• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Kattaqo‘rg‘on hokimi Qashqadaryo viloyati hokimi ustidan shikoyat qildi

    Qashqadaryo viloyati hokimi Murotjon Azimovning og‘zaki topshirig‘iga binoan viloyat chegaralaridagi yo‘l-patrul xizmati postlaridan chigitni Samarqand viloyatiga olib o‘tish taqiqlangan. Bu haqda Kattaqo‘rg‘on shahri hokimi, senator Gavhar Alimova ma’lum qildi.

    Gavhar Alimova va Murotjon Azimov

    Gavhar Alimova va Murotjon Azimov
    Foto: Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi

    2-yanvar kuni Gavhar Alimovaning “Qashqadaryoning yozilmagan qonuni bormi?” sarlavhasi ostidagi murojaati e’lon qilindi. Unda hokim “Qashqadaryo viloyatiga mamlakatning barcha viloyatlarida amal qilinayotgan qonun va qoidalarga nega amal qilinmayapti?” degan savolni o‘rtaga tashlagan.

    Uning so‘zlariga ko‘ra, Kattaqo‘rg‘onda qariyb 100 ta ish o‘rni yaratgan Marokand gold oil extraksiya korxonasi muammoga duch kelgan. 28-dekabr kuni kompaniya rahbari Saydin Ro‘ziyev shahar hokimiyatiga kelib, tovar va xomashyo birjasidan ochiq savdolar asosida sotib olingan 100 tonna chigit mahsulotini Qashqadaryodan Samarqandga olib kela olmayotganini ma’lum qilgan.

    Foto: Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi

    Tadbirkor uning yuklarini ikki viloyat chegarasida YPX xodimlari “Qashqadaryo viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari Nodir Erkayevning topshirig‘i asosida ushlab turishganini” aytgan.

    “Men Nodir Xudoyberdiyevichning raqamini topib, telefon qildim. Bir necha bor qilgan qo‘ng‘iroqlarimga javob bermagandan so‘ng, SMS orqali telefonimni ko‘tarishini iltimos qildim. Bir necha marta urinishlardan so‘ng va nihoyat Nodir Xudoyberdiyevich bilan telefon orqali bog‘lanib, chigit ortilgan yuk mashinalarini chegaradan o‘tkazishga yordam qilishini iltimos qildim. ‘…opajon, chigitni viloyat hokimi ruxsat bermasa, chegaradan chiqara olmayman’, dedi Nodir Xudoyberdiyevich”, — deya so‘zlab beradi Kattaqo‘rg‘on hokimi.

    Gavhar Alimova shundan so‘ng viloyat hokimi Murotjon Azimovning telefon raqamini qiyinchilik bilan topib, vaziyatni tushuntirgan va chigitni qo‘yib yuborishini iltimos qilgan. Viloyatning yangi hokimi esa “masalani o‘rganib chiqib, ma’lum qilaman”, deya javob qilgan.

    Foto: Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi

    Gavhar Alimovaning Murotjon Azimov bilan yozishmasi

    Gavhar Alimovaning Murotjon Azimov bilan yozishmasi
    Foto: Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi

    “Men umid bilan barcha tegishli hujjatlarni hokimning Telegram’iga tashlab berdim. Javob bo‘lmagandan so‘ng Telegram va qo‘l telefoniga SMS’lar yozdim, afsuski, hech qanday javob olishning iloji bo‘lmadi”, — deydi u.

    Oradan 3 kun o‘tib, 2-yanvar kuni tadbirkorga chegaradan yuk ortilgan mashinalarini olib ketishini so‘rab Farhod va Jahongir deb o‘zini tanishtirgan YPX xodimlari telefon qilgan.

    “Tadbirkor Saydin Ro‘ziyev bundan xursand bo‘lib, menga telefon qildi. Biroq xursandchiligimiz uzoqqa cho‘zilmadi. Tadbirkor menga telefon qilib YPX xodimlari viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari Nodir Xudoyberdiyevich ruxsat bermayotgani vajidan yuk mashinalarini qo‘yib yubora olmasliklarini ma’lum qilgan. Shundan so‘ng, men yana janob Nodir Xudoyberdiyevichga qo‘ng‘iroq qilganimda, ‘…hozirgina viloyat hokimi bilan gaplashdim, chigitni qo‘yib yuborishga hech qanday ruxsat yo‘q. Opajon, ming afsus, men yuk mashinalarini qo‘yib yubora olmayman’, dedi”, — deya so‘zlab beradi hokim.

    Gavhar Alimova Jahongir ismli YPX xodimining so‘zlariga tayanib, “ular topshiriqni bajarayotganini” aytdi. Uning so‘zlariga qaraganda, “YPX xodimlari telefon qilib, yuklarni olib ketishi mumkinligini aytgani” so‘roq ostida qolmoqda.

    “Men 100 tonna chigitni olib o‘tish uchun 4 kun sarson bo‘ldim. Achinarlisi, murojaatimga va yozgan SMS’larimga viloyat hokimi ‘ha’ yoki ‘yo‘q’ deb javob berishi shunchalik ham qiyin bo‘ldimi? Yangi yil bayrami tadbirkorga, haydovchilarga va menga ham, afsuski, tatimadi. Axir bitta shahar hokimi 100 tonna chigitni o‘tkazish uchun 4 kun bezovta bo‘lishini qanday izohlash mumkin? Men shaxsiy manfaatim uchun jon kuydirayotganim yo‘q-ku”, — deya ta’kidladi hokim.

    Kattaqo‘rg‘on shahri hokimi Murotjon Azimovdan javob kutayotganini qo‘shimcha qilgan.

    “Gazeta.uz”ning yozishicha, nashr Qashqadaryo viloyati hokimligi matbuot xizmatidan izoh olish maqsadida murojaat qilganida, ular “masala puxta va har tomonlama o‘rganilayotganini” ma’lum qilishgan.

    Eslatib o‘tamiz, 2020-yilning noyabrida Qashqadaryo, Surxondaryo va Xorazm viloyatlari hokimlarining og‘zaki ko‘rsatmasiga binoan postlardagi yo‘l patrul xizmati tomonidan paxta chigitini bir viloyatdan boshqa viloyatga olib o‘tish taqiqlangandi. Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining aralashuvidan so‘ng, taqiqlar olib tashlangan edi.

    Ma’lumot uchun, 2021–2018-yilning fevralidan buyon Davlat bojxona qo‘mitasi raisi lavozimida ishlab kelayotgan Murotjon Azimov prezident farmoni bilan Qashqadaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan.

    04.01.2022, 10:05   Izoh (0)   42419
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Video: Qordan tozalanayotgan Qamchiq dovoni yo‘llari

    04.01.2022, 09:48

    O‘zbekistonning kiberxavfsizlik strategiyasi ishlab chiqiladi

    04.01.2022, 08:45

    O‘zbekistonning tashqi savdodagi top 10 hamkorlari nomi ma’lum bo‘ldi

    04.01.2022, 08:24

    O‘zbekiston 2022-yilda Afg‘onistonga 100 mln dollarlik elektr energiyasi yetkazib beradi

    04.01.2022, 08:03

    Toshkentdagi “Qo‘yliq” bozorida samarqandlik tadbirkorning pullarini olib qo‘ygan 3 nafar shaxs qo‘lga olindi

    04.01.2022, 07:36

    O‘zbekistonda 2026-yil yakuniga qadar kambag‘allikni kamida 2 baravarga qisqartirish rejalashtirilmoqda

    04.01.2022, 07:01
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!

     

    Tavsiya etamiz

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50

    AQSH prezidenti 6 ta urushni to‘xtatganini da’vo qildi. Aslidachi?

    20 avgust, 11:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Andijonda 811 ta holatda jamoat joylarida tig‘li buyumlar olib yurgan fuqarolar aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 00:05

    Buxoroda ikki yilda bir marta xalqaro sanʼat biyennalesi o‘tkaziladi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:50

    “Ishlamasa, ana katta ko‘cha” — Erkinjon Turdimov Sirdaryoda boqimandalar ko‘payib ketganini aytdi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:41

    Ruminiya ittifoqchilarga harbiy bazalarini ochishga tayyorligini bildirdi

    Dunyo | 22 avgust, 23:35

    Venesuela AQSH bilan urushga tayyorlanyapti

    Dunyo | 22 avgust, 23:25

    O‘zbekiston real ish haqi oshishi bo‘yicha qo‘shni davlatlardan ortda qolmoqda — hisobot

    Iqtisodiyot | 22 avgust, 23:15

    Xitoyda o‘tkaziladigan SHHT sammitiga 20 dan ortiq davlat rahbarlari tashrif buyuradi

    Dunyo | 22 avgust, 23:05

    AQSH Federal qidiruv byurosi agentlari Trampning sobiq maslahatchisi Jon Boltonning uyida tintuv o‘tkazgan

    Dunyo | 22 avgust, 22:55

    Koinotda Quyosh tizimining sirlarini saqlayotgan vaqt kapsulasi topildi

    Dunyo | 22 avgust, 22:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.