• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12618.63
    • RUB160.83
    • EUR14516.47
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +36°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    O‘n minglab insonlar hayotiga zomin bo‘lgan “kokain qiroli”. Mafioz va narkobaron Pablo Eskobar haqida

    Eslatma: Ushbu material birinchi marta 2021-yil 1-dekabr kuni chop etilgan va e’tiborga molik materiallardan biri sifatida takroran e’lon qilinmoqda
    Pablo Eskobar nomi ko‘pchilik uchun yaxshi tanish. XX asrning eng mashhur jinoyatchisi (albatta, Al Kapone bilan birgalikda) hisoblanuvchi kolumbiyalik faoliyati asosini qora dori savdosi tashkil qilgan. “Kokain qiroli” o‘n minglab inson o‘limiga javobgar bo‘lishdan tashqari bolalar uchun ko‘plab futbol maydonlari, kambag‘allar uchun butun bir mahalla qurib bergani bilan ham tarixda qolgan. “Daryo” ushbu ziddiyatlarga to‘la shaxsning qanday qilib ulkan jinoiy imperiyaga asos solgani haqida hikoya qiladi.

    Yosh “banditos”

    1949-yil 1-dekabr kuni Kolumbiyaning Rionegro shahrida tug‘ilgan Eskobar yoshligida “banditos” — ispan terrorchilarining qanday qilib boylarni o‘margani va kambag‘allarga yordam bergani haqidagi hikoyalarni eshitishni yoqtirardi. O‘rtahol dehqon oilasida dunyoga kelgan Pablo katta bo‘lganida, albatta, hikoyalardagi qahramonlar kabi bo‘lishga qaror qiladi.

    Pablo 12 yoshida uning oilasi ancha katta shahar — Madellin yaqiniga ko‘chib o‘tadi. U shu yerda ilk bor marixuana chekishni boshlaydi. 16 yoshga to‘lgan vaqtida esa hayotida burilish yasagan voqea sodir bo‘ladi: Eskobarni maktabdan haydashadi. Aynan shundan so‘ng bo‘lajak “kokain qiroli” hayotida haqiqiy bosqinchilik davri boshlanadi.

    U o‘z jinoiy faoliyatini qayta sotish uchun qabristondan qabrtosh o‘g‘irlashdan boshlaydi. Atrofiga bir qancha hammaslaklarini to‘plagan Pablo yangi kasb — qimmatbaho mashinalar o‘g‘irlashga o‘tadi. O‘g‘irlangan mashinalar qismlarga bo‘lib sotiladi. Pulni yanada ko‘paytirishni istagan Eskobar boshqa bir “ajoyib g‘oya” o‘ylab topadi: mashina egalariga ularning mashinasini qo‘riqlash xizmatini taklif qiladi. Rad etganlar esa, tabiiyki, tez orada “po‘lat toychoq”laridan ayriladi.

    Pablo Eskobar

    Pablo Eskobar
    Foto: BBC

    Ammo jinoyat olamiga chuqurroq kirib borgan sari Eskobar guruhi shafqatsizlashib bordi. 21 yoshida kattagina guruhga boshchilik qilgan Pablo mashina o‘g‘irlashdan odam o‘g‘irlashga o‘tadi. Bundan tashqari qotillik ham uning yangi kasbiga aylanadi.

    “El Patron”

    1970-yillarda Kolumbiya geografik o‘rni sabab marixuana va kokain savdosi markaziga aylandi. Peru va Venesuelada yetishtirilgan qora dorilar aynan Kolumbiya orqali marixuana eng ko‘p sotiluvchi mamlakat — AQShga tranzit qilinardi. Pablo va uning guruhi bu savdoda o‘z o‘rniga ega bo‘lish uchun harakat qilishni boshlaydi.

    Madellin shahrida yashovchi yirik sanoat va yer egasi Dieogo Echevarioni o‘g‘irlab ketib, o‘ldirgach kambag‘allar Eskobarni “El Doktor” deb ataydi. Boisi Madellinning qashshoq aholisi zolim va ziqna Echevarioni yoqtirishmasdi.

    Eskobarning “El Doktor”lik davri ko‘p cho‘zilmaydi. Qora dori savdosini rivojlantirgan Pablo bu savdodan katta daromad qila boshlaydi. Aynan ushbu biznesining juda katta daromadi natijasida Pablo Madellinning jinoiy yetakchilaridan biriga aylanadi va “El Patron” (ispancha-yetakchi) laqabini oladi.

    Kokain imperiyasining barpo qilinishi

    AQShga yangi va marixuanadan kuchliroq dori — kokain yetkazib berishni boshlagan Eskobar Kolumbiyadagi barcha kokain savdosini nazorat qilish uchun Madellin guruhini tuzadi. U kokain yetishtiruvchilardan mahsulotni sotib olib, uni AQShga olib ketuvchi kontrabandachilarga sotardi. To‘xtovsiz ishlashi, doimo o‘ldirishga tayyorligi va shafqatsizligi sabab Madellin guruhi raqobatchilaridan ancha oldinlab ketadi.

    Ko‘p o‘tmay Pablo Eskobar mamlakatdagi barcha kokain savdosini nazorati ostiga oladi. Uning ruxsatisiz birorta ham qora dori sotuvchisi o‘z tovarlarini mamlakatdan olib chiqib keta olmas, El Patron kokainning har bir partiyasidan 35% soliq olib qolar va uni AQShga yetkazib berishni ta’minlardi.

    1980-yilga kelib Eskobarning boyligi 30 milliard dollarga yetadi va Forbes’ning dunyodagi eng boy odamlar o‘ntaligidan joy oladi. Naqd pul shu qadar ko‘p ediki, Pablo pullarini tashish uchun alohida Learjet samolyotini sotib oladi. Hattoki Eskobar pullarini taxlash uchun har oy ikki yarim ming dollarga pul rezinalari xarid qiladi. Keyinroq, politsiyadan qochib yurgan yillarida, u qizining sovuq qotmasligi uchun yuz ming dollardan ko‘proq pulni yoqib yuboradi.

    Foto: Pinterest

    AQShga olib kiriladigan giyohvand moddalarning 80 foizdan ko‘prog‘i Pablo Eskobar tomonidan jo‘natiladi. AQSh maxsus xizmatlari tez orada kolumbiyalik bu narkobaronga qarshi harakat qilish vaqti kelganini anglab yetadi. Zero Eskobarni vatanidagi huquq-tartibot organlari to‘xtatishi qiyin masala edi.

    Qisqa siyosiy faoliyat

    Ulkan boylik va qudrat boshqa insonlar kabi Eskobarning ham hokimiyatga qiziqishiga sabab bo‘ladi. Asli oddiy oiladan chiqqan Pablo kambag‘allarga arzon uylar qurib beradi, bolalar sportiga pul ajratadi va boshqa turli ijtimoiy yordamlar tashkil qiladi. Natijada xalq orasida Pablo Eskobar kambag‘allar xaloskori sifatida taniladi. Uning o‘zi esa o‘zini kolumbiyalik Robin Gud deb hisoblardi.

    1982-yil Pablo Eskobar Kolumbiya Kongressi a’zoligiga saylanadi, ammo siyosiy o‘yinlarda hali tajribasiz bo‘lgan “El Patron” ikki yildan so‘ng iste’foga chiqishga majbur bo‘ladi. Bunga uning boyliklari qayerdan kelayotganini aniqlash uchun boshlangan tekshiruv sabab bo‘ladi.

    Narkobaronni fosh qilgan adliya vaziri esa Eskobar iste’fosidan biroz o‘tib o‘ldirib ketiladi. Bu darajadagi yuqori lavozimli mansabdorning o‘ldirilishi mamlakat tarixida hali kuzatilmagani sabab mafiyaga qarshi harakat boshlanadi. Eskobar va qonun o‘rtasidagi aloqalar to‘la uziladi. Davlat bu suiqasdga javoban Madellin guruhiga qarshi keng qamrovli kurash boshlaydi.

    Barchasini barbod qilgan qasos

    Prezidentlik va legitimlikdan mahrum bo‘lgan Eskobar qasos olishni uchun terror yo‘liga o‘tadi. Kolumbiyadagi mafiya va davlat urushi davomida prezidentlikka uch nomzod, bosh prokuror va bir qancha sudyalar o‘ldiriladi. Bogota markaziga hujum qilgan terrorchilar Adliya saroyini egallab oladi va yuzlab insonlarni o‘ldiradi. Hukumat esa bunga javoban poytaxtga tank va vertolyotlarni kiritadi. Kokain savdosiga qarshi yalpi hujum amalga oshiriladi. Minglab kokain karvonlari yo‘q qilinadi, chegaralarda nazorat kuchaytiriladi.

    Pablo Eskobar esa bu harakatlarga siyosatchi, prokuror, jurnalist va politsiyachilarni o‘ldirish bilan javob beradi. Mafiya bilan urush davrida umumiy hisobda o‘n minglab insonlar halok bo‘ladi. Eskobar Bogotada ichida yuzlab odamlar bo‘lgan samolyotni portlatib yuboradi. O‘sha samolyotda Kolumbiya prezidenti Sesar Gaviriya Truxilyo ham bo‘lishi kerak edi, ammo keyinchalik davlat rahbari ushbu reysga chiqmagani ma’lum bo‘ladi. Eskobarning bunday shafqatsizliklari jamoatchilikning unga nisbatan fikri o‘zgarishiga sabab bo‘ladi.

    AQSh Kolumbiya hukumatidan Pablo Eskobarni ularga berishni so‘raydi. Tez orada Kolumbiyaga AQSh maxsus xizmatlari agentlari keladi. Ular mafiya guruhiga qarshi kurashda kolumbiyalik hamkasblariga yordam beradi. AQSh aralashuvi ko‘p narsani hal qiladi. Amerikaliklar narkobaronga qarshi operatsiyalarni moliyalashtiradi, maxsus kuchlarning elita qismlari Eskobarni qidirish uchun yollaydi. Natijada birin-ketin eng yirik narkobaronlar qo‘lga olina boshlanadi va AQSh qamoqxonalariga jo‘natiladi.

    Barchasi yomon tomonga ketayotganini tushungan Eskobar Kolumbiyaning eng obro‘li kishilarini garovga oladi va hukumat bilan muzokara o‘tkazib, qamoqqa tushishga rozi ekanligi, ammo buning evaziga o‘zini AQShga ekstraditsiya qilinmasligini talab qiladi. Garovga olinganlarning boy qarindoshlari bosimi natijasida Kolumbiya hukumati Eskobarni ekstraditsiya qilmaslikka rozi bo‘ladi.

    Qamoqqxona-oromgoh La Caterdal

    Hukumatga taslim bo‘lgan Pablo Eskobar o‘zi uchun alohida qamoqxona qurishga ham ruxsat oladi. Qamoqxona Madellin shahri yaqinida barpo etiladi. Unga La Caterdal (ispanchada ibodatxona degani) nomi beriladi.

    La Caterdal qamoqxonasi

    La Caterdal qamoqxonasi
    Foto: VideoHive

    La Caterdal Kolumbiya armiyasi askarlari tomonidan qo‘riqlanadi, ammo maxsus kuchlar qamoqxonaga 20 kilometrdan yaqinroq joylashishi taqiqlanadi. Eskobarning oilasi va do‘stlari uni ko‘rish uchun xohlagan payt kelishi mumkin bo‘ladi.

    Qamoqxona haqiqiy oromgoh edi. Basseyn, sport maydoni, tungi klub va saunaga ega bu oromgohga har kuni ko‘plab futbol yulduzlari, narkobiznesmenlar va yengiltabiat qizlar tashrif buyurardi.

    La Caterdal’da bo‘lishiga qaramay Eskobar mamlakatdagi kokain savdosini hali ham nazorat qilib turardi. Uning yoniga qora dori savdogarlari ko‘p kelardi. Qolaversa, El Patronning Madellin ko‘chalarida yurganini ham tez-tez ko‘rib qolishardi. Bulardan xabar topgan Kolumbiya prezidenti Eskobarni davlat qamoqxonasiga o‘tkazishga buyruq beradi.

    Qochish va yangi raqib

    Buyruqdan xabar topgan Eskobar qochishga qaror qiladi va 1992-yili La Caterdal’dan qochib ketadi. Lekin uning boradigan joyi kam edi. AQSh va Kolumbiya maxsus xizmatlari narkobaronga qarshi katta operatsiya boshlaydi. Pabloning do‘stlari uni tark etadi.

    Pablo Eskobar allaqachon kuchidan ayrilib bo‘lgandi, biroq katta boylikka ega edi. U hukumat bilan yana muzokara olib borishga urinadi, ammo hukumat bu safar muzokara o‘tkazishni xohlamaydi. Ular Eskobarni ushlash va yo‘q qilishga qaror qiladi. Pablo Eskobar boshi uchun 10 million dollar mukofot va’da qilinadi. Bu o‘sha paytdagi Kolumbiya prezidentining 200 yillik maoshiga teng summa edi.

    Rasmiylarga bosim o‘tkazish uchun Pablo Eskobar Bogota markazida terror akti o‘tkazadi. Akt natijasida yigirmadan ortiq inson halok bo‘ladi, ko‘plar jarohat oladi. Biroq bu terakt Pablo uchun aks ta’sirga ega bo‘ladi. Kolumbiyada Eskobar va kokain savdosiga qarshi ko‘ngillilar tashkiloti — Los-Pepes paydo bo‘ldi. Tashkilot safini sobiq harbiylar, oddiy aholi vakillari va Eskobarning dushmanlari to‘ldiradi. Qo‘shin va politsiyadan farqli ravishda Los-Popes qonunni chetga surib, Eskobar kabi hech kimga shafqat qilmaydi. Narkotik savdogarlari, Eskobarning do‘st va yaqinlari, jami sakkiz yuzdan oshiq odam Los-Pepes partizanlari tomonidan o‘ldiriladi.

    Minglab insonlar yostig‘ini quritgan qotil qanday o‘ldirildi?

    Oilasini juda yaxshi ko‘ruvchi Eskobar Los-Pepesning ularni o‘ldirishidan xavotirga tushadi va ularni chet elga yubormoqchi bo‘ladi. Biroq oilaning Germaniyaga ketish rejasi amalga oshmaydi.

    1993-yil 2-dekabr kuni oilasi bilan bir yildan beri ko‘rishmayotgan Eskobar ularga qo‘ng‘iroq qiladi. Suhbat doimgidek ikki daqiqadan oshmasligi kerak edi, shunda detektivlar Eskobar turgan joyni aniqlashga ulgurmasdi. Biroq El Patron bu safar xavfsizlik unutadi va o‘g‘li Xuan Eskobar bilan besh daqiqadan ko‘proq gaplashadi. Bu vaqt suhbatni eshitayotgan AQSh va Kolumbiya agentlari uchun Eskobarning qayerda ekanini aniqlashga yetarli bo‘ladi. Oradan bir necha daqiqa o‘tib Madellindagi xolasining uyida yashiringan Eskobar xavfsizlik kuchlari tomonidan to‘liq qurshovga olinadi. Narkomafiya ularning kelishi bilardi va ammo u qochib ketishga ulgurmadi.

    Pablo Eskobarning o‘ldirilishi

    Pablo Eskobarning o‘ldirilishi
    Foto: Reddit

    Uyga bostirib kirgan askarlar Pablo Eskobarning sodiq soqchisini o‘ldirib, El Patronning o‘zini tom bo‘ylab qochayotganda otib o‘ldiradi. Minglab insonlar yostig‘ini quritgan, yuz minglab insonlarni qora og‘u bilan zaharlagan va oxirigacha o‘z qudratiga ishongan XX asrning eng yirik narkomafiyasi shu tariqa hayot bilan vidolashadi.

    Qizig‘i 3-dekabr kuni minglab kolumbiyaliklar Eskobar o‘limi munosabati bilan ko‘zlarida yosh bilan Madellin ko‘chalariga chiqishadi. Uning dafn marosimida yigirma besh ming inson qatnashadi. Eskobarning oilasini davlat o‘z himoyasiga oladi.

    El Patron Madellin shahri janubidagi Montesakro qabristoniga dafn etiladi. Bugungi kunda Eskobarning qabrini har kuni o‘nlab odamlar ziyorat qiladi. Kolumbiyaliklarning ko‘pchiligi uni avliyo sifatida ko‘radi.

    “Kokain qiroli” hayoti  haqida mashhur Netflix kinokompaniyasi tomonidan “Narkos” seriali suratga olingan.

    02.01.2022, 17:31   Izoh (0)   40407
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Avstriya sobiq kansleri Sebastyan Kurs amerikalik milliarder Piter Tilning kompaniyasida ishlaydi

    02.01.2022, 16:54

    Misrda kuchli yomg‘irlar, do‘l va tuman oqibatida uch kishi halok bo‘ldi (video)

    02.01.2022, 16:11

    Ramzan Qodirov va ota-onasi “Chechenistonda xizmat ko‘rsatgan huquq himoyachisi” medali bilan taqdirlandi

    02.01.2022, 14:11

    Afg‘oniston milliy qahramoni, “Panjsher arsloni” Ahmad Shoh Mas’ud. Vatani ozodligi, tinchligi va dunyoviyligi uchun kurashgan generalning xoinona o‘ldirilishi

    02.01.2022, 13:31

    Rossiyaning Kosovodagi BMT missiyasi diplomati persona non grata deb e’lon qilindi

    02.01.2022, 12:09

    Bayden Koloradoda o‘rmon yong‘inlari sabab favqulodda holat e’lon qilishni ma’qulladi

    01.01.2022, 23:54
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    TENET: “Stellar Residence” apartamentlari 24 oygacha bosqichma-bosqich to‘lov bilan 


    Mikrokreditbank xalqaro moliya institutlari bilan muhim kelishuvlarga erishdi


    G‘alabadan ilhom, kelajak sari dadil qadam – Jahon chempionatiga yo‘l olgan chempionlar uchun BYD avtomobillari tuhfa etildi


    Hyundai Tucson: 24 oyga bo‘lib to‘lash imkoniyati — qulay, tez, foydali


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    InfinBLACK bilan qadimiy shaharlar bo‘ylab sayohatlar


    InfinBank Visa kartalari bilan endi WeChat Pay va Alipay orqali to‘lash mumkin


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida bolalarda saraton va qon kasalliklarida suyak iligi transplantatsiyasi


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    Bekobodda "Biznesni rivojlantirish banki"ning  zamonaviy bank xizmatlari markazi ish boshladi


    Uzbekistan Airways bilan Kuala-Lumpur va Bangkokga sayohatni rejalashtiring


    110% grant va xalqaro amaliyotlar: Central Asian University va AKFA Medline University Hospital rezidentura dasturiga qabul davom etmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10

    Eron–Isroil qarama-qarshiligi: urush bosqichma-bosqich qanday avj oldi?

    16 iyun, 14:38

    35 yildan so‘ng topilgan sotqin – urush paytida nemislar tomonga o‘tib ketgan ayol qanday fosh bo‘lgandi?

    14 iyun, 17:20
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Putin: “Rossiya va O‘zbekiston migratsiya masalalarini birgalikda hal qiladi”

    O‘zbekiston | 19 iyun, 12:16

    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?

    Reklama | 19 iyun, 12:00

    Meksikaga “Erik” to‘foni yopirildi

    Dunyo | 19 iyun, 12:02

    Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryoga keldi

    O‘zbekiston | 19 iyun, 11:52

    Raqobat qo‘mitasi aldamchi konsalting firmalaridan ogohlantirdi

    O‘zbekiston | 19 iyun, 11:40

    AQSH elchixonalari xorijiy talabalarga viza berishni davom ettiradi

    Dunyo | 19 iyun, 11:13

    O‘zbekistonda tamaki mahsulotlarining noqonuniy aylanmasi byudjetga 195 mlrd so‘m zarar yetkazdi

    O‘zbekiston | 19 iyun, 10:30

    Eldor Shomurodov Turkiya Superligasiga yo‘l olmoqda — manba

    Sport | 19 iyun, 11:01

    “Aqlli” ko‘zoynak, restoran, krossovka: jahonga mashhur yulduzlar oddiy odamlarga qanday yordam beradi?

    Layfstayl | 19 iyun, 10:59
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.