Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekistondagi Oliy ta’lim muassasalarining talabalari, akademik litsey va hunar maktablari o‘quvchilari uchun qishki ta’til muddati 24-yanvargacha uzaytirildi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, O‘zbekiston oliy ta’lim tizimi tarixida ilk marotaba – rektorlar, prorektorlar, dekanlar va moliya masalalariga mas’ullar uchun o‘z kasbiy mahoratini oshirish, yangicha tartibda ishlashni boshlash maqsadida 2022-yil 10—24-yanvar kunlari amaliy seminar-treninglar tashkil etiladi.

Shu bilan birga, oliy ta’lim muassasalari kredit-modul tizimiga to‘liq o‘tgani sababli kafedra mudirlari va professor-o‘qituvchilari uchun asosiy ishdan ajralgan holda o‘quvlar barcha oliy ta’lim muassasalarida tashkil etiladi. Bu jarayonga oliy ta’lim muassasalari huzuridagi barcha professional ta’lim muassasalari hamda akademik litseylar rahbarlari ham jalb etiladi.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, 2021/2022-o‘quv yilining ikkinchi yarmini to‘liq va puxta tayyorgarlik ko‘rgan holda boshlash maqsadida oliy va professional ta’lim muassasalari, akademik litsey talaba-o‘quvchilari uchun qishqi ta’til muddati 2022-yil 24-yanvarga qadar uzaytirilgan.

“O‘z navbatida, qishki ta’til davrida oliy va professional ta’lim muassasalari, akademik litseylar talaba-o‘quvchilarining vaqtini mazmunli o‘tkazish maqsadida oliy ta’lim muassasalari rektorlari hamkorligida onlayn fan olimpiadalari, intellektual viktorinlar tashkil etiladi”, — deyiladi xabarda.

Shuningdek, talaba-o‘quvchilarga o‘z uylaridan ta’lim muassasalariga qaytishlariga qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida avia hamda temir yo‘l chiptalari tarif qismidan 50 foiz miqdorida chegirma berilishi muddati ham 2022-yilning 24-yanvariga qadar uzaytirilgan.

“Va asosiysi – 2022-yilning 11-yanvarigacha bo‘lgan muddatga xarid qilingan avia va temiryo‘l chiptalari bepul tarzda tegishli muddatga almashtirib beriladi”, — deya qayd etiladi xabarda.

Mazkur masalalarni muvofiqlashtirish maqsadida vazirlikda Maxsus shtab tashkil etilgan bo‘lib, barcha tashkiliy masalalar yuzasidan quyidagi ishonch telefonlariga (10-06, 71-246-97-45, 71-246-28-63) murojaat qilish mumkin.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda talaba va o‘quvchilar uchun qishki ta’til 25-dekabrdan boshlangan edi. Ta’til 2022-yilning 10-yanvarigacha davom etishi va dars jarayonlari 11-yanvardan boshlanishi belgilangandi.

 

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
Braziliya Janubiy Koreyaga qarshi, Portugaliya esa Shveysariya bilan bahs olib boradi. JCH—2022 nimchorak finalning barcha juftliklari ma’lum bo‘ldi
Mahalliy
Mirobodda eng qimmat: Toshkentda noyabr oyi uchun uylar narxi tahlil qilindi
Mahalliy
“Ifloslantiruvchi to‘laydi” tamoyili, “yashil sertifikatlar”, energiya ulushini kamaytirish: Mirziyoyev “yashil” iqtisodiyot taqdimoti bilan tanishdi