• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12917.1
    • RUB160.14
    • EUR14460.69
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +20°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Ishsizlik nafaqasi oluvchidan UFC chempionligiga qadar. Konor Makgregorning MMA’dagi “qonli yo‘li”

    Eslatma: Ushbu material birinchi marta 2021-yil 14-iyulda chop etilgan va yilning e’tiborga molik materiallardan biri sifatida takroran e’lon qilinmoqda
    Konor Makgregor — oddiy irland oilasidan chiqqan, ishsizlik nafaqasini oluvchi insondan MMA’ning eng mashhur vakiliga aylangan, ushbu sport turi yanada ommalashishiga o‘zining ulkan hissasini qo‘shgan sportchi.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Bolalik

    Konor 1988-yil 14-iyulda Irlandiya poytaxti Dublinda tavallud topgan. Toni Makgregor (taksi haydovchisi) va Margaret Makgregor ikki qizdan so‘ng o‘g‘il farzandli bo‘ldi. Otasining aytishicha, Konor qo‘lini musht qilgan holda tug‘ilgan. U xuddi jangga hozirlanayotgan bokschini eslatardi. Hamshiralar chaqaloq katta bo‘lsa, bokschi bo‘lishini aytib hazillashgandi.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Konor opalari Aofi va Erin bilan birga Kramlinda (Dublin yaqinidagi shaharcha) ulg‘aygan. Bolakay futbolga mehr qo‘ya boshladi. Mahalliy “Luders Seltik” jamoasida o‘ynardi va “Manchester Yunayted”ga muxlislik qilardi. 12 yoshida esa Crumlin Boxing Club’da boks bilan shug‘ullana boshlaydi.

    2006-yilda Konor oilasi bilan Lukanga ko‘chib o‘tadi. Bu kichik Makgregorga yoqmaydi. Chunki uning barcha do‘stlari Kramlinda qolgandi. Lekin u norozilikni yig‘ishtirib, yangi muhitga moslashishni boshladi. Lukanda u Tom Igan (bo‘lajak UFC jangchisi) bilan tanishadi va ikki do‘st mashg‘ulotlarga qatnay boshlaydi.

    Konorning oilasi

    19 yoshli Konor Dublindagi tungi klublarga tez-tez borib turardi. Bir kuni u Di Devlinni (bo‘lajak turmush o‘rtog‘i) ko‘rib qoladi. Qizdan telefon raqamini oladi va ular doimiy xabarlashib turadigan bo‘ldi. Bir necha yildan so‘ng Konor Di Dublindan 30 kilometr uzoqlikda joylashgan uyni ijaraga oladi. O‘shanda Di kafeda ofitsiant bo‘lib ishlardi va uyga Konordan ko‘ra ko‘proq pul olib kelardi. Makgregor santexniklikni tashlab, ishsizlik nafaqasini olar (haftasiga 188 yevro) va kun-u tun mashg‘ulotlarga qatnardi. Bu narsa hech qachon Dini bezovta qilmasdi: “Qanaqadir muammo bor deb o‘ylamaganman. Men ishga, u esa mashg‘ulotlarga ketardi. Konor kun bo‘yi shug‘ullanardi va mendan ko‘proq charchardi. Uyga qaytgach, ishdan uzoq bo‘lardim, u esa ertalab soat 04:00 da uyg‘onib, yana mashq qilardi”.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Ertalab Di Konorni eski Porsche’sida zalga olib borardi, tunda esa uning orzulari haqida tinglardi.

    “U doim menga ishongan. Ishlardi, ovqat tayyorlardi va uyni yig‘ishtirardi. Imkoniyatimiz cheklanganiga qaramasdan, Di mening foydali mahsulotlar iste’mol qilishimni nazorat qilardi. Menda hech narsa yo‘q edi, u esa menga ishonardi. Mashg‘ulotlardan charchab, uyga kelganimda u: ‘Konor, ishonaman, sen uddalaysan!’, deb ruhlantirardi”, — deydi Makgregor rafiqasi haqida.

    Konor mashg‘ulotlarga yanada jiddiy qarardi. U daftarchasiga motivatsion gap yozib qo‘ygandi: “Tez orada Di ishdan bo‘shashi lozim”. Mana shu gap uni maqsadiga erishish uchun yanada kuchli mehnat qilishga undaydi.

    Konor va Di uch nafar farzandni voyaga yetkazmoqda. To‘ng‘ich farzandi Jek Makgregor (2017-yil 6-mayda tug‘ilgan), o‘rtancha qizi Kroyya Makgregor (2019-yil 2-yanvarda tug‘ilgan) va kenjasi Rian Makgregor (2021-yil may).

    Konor Makgregorning eng mashhur janglari:

    Konor Makgregor—Joze Aldu

    Konor Dennis Siverni mag‘lubiyatga uchratganidan so‘ng kamar uchun jang qilish huquqiga ega bo‘ldi. O‘shanda kamar braziliyalik Joze Alduda edi. Aldu 10 yillik faoliyatida 7 marta kamarni himoya qilgan va biror marta yutqazmagandi. Lekin Konor braziliyalikni qanday nokaut qilishini izohlab berdi.

    Jangga tayyorgarlik vaqtida irlandiyalik sportchi tizzasidan jarohat oldi, bu orada Aldu ham jarohatlangandi. Braziliyalik afsona jarohat bilan jang qilishdan bosh tortdi. UFC rahbariyati bilan uchrashuvda Konor jangni boshqa vaqtga ko‘chirishga rozi bo‘lmadi va jarohatlangan bo‘lsa ham qafasga chiqishini aytdi. Alduning o‘rnini Chad Mendes egalladi. O‘rtaga esa vaqtinchalik chempionlik kamari qo‘yildi.

    Ikkinchi raundda Konor Mendesni texnik nokaut hisobiga mag‘lub etdi. Oradan yarim yil o‘tib Joze Aldu bilan jang qildi. Konor 13 soniyada raqibini nokautga uchratdi va UFC tarixidagi chempionlik jangida eng tezkor g‘alabaga erishgan sportchiga aylandi.

    Konor Makgregor—Neyt Diaz

    Yarim yengil vazndagi chempionlikka erishganidan so‘ng Konor yengil divizion chempionligini ko‘zladi. O‘sha vaqtda Rafael dos Anyos bu kamarga egalik qilardi. UFC amaldagi ikki chempionning o‘zaro jangini tashkillashtirishga shoshildi. So‘nggi lahzalarda Dos Anyos jarohat oldi va uning o‘rnini o‘rtamiyona Neyt Diaz egalladi. Konor raqibini mensimagandi. Natijada Diaz g‘alaba qozondi. Revansh jangga esa Konor jiddiy tayyorgarlik ko‘rdi. 5 raund davom etgan jangda Makgregor ochkolar evaziga g‘olib bo‘ldi.

    Konor Makgregor—Habib Nurmagomedov

    Habib va Koron o‘rtasidagi jang UFC tarixidagi eng shov-shuvli to‘qnashuv hisoblanadi. Ular ishtirok etgan matbuot anjumani ham sport tarixidagi eng asabiysi bo‘ldi. 30 daqiqa davomida sportchilar bir-birini haqorat qilib o‘tirdi.

    UFC’ning asosiy yulduzlari o‘rtasidagi jang 2018-yil 6-oktabrda Las-Vegasda bo‘lib o‘tdi. Nurmagomedov birinchi raundda ustunlik qildi. Tanaffusdan so‘ng Konor faoliyatida birinchi marta nokdaunga tushib qoldi. 3-raund asosan “stoyka”da kechdi va Konor dog‘istonlik sportchidan ustun keldi. 4-raundda esa Habib o‘z uslubini qo‘lladi va raqibini bo‘g‘ish usuli bilan taslim etdi.

    Konor Makgregor—Dastin Porye (trilogiya)

    Konor va Dastin uch bora bir-biriga qarshi jang o‘tkazdi. Birinchi jang 2014-yil 27-sentabrda bo‘lib o‘tgan. Konor birinchi raundda Poryeni nokautga uchratdi. Oradan 7 yil o‘tib ikki sportchi yana to‘qnash keldi. 2021-yil yanvar oyida bo‘lib o‘tgan jangda Porye Makgregorni texnik nokaut evaziga mag‘lubiyatga uchratdi. Konor esa revansh olishni maqsad qildi. Oradan yarim yil o‘tib, 11-iyulda Konor Makgregor va Dastin Porye o‘rtasidagi uchinchi jang bo‘lib o‘tdi. Konorning oyog‘i sinib ketgani bois jang birinchi raunddayoq to‘xtatildi.

    Muvaffaqiyatga erishish sabablari

    Konor juda ko‘p gapiradi, lekin qafas ichiga kirganida gaplarini amalda isbotlaydi. Sportchilar va murabbiylar Makgregor raqibiga psixologik bosim qilishni yaxshi ko‘rishini ta’kidlaydi. Ko‘p hollarda bu ish beradi.

    Konorning tashqi ko‘rinishi ham muvaffaqiyatiga sabab bo‘lgan omillardan biri. 2008-yildagi sportchi bilan hozirgi Konorni solishtirib bo‘lmaydi. Qimmat kostyumlar, zamonaviy soch turmagi, ishlov berilgan soqol — bularning hammasi o‘z so‘zini aytadi. Undan tashqari mashg‘ulotlarda chiniqqan tanasi, tatiurovkalari va o‘ziga xos mimikasi Konorning boshqa jangchilardan ajralib turishini ta’minlaydi.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Makgregor fotosessiya, reklama kompaniyalariga ko‘p vaqt sarflasa-da mashg‘ulotlarni, o‘z ustida ishlash kerakligini unutib qo‘ymaydi. U doim mas’uliyatni his qiladi. Boshqa jangchi va chempionlardan farqli ravishda Konor jarohati sabab janglarni qoldirmaydi, doping muammolariga aralashib qolmaydi, narkotik moddalar iste’mol qilmaydi, rafiqasini urmaydi. Irlandiyalik sportchi jarohat sabab yoki diskvalifikatsiya sabab jangda ishtirok etmaslikni iqtisodiy muvaffaqiyatsizlik deb hisoblaydi. Shuning uchun u janglar orasida faqat rejalashtirilgan tanaffus qiladi va tibbiy ko‘riklarni jangdan keyinga qoldiradi.

    Konorning boshqalardan ajralib turadigan xislatlari — betgachoparlik va o‘ziga bino qo‘yish. U o‘ziga hech qachon chegara qo‘ymaydi. O‘ylagan narsasini gapiradi. Futbol yulduzi Krishtianu Ronaldu haqidagi fikrlaridan ham Konorning naqadar o‘ziga ishonchi yuqoriligini ko‘rishimiz mumkin: “Hozirgi kunda Ronaldu fenomenal sportchi, fenomenal futbolchi. U erishgan sovrinlar ham shuni ko‘rsatib turibdi. O‘z ishiga sodiq. Krishtianu — eng zo‘r, albatta, mendan keyin”.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    33 yoshli Makgregor MMA’da 2008-yildan buyon faoliyat yuritib keladi. U jami 28 ta jang o‘tkazib, ularning 22 tasida g‘alaba qozongan (19 tasi muddatidan avval) va 6 marta mag‘lub bo‘lgan. Konor UFC yengil va yarim yengil vazn toifalari sobiq chempioni hisoblanadi.

    Konor Makgregorning erishgan natijalari:

    • yarim yengil vaznda UFC’ning vaqtinchalik chempioni;
    • yarim yengil vaznda UFC chempioni;
    • yengil vaznda UFC chempioni;
    • “Kechaning eng yaxshi jangi” sovrini sohibi (2 marta);
    • “Kechaning eng yaxshi nokauti” sovrini sohibi;
    • “Kechaning eng yorqin ishtiroki” sovrini sohibi (7 marta).

    31.12.2021, 19:31   Izoh (0)   29947
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Urinib ko‘rsam, itimga ham grossmeysterlikni olib berishim mumkin”. Shaxmatdagi qing‘irliklar, darajasi tushib ketgan unvon va 12 yoshli grossmeysterlar haqida

    31.12.2021, 17:29

    Uyiga qaytgan Ronaldu, Messini uzoq kuttirgan sovrin, ikki frontda kurashayotgan UEFA va dunyoni vahimaga solgan Eriksen. Jahon sportida yil yakunlari

    31.12.2021, 15:06

    DXX raisidan bosh vazir o‘rinbosarlarigacha. Sport tashkilotlariga ham rahbarlik qilayotgan o‘zbek amaldorlari

    31.12.2021, 13:34

    Rivaldo, Vilyanueva, Cheran va boshqalar. O‘zbekiston chempionati tarixidagi eng yaxshi legionerlar

    31.12.2021, 11:33

    Navbatdagi mundialdan quruq qolgan O‘zbekiston terma jamoasi, boksdagi muvaffaqiyatsizlik, Superligadagi janjallar va bevaqt vafot etgan afsonalar. O‘zbek sportida...

    31.12.2021, 09:52

    APL. “Manchester Yunayted” 4 ta gol urilgan o‘yinda autsayder ustidan ishonchli g‘alabaga erishdi

    31.12.2021, 03:21
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Biznesni rivojlantirish banki Londonda kelishuvlarga erishdi


    BI Group Toshkent BI Botanika Saroyi turar-joy majmuasini belgilangan muddatdan oldin foydalanishga topshirdi va sifat hamda muddatga sodiqligini tasdiqladi


    “Trastbank”dan kichik biznes egalari uchun 500 mln so‘mgacha kredit!


    Uzbekistan Airways Islomobodga parvozlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Toshkent mineral suvi: Iskandar Zulqarnayndan hozirgi kungacha


    “Otang bozor, onang bozor”, qurilish do‘koni ochmoqchi bo‘lsang, Tashkent INDEX’ga bor


    “A.M. Best Company” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytinglarini “Barqaror” prognoz bilan “b”/“bb” darajasida tasdiqladi


    Nega aynan bugun farzandingizga sarmoya kiritish muhim ahamiyatga ega?


    O‘zbekistonda token chiqarish bo‘yicha pilot loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan


    Central Asian University ta’lim va tibbiyot yangi ekotizimiga 350 million dollarlik sarmoya kiritmoqda


    TENET: Sodiq Azimov ko‘chasidagi Stellar Residence premium rezidensiyalari galereyasi


    Silk Avia kattalarsiz sayohat qilayotgan bolalarga hamrohlik qilish xizmatini taklif etadi 


    M-Clinic’da UZD bo‘yicha yetakchi mutaxassislar ishtirokida birinchi telemeditsina maslahati o‘tkazildi 


    Hyundai Uzbekistan sizni Before Service tadbiriga taklif etadi


    Jahon banki O‘zbekistonda elektr taʼminotini yaxshilash uchun 100 mln dollar ajratdi

     

    Tavsiya etamiz

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30

    Si va Putin tandemi: Rossiya va Xitoyning “chegarasiz do‘stligi” Markaziy Osiyodagi muvozanatga qanday ta’sir qiladi?

    12 may, 19:00

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Zelenskiy Rossiya urushni tugatish uchun “noreal” shartlar qo‘yayotganini aytdi

    Dunyo | 18 may, 23:55

    Rossiyadagi koloniyadan tunnel qazib qochgan 5 nafar o‘zbekistonlikka hukm o‘qildi

    O‘zbekiston | 18 may, 23:25

    Superliga. “Paxtakor” yirik hisobda g‘alaba qozondi

    Sport | 18 may, 23:15

    Dunyoda 300 mln odam ochlikdan o‘lishi mumkin

    Dunyo | 18 may, 23:00

    Superliga. “Xorazm” “Mash’al”ni yirik hisobda mag‘lub etdi

    Sport | 18 may, 22:18

    Video: 105 yashar otaxonni haj safariga kuzatayotgan Namangan hokimi

    O‘zbekiston | 18 may, 22:17
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.