bor. Dunyoda mashhur universitetlar bizda o‘z filiallarini ochishgan. Hozirda ular juda samarali faoliyat ko‘rsatyapti. Ularda kredit-modul tizimi, akademik, boshqaruv, moliyaviy mustaqillik nuqtayi nazaridan juda katta amaliy tajriba mavjud. U yerda ham xorijiy mutaxassislar bor, shuningdek, o‘zbekistonlik yetakchi mutaxassislar bor. Ko‘pgina xorijiy oliygohlarda o‘qib kelgan vatandoshlarimiz u yerlarda ishlashyapti. Biz ularni orasidan saralab olib, hozir o‘qituvchilar tayyorlayapmiz va ular dushanba, 10-yanvardan reja asosida dastlab rektorlarni, keyinchalik rektor o‘rinbosarlari, keyin esa dekan va boshqalarni o‘qitamiz”, — deydi oliy ta’lim vaziri o‘rinbosari.

    Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirda xorijda ishlab kelayotgan o‘zbekistonliklar bilan ham bog‘lanib, onlayn tarzda o‘quv seminarlarga jalb qilish rejalashtirilgan.

    Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda talaba va o‘quvchilar uchun qishki ta’til 25-dekabrdan boshlangan edi. Ta’til 2022-yilning 10-yanvarigacha davom etishi va dars jarayonlari 11-yanvardan boshlanishi belgilangandi. Keyinroq oliy ta’lim muassasalarining talabalari, akademik litsey va hunar maktablari o‘quvchilari uchun qishki ta’til muddati 24-yanvargacha uzaytirildi. Bunga sabab qilib rektorlar, prorektorlar, dekanlar va moliya masalalariga mas’ullar uchun o‘z kasbiy mahoratini oshirish, yangicha tartibda ishlashni boshlash maqsadida 2022-yil 10—24-yanvar kunlari amaliy seminar-treninglar tashkil etilishi ko‘rsatilgan.

    07.01.2022, 21:58   Izoh (0)   50669
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Shavkat Mirziyoyev DXXning harbiy ta’lim muassasalari faoliyati bilan tanishdi

    07.01.2022, 21:41

    Qozog‘istondagi bir guruh o‘zbekistonlik talabalar vatanga qaytarilmoqda

    07.01.2022, 21:25

    Prezident virtual qabulxonasi va Xalq qabulxonalariga 2021-yilda ko‘proq qanday masalalarda murojaat qilingani ma’lum qilindi

    07.01.2022, 21:10

    Qashqadaryoda aka-uka qarzini bermagan tanishini pichoqlab o‘ldirdi

    07.01.2022, 20:55

    O‘zbekistonda bir haftada auksion orqali 6 mlrd so‘mlik avtoraqamlar sotildi

    07.01.2022, 20:29

    O‘zbekistonda mas’uliyatsizlikka yo‘l qo‘ygan 5 nafar sudya intizomiy jazoga tortildi

    07.01.2022, 19:58
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Bolalar yerto‘lada yashirilgan: Toshkentda noqonuniy diniy ta’lim berilgan xonadonlar aniqlandi (video)

    O‘zbekiston | 3 avgust, 11:42

    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim

    Reklama | 3 avgust, 10:30

    Rossiya Pokrovskni qurshab olishga urinmoqda – Britaniya razvedkasi

    Dunyo | 3 avgust, 11:30

    Putin politsiyaga bank hisoblarini sud qarorisiz muzlatish vakolatini berdi

    Dunyo | 3 avgust, 10:55

    Toshkentdagi Mangal fest’da bir guruh kishilar o‘zaro do‘pposlashdi

    O‘zbekiston | 3 avgust, 10:35

    Sirdaryoda yong‘in va portlash xavfi sabab 4 ta zapravka vaqtincha yopildi

    O‘zbekiston | 3 avgust, 09:48

    Andijonda o‘qituvchilar maktabni taʼmirlashga jalb qilingani nazoratga olindi

    O‘zbekiston | 3 avgust, 08:42
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.