Bolgariya bosh vaziri Kirill Petkov fuqarolar tomonidan unchalik qo‘llab-quvvatlanmayotganiga qaramay, hukumatning yevroni joriy etish majburiyatini tasdiqladi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.
Bosh vazirga ko‘ra, mamlakatda yevro ikki yildan so‘ng muomalaga kiritilishi mumkin.
“Bolgariya levidan yevroga o‘tish ehtiyotkorlik bilan amalga oshirilishi kerak. Buning uchun jamoatchilikni keng miqyosda xabardor qilish lozim, chunki ilgari ushbu mavzu bo‘yicha muloqotlar unchalik ijobiy kechmagan”, — dedi Petkov.
Uning tushuntirishicha, Bolgariya hukumati Yevropa Ittifoqidagi boyroq hukumatlar bilan o‘rtadagi iqtisodiy tafovutni qisqartirish maqsadida mamlakatda mintaqadagi davlatlarning ko‘pchiligi uchun umumiy bo‘lgan valyutani joriy qilmoqchi.
Eurobarometer tomonidan iyul oyida o‘tkazilgan so‘rovda bolgarlarning yarmiga yaqini yevroning kiritilishi salbiy oqibatlarga olib keladi, deya fikr bildirgan. So‘rov natijalariga ko‘ra, ishtirokchilarning to‘rtdan uch qismidan ko‘prog‘i yevroga o‘tishda noto‘g‘ri narx belgilanishidan xavotirda.
Bolgariyada 1997-yilda bank va giperinflyatsiya inqirozi tugaganidan so‘ng valyuta kengashi amal qilmoqda. O‘sha paytda kreditorlarning uchdan bir qismi inqirozga uchragan, inflyatsiya 1000 foizdan oshib, ko‘plab do‘konlar milliy valyutadan voz kechganidan keyin odamlar tovarlarni zaxiralay boshlagan.
Izoh (0)