Namanganning “Navbahor” futbol klubi a’zosi Samandar Yigitaliyev avtohalokat oqibati hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda klub matbuot xizmati ma’lum qildi.
“Navbahor U-18” himoyachisi 29-dekabr kuni sodir bo‘lgan YTHda olgan tan jarohati oqibatida vafot etgan.
Avvalroq “Bunyodkor” futbolchisi Diyor Rahimqulov 11-dekabr kuni avtohalokat oqibatida vafot etgani ma’lum bo‘lgandi. Shuningdek, “Qamashi” futbol klubi yarim himoyachisi Asadbek To‘rayev cho‘kib ketgani, OKMK futzal jamoasi o‘yinchisi Timur Berdiyev avtohalokatga uchrab vafot etgani haqida xabar berilgandi.
Izoh (0)