Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanida 5-yanvar qarzini qaytarmagani uchun tanishini pichoqlab o‘ldirgan aka-uka qo‘lga olindi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar qildi.
Ma’lum qilinishicha, shu kuni soat 13:20 atrofida tumanning “Loliston”mahallasida yashovchi Sh.F. (uka) va M.F (aka) ismli shaxslar “Kulolik” mahallasida yashovchi tanishi R.Z. bilan “Oqsaroy” mahallasida joylashgan ustaxonada ko‘rishgan. Ilgari o‘rtalarida bo‘lgan qarz yuzasidan janjal kelib chiqqan. R.Z. qarzini qaytarib berishini aytib, Sh.F.ni turli so‘zlar bilan haqorat qilgan.
Sh.F.ning jahli chiqib, ustaxonadagi temir quvur va pichoqni olib, Z.R.ning orqasidan quvib borib, temir quvur bilan urib yiqitgan. Z.R. o‘zini himoya qilish maqsadida yonidagi pichog‘ini olgan vaqtda Sh.F. quvur bilan uning qo‘liga urgani uchun pichoq yerga tushib ketgan.
Ukasi va tanishi o‘rtasidagi janjalni kuzatib turgan M.F. o‘zi ishlayotgan ustaxonadan yog‘och kaltak olib kelib, Z.R.ning bosh sohasiga bir necha marta qasddan urgan. Shu vaqtda ukasi yerda yotgan pichoqni olib, tanishining chap ko‘krak chap va o‘ng yon sohasiga ikki marta sanchib olgan. Pichoq dastasi va tig‘i o‘rtasida sinib ketgani bois yonidagi pichoq bilan yerga qarab yotib qolgan Z.R.ning orqa ko‘krak sohasiga 8 marta urib, qasddan o‘ldirgan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg’atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga doir:
- Andijonda onasiga baqirgan ukasi bilan janjallashib, uning o‘limiga sababchi bo‘lgan aka 10 yilga qamaldi
- Toshkentda akasini himoya qilish maqsadida qasddan odam o‘ldirgan yigit 12 yilga ozodlikdan mahrum qilindi
- Qashqadaryoda o‘z ukasining oyoq-qo‘llarini sim bilan bog‘lab, tiriklayin yoqib yuborgan aka ushlandi
Izoh (0)