Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Bolgariyaning amaldagi prezidenti Rumen Radev mamlakat rahbarligiga saylovlarning ikkinchi turida 67 foizga yaqin ovoz to‘pladi, deb xabar beradi “Kommersant”. Markaziy saylov komissiyasi ovozlarning 99,4 foizini sanab chiqqan. Uning raqibi Sofiya universiteti rektori Anastas Gerjikov siyosatda boshqa ishtirok etmaslikka qaror qilgan.

Foto: Reuters

Foto: Reuters

Ovoz berish jarayonlarining natijasi:

  • Rumen Radev — 66,67 foiz (1,5 million ovoz);
  • Anastas Gerjikov — 31,85 foiz (732 ming);
  • barchaga qarshi — 1,48 foiz (34 ming).
Anastas Gerjikov g‘oliblarni — Rumen Radev va vitse-prezidentlikka nomzodni tabriklagan. U yaqin besh yil ichida o‘z prognozlari emas, “ularning va’dasi” amalga oshishiga umid bildirgan.

Mamlakatda prezidentlikka saylovlarning birinchi turi 14-noyabr kuni bo‘lib o‘tgandi. 23 nafar nomzodning hech biri 50 foiz ovoz to‘play olmagan. O‘shanda Radevga saylovchilarning 49,42 foizi, Gerjikovga 22,83 foizi ovoz bergandi.

Avvalroq Liviya milliy armiyasi qo‘mondoni Xalifa Haftar mamlakat prezidentligi uchun kurashishga qaror qilgani, Argentina prezidenti o‘z partiyasi uchun omadsiz kechgan saylovlardan so‘ng, muxolifatni dialogga chaqirgani, Portugaliya davlat kengashi parlamentni tarqatib yuborishni ma’qullagani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Ba’zida o‘zim ham noto‘g‘ri parkovka qilaman” — Rasul Kusherbayev
Mahalliy
Toshkent shahri bosh rejasining bir qismi 2022-yil oxirigacha yakunlanadi
Mahalliy
Qurilish vazirligi ogohlantiradi: yangi uy xarid qilayotganda e’tibor berilishi lozim bo‘lgan jihatlar