• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +23°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Rivaldo, Vilyanueva, Cheran va boshqalar. O‘zbekiston chempionati tarixidagi eng yaxshi legionerlar

    Eslatma: Ushbu material birinchi marta 2021-yil 14-iyulda chop etilgan va yilning e’tiborga molik materiallardan biri sifatida takroran e’lon qilinmoqda

    Futbol bo‘yicha O‘zbekiston chempionati garchi nufuzi bo‘yicha dunyoning eng kuchli ligalaridan biri hisoblanmasa-da, unda deyarli barcha davrlarda legioner (chet ellik) futbolchilar to‘p surib kelgan. Tabiiyki, ularning o‘z yurtini tashlab, serquyosh O‘zbekistonga kelishi uchun yaxshigina pul taklif qilinadi. Bunga yaqqol misol qilib, “Paxtakor” Shveysariyadan taklif qilgan Eren Derdiyokni ko‘rsatish mumkin. Klub ichki ishlariga burun suqmagan holda shuni aytish mumkinki, sport formasini yo‘qotganiga ancha bo‘lgan Derdiyokning bir yillik maoshiga bemalol 10-15 nafar qora-ko‘z o‘zbekni o‘ynatish mumkin edi. Bu 30 yildan beri Jahon Chempionatiga chiqa olmayotgan terma jamoaga uchun ham foydadan xoli bo‘lmasdi.

    Ammo legionerlar haqida futbol jamoatchiligi orasida yana turli xil afsonasifat gaplar yuradiki, beixtiyor bu mish-mishlarning bari bir tiyinga qimmat ekanligiga ishonishni xohlaysan. Har yili Serbiya va Afrikadan keladigan futbolchilar oqimini ko‘rib esa yana o‘ylanib qolasan kishi... Shunga qaramay, milliy chempionatda nisbatan yaxshiroq harakat qilgan legionerlar ham bo‘lgan. “Daryo” quyida aynan shular haqida fikr yuritadi.

    Xose-Luis Vilyanueva (Chili)

    Klubi: “Bunyodkor”

    Foto: <ex>Google</ex> <ex><ex>Photo</ex>s</ex>

    Foto: Google Photos

    “Qaldirg‘ochlar” tarixidagi eng omadli va o‘zini to‘laligicha oqlagan kam sonli legionerlardan biri Xose-Luis Vilyanueva 2008-yilda jamoaga kelib qo‘shilgan va darhol ko‘p sonli muxlislarning qalbidan joy olgan. U o‘zining debyut o‘yinini “Paxtakor”ga qarshi kechgan Toshkent derbisida o‘tkazib, dubl muallifiga aylanadi. Jamoaning asosiy futbolchilaridan biri bo‘lgan Xose OChL doirasidagi o‘yinlarda ham gollar urib, het-trikni rasmiylashtirgan vaqtlar bo‘lgan. U mashhurlik borasida ham jamoadagi boshqa legionerlardan qolishmagan. Ammo klubga Luis Felipe Skolarining kelishi bilan u zaxira o‘rindig‘iga “mixlanadi” va oxir-oqibat 2009-yilda jamoadan ketishga majbur bo‘ladi. Biroq o‘zbekistonlik muxlislar uning o‘rniga olib kelingan braziliyaliklarni emas, aksincha uni ko‘proq yodga olishi bor gap.

    “Men hech qachon ‘Bunyodkor’dan ketishni xohlamaganman, meni jamoadagi hamma narsa qoniqtirardi. Mening o‘rnimga olib kelingan Denilson va boshqalardan hech kim ‘Bunyodkor’da yaxshi iz qoldirmadi. Umid qilamanki, u yerda hali meni ko‘p eslashadi. ‘Bunyodkor’dan ketganimdan so‘ng Argentina va Chilining bir nechta jamoalarda to‘p surdim, 2015-yilda esa katta futbol bilan xayrlashishga qaror qildim. Hozir televideniye sohasida faoliyat yurityapman degandi”, — degandi Vilyanueva 2019-yilda “Interfutbol” gazetasiga bergan intervyusida.

    Artur Gevorkyan (Turkmaniston)

    Klublari: “Sho‘rtan”, “Paxtakor”, “Nasaf”, “Lokomotiv”, “Qizilqum”

    2007-yildan 2019-yilgacha O‘zbekistonning turli klublarida to‘p surgan turkmanistonlik futbolchini bemalol O‘zbekiston chempionati afsonalari safiga qo‘shish mumkin. Boisi, u o‘zi o‘ynagan deyarli barcha jamoalarda yetakchilik qilgan. Ham shaxsiy, ham jamoaviy sovrin qo‘lga kiritish borasida unga yetadigan legioner yo‘q bo‘lsa kerak. Yarim himoyachi bo‘lishiga qaramay 2014-yilda 18 ta gol bilan O‘zbekiston Oliy Ligasining (hozirgi Superliga) eng yaxshi to‘purari bo‘lgan.

    Foto: OFK

    Foto: OFK

    Gevorkyan “Nasaf” chempion bo‘lgan 2011-yilgi OFK Kubogida ham ajoyib o‘yin ko‘rsatib, musobaqaning eng yaxshi o‘yinchisi sovrinini o‘ziniki qilgandi.

    Kaxi Maxaradze (Gruziya)

    Klublari: “Lokomotiv”, “Paxtakor”, “So‘g‘diyona”

    Foto: “Lokomotiv” FK

    Foto: “Lokomotiv” FK

    Toshkentning “Lokomotiv” klubi gruziyalik futbolchi Kaxi Maxaradzeni 2009-yilda o‘z safiga qo‘shib olgan. U bu orada “Paxtakor”, “So‘g‘diyona” va tanaffuslar bilan “temiryo‘lchilar” safida harakat qilishga ulgurdi. Maxaradze “Lokomotiv” (2016, 2017-yillarda) va “Paxtakor” (2012, 2014, 2015-yillarda) bilan O‘zbekiston chempioni bo‘lgan, shuningdek, uch bor mamlakat Kubogida zafar quchgan. Kaxining ushbu ro‘yxatdan joy olganiga e’tirozlar ham yangrashi mumkin, ammo tan olish kerak, aynan Maxaradze ko‘p yillardan beri nisbatan barqaror o‘yin ko‘rsatib turgan legioner futbolchilardan biri hisoblanadi.

    Gochkuli Gochkuliyev (Turkmaniston)

    Klublari: “Paxtakor”, “Bunyodkor”

    Foto: “<ex>Championat.asia</ex>”

    Foto: “Championat.asia”

    2002–2005-yillarda “Paxtakor” sharafini himoya qilib, to‘rt bor O‘zbekiston chempioni bo‘lgan Gochkuli Gochkuliyev 2007-yilda yana O‘zbekistonga qaytadi, faqat bu safar “sherlar”ning prinsipial raqibi “Bunyodkor” safiga. Turkmanistonlik futbolchi “qaldirg‘ochlar” safida ham uch bor mamlakat chempionligini qo‘lga kiritadi. 2002-yilda esa O‘zbekistonda yilning eng yaxshi futbolchisi sovriniga ega chiqadi. Umuman olganda, Gochkuliyevni O‘zbekiston chempionati tarixidagi eng yuqori darajali legioner sifatida ko‘rsatish mumkin. Uning chap qanot himoyasidagi o‘yinlarini nafaqat o‘zbekistonlik muxlislar, balki butun O‘rta Osiyo futbol jamoatchiligi yaxshi eslaydi.

    Akmal Xolmatov (Tojikiston)

    Klublari: “Neftchi”, “Paxtakor”, “Lokomotiv”, “Sho‘rtan”

    Foto: “<ex>Championat.asia</ex>”

    Foto: “Championat.asia”

    Akmal Xolmatov professional faoliyatini Tojikistonning “Regar-TadAZ” jamoasida boshlaydi. 1996-yilda esa Farg‘onaning “Neftchi”si bilan kelishuvga erishadi. Akmal “Neftchi” safida tom ma’noda afsonaga aylanadi va jamoa to‘purarlari ro‘yxatida ham yuqori o‘rinlarda turadi (301 o‘yin, 69 gol). “Neftchi”ning so‘nggi chempionligi (2001-yil) ham aynan Akmalning yetakchiligiga to‘g‘ri keladi. Keyinchalik u “Paxtakor”, “Lokomotiv”, “Sho‘rtan” va “Andijon” kabi klublarda faoliyat yuritadi. Ammo hech qaysi klubda “Neftchi”dagi kabi yutuq va martabaga erisholmaydi. Hujumkor yarim himoyachi Xolmatov qanotlardan, asosan chap tomondan ajoyib reydlarni amalga oshirardi. Shuningdek, u kuchli zarbasi bilan maqtana olardi. Ayni vaqtda uning 18 yoshli o‘g‘li Diyor Xolmatov “Paxtakor”da to‘p tepmoqda. 2020-yilgi mavsumda debyut qilgan futbolchi, bu yili jamoaning deyarli asosiy tarkibidan joy oldi. Qayd etish kerak, Diyor O‘zbekiston fuqarosi va u otasidan farqli ravishda O‘zbekiston milliy terma jamoasida harakat qilish imkoniyatiga ega.

    Dragan Cheran (Serbiya)

    Klublari: “Nasaf”, “Paxtakor”

    Foto: “Paxtakor” FK

    Foto: “Paxtakor” FK

    Dragan Cheran O‘zbekistonning so‘nggi yillardagi eng yaxshi legioneri ekanligi borasida hech kimda ortiqcha shubha bo‘lmasa kerak. Bunga uning ketma-ket ikki mavsumdan beri chempionat to‘purari bo‘lib kelayotgani ham yaqqol misol bo‘la oladi: serbiyalik 2019-yilda 23 ta gol urgan bo‘lsa, 2020-yilda bu ko‘rsatkich 21 tani tashkil qildi. O‘zbekistondagi faoliyatini 2016-yilda Qarshining “Nasaf”ida boshlagan Cheran oradan ikki yil o‘tib, “Paxtakor”ga o‘tadi. U poytaxt klubida ham jamoaning asosiy figuralaridan biriga aylandi va “sherlar”ning so‘nggi yillardagi g‘alabalariga o‘zining ulkan hissasini qo‘shib kelmoqda. O‘zbekiston chempionatini muntazam kuzatib boradigan muxlislar biladiki, ayni damda birinchilikda Cheran darajasidagi va uning maydondagi funksiyalarini bajara oladigan o‘yinchi yo‘q. Hatto Cheranning yorqin o‘yinlari sabab milliy terma jamoaning sobiq murabbiyi Vadim Abramov uni mahalliylashtirish haqida o‘ylab ko‘rgandi.

    Cheran 33 yoshda bo‘lishiga qaramay hamon yaxshi sport formasini ushlab turibdi va yana 2-3 yil davomida Superliga darajasida o‘ynashi mumkin.

    Rivaldo (Braziliya)

    Klubi: “Bunyodkor”

    Foto: <ex>Google</ex> <ex><ex>Photo</ex>s</ex>

    Foto: Google Photos

    Hozirgacha O‘zbekistonga ishlash (futbol o‘ynash) uchun kelgan eng mashhur va eng kuchli legioner Rivaldo 2008-yilda “Bunyodkor” bilan shartnoma imzolab, 2010-yilgacha “qaldirg‘ochlar” sharafini himoya qiladi. Bu vaqt oralig‘ida u ikki bor O‘zbekiston chempioni bo‘ladi va bir qancha shaxsiy yutuqlarni qo‘lga kiritadi. U bilan birga o‘ynagan mahalliy futbolchilar Braziliyadan kelgan o‘yinchilardan faqat Rivaldo o‘z ishiga professional yondashganini ta’kidlagan. Garchi, “Bunyodkor” 1999-yilgi “Oltin to‘p” sohibi bilan yorug‘ yuz bilan xayrlashmagan bo‘lsa-da, klub va muxlislar u haqida iliq xotiralarga ega.

    Terma jamoada ham, klub darajasida ham istalgan futbolchi havas qilishi mumkin bo‘lgan natijalarga erishgan sobiq yulduzning O‘zbekistonga nima sababdan kelgani ma’lum. Ammo uning kelishi baribir o‘zbek futboliga qandaydir bir uchqun bera olgandi. O‘sha paytlarda Toshkent derbisi deb nom olgan “Paxtakor” va “Bunyodkor” qarama-qarshiligi o‘zining eng yuqori cho‘qqisiga chiqqandi, ikki jamoa o‘rtasidagi bellashuvlar tom ma’noda shiddatli tarzda o‘tardi. Viloyatlarda o‘tadigan “Bunyodkor” ishtirokidagi o‘yinlarga-ku ko‘pchilik muxlislar aynan Rivaldo va uning braziliyalik sheriklarini ko‘rish uchun ham kelardi. Rivaldo esa O‘zbekistondagi ikki yili davomida Yevropa maysalari bilan solishtirishga arzimaydigan o‘nqir-cho‘nqir maydonlarda istagan ishini qildi. “Bunyodkor”dan ketgach, “qiyshiq oyoqli o‘rdak” (Rivaldoning laqabi shunday edi) Angola chempionatida ham o‘ynashga muvaffaq bo‘ldi.

    “O‘zbek Maradonasi”dan haqiqiy vatanparvargacha: O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardorlari haqida

    31.12.2021, 11:33   Izoh (0)   12677
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Navbatdagi mundialdan quruq qolgan O‘zbekiston terma jamoasi, boksdagi muvaffaqiyatsizlik, Superligadagi janjallar va bevaqt vafot etgan afsonalar. O‘zbek sportida...

    31.12.2021, 09:52

    APL. “Manchester Yunayted” 4 ta gol urilgan o‘yinda autsayder ustidan ishonchli g‘alabaga erishdi

    31.12.2021, 03:21

    Koronavirus o‘chog‘iga aylangan “Barselona”, katalonlarni “qiynayotgan” Dembele va “Energetik-BGU”da e’tirof etilgan Ubaydullayev. Eng so‘nggi sport yangiliklari

    30.12.2021, 22:10

    APL. “Chelsi” so‘nggi daqiqalarda g‘alabani qo‘ldan chiqardi, “Manchester Siti” debyutantni bazo‘r yengdi

    30.12.2021, 05:08

    Prezident tomonidan mukofotlangan Abdusattorov, koronavirus bilan kurashayotgan “Real” va “Barselona”, o‘zbek sportida 2021-yil qahramonlari. Eng so‘nggi sport yan...

    29.12.2021, 23:19

    “Navbahor” yoshlar jamoasi futbolchisi avtohalokat oqibatida vafot etdi

    29.12.2021, 21:53
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda muomalaga chiqarilgan bank kartalari soni keskin o‘sdi

    Iqtisodiyot | 13 iyul, 08:00

    AQSHda Trampga qarshi tergovlarga yordam bergan xodimlar ishdan bo‘shatildi

    Dunyo | 12 iyul, 23:50

    “Hech kimdan qo‘rqmayman” — Toshkentda tadbirkor bolalar maydonini egallab oldi, aholi norozi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:37

    “Barcha zapravkalarda elektr quvvatlagichlar o‘rnatiladi” — transport vaziri Ilhom Mahkamov

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:27

    Hindistonda rossiyalik ayol ikki bolasi bilan changalzorda yashayotgani aniqlandi

    Dunyo | 12 iyul, 23:10

    Abbosbek Fayzullayev va “SSKA” — Rossiya Superkubogi sohibi (video)

    Sport | 12 iyul, 22:42

    Fransiyada Yangi Kaledoniya nomli yangi davlat tuzish to‘g‘risida bitim imzolandi

    Dunyo | 12 iyul, 22:35

    Sun’iy intellekt orqali hayotingizni osonlashtirishning 9 ta usuli

    Layfstayl | 12 iyul, 22:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.