• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12910.15
    • RUB159.78
    • EUR14660.77
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +19°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Uyiga qaytgan Ronaldu, Messini uzoq kuttirgan sovrin, ikki frontda kurashayotgan UEFA va dunyoni vahimaga solgan Eriksen. Jahon sportida yil yakunlari

    Koronavirus pandemiyasi sabab beqaror o‘tgan 2020-yildan keyin 2021-yil juda tig‘iz taqvimga egaligi bilan ajralib turdi. Rejadagi va karantin sabab qoldirilgan musobaqalarning o‘tkazilishi bunga zamin yaratib berdi. “Daryo” ushbu sahifada 2021-yil jahon sportida yuz bergan muhim voqealarni yodga oladi.

    Ikki kun “yashagan” Yevropa Superligasi

    Foto: Twitter

    Foto: Twitter

    2021-yilning 18-aprel kuni Yevropaning 12 grand klubi boshchiligida Superligaga asos solindi. Ushbu loyihaning yetakchilari sifatida “Barselona”, “Real” va “Yuventus” katta sahnaga chiqdi. Biroq Liga tashkil topganidan ikki kun o‘tib, barcha klublar FIFA, UEFA va muxlislarning juda kuchli bosimi ostida birin-ketin loyihadan chiqqanini e’lon qila boshladi. Yuqorida nomi qayd etilgan klublar esa hamon loyihadan voz kechgani yo‘q va kurashishda davom etmoqda.

    Garchi Superliga asoschilari Yevrokuboklar saviyasini oshirishni, yuqori darajadagi klublar va futbolchilar bir-biri bilan raqobat qiladigan format yaratish haqida bong urgan bo‘lsa ham, buning tagida moliyaviy manfaatlar yotgani hech kimga sir emas. Ammo UEFA ularga maydonni osonlikcha bo‘shatib bermadi, tashkilot klublarga turli sanksiyalar, chetlatishlar bilan bosim o‘tkazdi va loyihani to‘xtatib qoldi.

    Shundan so‘ng tomonlar o‘rtasida sudlashuvlar bo‘lib o‘tdi va unda klublar foydasiga qaror qabul qilindi. Ayni paytda UEFA Superliganing utopiya ekanligini aytayotgan bo‘lsa, Florentino Peres boshchiligidagi “Superligachilar” loyiha davom etishi haqida gapirmoqda va puxtaroq reja hozirlamoqda.

    Oktabr oyida OAV Superliga yangilangan reglamentda qaytishi haqida bong urdi. The Athletic xabariga ko‘ra, avval e’lon qilingan va muvaffaqiyatsizlikka uchragan yopiq turnir emas, balki 140 ta jamoa ishtirok etadigan musobaqalar piramidasi tashkil etiladi. Turnir uchta bosqichda o‘tkaziladi: oliy divizionda 20 ta klub, ikkinchi divizionda 20 tadan jamoaga ega 2 ta guruh, 3-divizionda esa 4 ta guruh bo‘ladi. Asosiy e’tibor o‘z ligasida gegemon bo‘la turib, YChLda muvaffaqiyatsiz qatnashadigan mamlakatlar jamoalariga qaratiladi.

    “Aristokratlar”ning shohsupaga qaytishi

    Foto: UEFA

    Foto: UEFA

    2016/17-yilgi mavsumdan keyin katta musobaqalarda g‘alaba qozonmay qo‘ygan “Chelsi” uzoq vaqt davomida inqiroz davrini boshdan o‘tkazdi. Bu inqiroz 2021-yilga kelib barham topdi deyish mumkin. Klub prezidenti Roman Abramovich 2020/21-yilgi mavsum boshida transferlar uchun aql bovar qilmas pul sarfladi va yuqori darajali futbolchilarni Londonga olib keldi. Yanvar oyiga kelib esa Frenk Lempardning o‘rinini Tomas Tuxel egalladi. Germaniyalik mutaxassis kelishi jamoaning o‘yini darhol o‘zgardi. “Ko‘klar” uning qo‘l ostida APLda 4-o‘rinni egallagan bo‘lsa, Chempionlar Ligasi bosh sovrinini o‘ziniki qildi.

    Bu “Chelsi” uchun ushbu musobaqada 2012-yildan keyingi ilk g‘alaba bo‘ldi. Jamoa bu yo‘lda pley-off bosqichida “Atletiko M”, “Portu”, “Real” kabi jamoalarni dog‘da qoldirdi. Hal qiluvchi bahsda esa boshqa bir ingliz klubi “Manchester Siti” minimal hisobda taslim etildi.

    Tuxel jamoasi ushbu mavsumda ham o‘ziga xos uslubda o‘yin ko‘rsatib kelmoqda va APLda ham, YChLda ham g‘oliblik uchun asosiy da’vogarlar qatorida tilga olinmoqda.

    Yevro—2020 va yengilmas Italiya

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Koronavirus pandemiyasi tufayli bir yil kechikib o‘tkazilgan Yevro—2020 muxlislarga kutilganidan ham ko‘proq emotsiya bera oldi. Guruh bosqichidan tortib, to hal qiluvchi bahslargacha bo‘lgan barcha bellashuvlar millionlar o‘yini ishqibozlarining e’tiborini o‘ziga jalb qildi.

    Fransiya, Ispaniya, Belgiya, Germaniya, Portugaliya kabi favoritlar qatorida tilga olingan jamoalar o‘z darajasidan pastroq harakat qilgan bo‘lsa, Daniya va Shveysariya musobaqa kashfiyoti bo‘lib tomoshabinlar mehrini qozondi.

    Musobaqa g‘olibiga aylangan yengilmas Italiya esa guruh bosqichidan 100 foizlik natija ko‘rsatib, pley-offda Belgiya, Ispaniyaga qarshi ajoyib o‘yin ko‘rsatdi. “Uembli”da kechgan finalda penaltilar seriyasida Angliyani mag‘lub etdi. Shu tariqa Roberto Manchini boshchiligidagi italyanlar 5 yil kutilgan qit’a chempionati bosh sovrinini Apenin yarim oroliga olib ketdi va 2022-yilgi Jahon Chempionati oldidan o‘zlari uchun ko‘tarinki kayfiyat yaratdi. Ammo hozircha Italiyaning Qatar—2022 ga borishi katta so‘roq ostida turibdi. Buning uchun jamoa pley-off bosqichida ikkita o‘yinda g‘alaba qozonishi kerak.

    Butun dunyoni qo‘rqitgan Kristian Eriksen

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Yevro—2020 guruh bosqichi doirasidagi Daniya va Finlyandiya terma jamoalari o‘rtasidagi bahsning birinchi bo‘limida Kristian Eriksen to‘satdan, hech qanday kontakt yo‘q joyda maydonga yiqildi. Ushbu vaziyatda uning yuragi to‘xtab qoldi.

    Shundan so‘ng Eriksenni saqlab qolish uchun uchrashuv deyarli bir soatga to‘xtatildi. Bu vaqt davomida shifokorlar uni jonlantirishga harakat qildi. Eriksen faqat kasalxonaga olib ketilish oldidangina ko‘zini ochdi. Shifoxonada operatsiyani boshdan o‘tkazgan futbolchining yuragiga kardioverter-defibrillyator qo‘yildi.

    Ushbu bir soat davomida butun futbol olami tom ma’nodagi dahshatni boshdan kechirdi va Eriksenning tirik qolishi uchun duoda bo‘ldi. Eriksen yiqilgan vaziyatda tezkorlik bilan shifokorlarni chaqirgan, bu dahshatning kameralarga muhrlanmasligi uchun jonli aylana tashkil qilgan va Kristianning rafiqasiga dalda bergan Simon Kyer esa tom ma’noda yil qahramoniga aylandi.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images
    Yevrodan so‘ng futbolchi uzoq vaqt davomida shifokorlar nazoratida bo‘ldi, bu orada kardioverter-defibrillyator bilan A Seriyada o‘ynab bo‘lmasligi ma’lum bo‘ldi va “Inter” daniyalik futbolchi bilan shartnomani bekor qildi. Hozirda Eriksen erkin agent maqomida, uning Daniya chempionatiga qaytishi haqida xabarlar yangramoqda.

    Messiga atalgan Kopa Amerika

    Foto: Twitter

    Foto: Twitter

    Janubiy Amerika chempionatining Yevro—2020 bilan bir vaqtda o‘tgani qaysidir ma’noda uning soyasida qolib ketishiga sababchi bo‘ldi. Shunga qaramay musobaqani kuzatgan muxlislar Lotin Amerikasi futbolining haqiqiy jozibasiga guvoh bo‘la oldi.

    2021-yilgi musobaqagacha Lionel Messi terma jamoadagi o‘yini sabab tinimsiz ravishda tanqid qilinib kelinardi va bu qit’a birinchiligi Leoni ushbu “tamg‘a”dan xalos etdi.

    Messi boshchiligidagi Argentina terma jamoasi musobaqa g‘olibligi yo‘lida hech qaysi raqibini ayab o‘tirmadi. Jamoa yarim finalga qadar ortiqcha qiyinchiliklarsiz, tartibli o‘yin ko‘rsatib yetib keldi. 1/2 finalda penaltilar seriyasida Kolumbiyani mag‘lubiyatga uchratdi. Hal qiluvchi o‘yinda esa musobaqa mezboni Braziliya taslim etildi. Lionel Messi 4 ta gol bilan musobaqa to‘purari bo‘ldi.

    Uning finaldagi g‘alabadan keyingi quvonchi haqida yaxshisi ortiqcha gapirmagan ma’qul. Uning o‘rniga ko‘z yoshlar gapirdi...

    Foto: Twitter

    Foto: Twitter
    O‘sha kuni nafaqat, Messining personal muxlislari, balki shunchaki uning o‘yinini kuzatadiganlar ham Leoning orzusi (terma jamoa bilan sovrin qo‘lga kiritish) ushalganidan xursand bo‘ldi.

    Besh yil kutilgan Tokio Olimpiadasi

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Yuqorida ta’kidlanganidek, 2020-yilda o‘tishi kerak bo‘lgan yirik musobaqalardan yana biri besh yil kutilgan to‘rt yillikning eng nufuzli musobaqasi — Olimpiada bo‘ldi.

    200 dan ortiq davlat delegatsiyalari qatnashgan Tokio—2020 Olimpiadasida umumiy hisobda 339 ta medallar jamlanmasi o‘z egalariga topshirildi.

    Karantin talablari qat’iy amal qilingan musobaqa juda ko‘plab takrorlanmas lahzalari bilan yodda qoldi. Bunga besh yil davomida Olimpiya o‘yinlari litsenziyasi uchun kurashgan va mashg‘ulotlar olib borgan sportchilarning musobaqalarga kirishishiga atigi bir necha soat qolganida virus yuqtirib olib, izolyatsiyaga olinishi, shohsupaga ko‘tarilgan sovrindorlarning medallarni o‘z bo‘yniga o‘zi taqishi va boshqa bir qancha noodatiy holatlarni keltirish mumkin.

    Medallar hisobi bo‘yicha umumiy reytingda AQSh (39 ta oltin, 41 ta kumush, 33 ta bronza) birinchi o‘rinni egallagan bo‘lsa, Xitoy (38 ta oltin, 32 ta kumush, 18 ta bronza) va mezbon Yaponiya (27 ta oltin, 14 ta kumush, 17 ta bronza) kuchli uchlikka yakun yasab berdi.

    Messining “Barselona”dan ketishi

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    2021-yilning 5-avgustida Messining “Barselona”dan ketgani haqidagi xabar nafaqat futbol olami, balki millionlar o‘yiniga qiziqmaydiganlarning diqqatini tortdi. Faoliyatini katalon klubida boshlagan daho shu vaqtga qadar boshqa jamoada o‘ynamagandi va allaqachon tom ma’noda klubning ramziga aylanib ulgurgandi. Messini “Barselona”siz va “Barselona”ni Messisiz tasavvur qilib bo‘lmas edi.

    Garchi tomonlar kelishuvni uzaytirishni xohlagan bo‘lsa-da, La Liga reglamenti bilan bog‘liq iqtisodiy va tarkibiy to‘siqlar tufayli hujjatni rasmiylashtirishning iloji bo‘lmadi.

    Messi 2020-yilda ham “Barselona” rahbariyatidan xafa bo‘lib, jamoadan ketmoqchi bo‘lgandi, biroq o‘zini “odam qilgan” klub bilan sudlashishni xohlamay, qolishga qaror qilgandi. Ammo 2021-yilda umuman boshqacha holat bo‘ldi.

    Dunyoning eng yaxshi (agar eng yaxshisi bo‘lmasa) ikki futbolchisidan biri erkin agentga aylanganida uni o‘z safiga qo‘shib olishni istaganlar tabiiyki, ko‘p bo‘ldi, ammo faqat “PSJ”gina uning moliyaviy istaklarini qondira oldi. Shu tariqa Messi Fransiya poytaxtiga yo‘l oldi va parijliklar safida Leo, Neymar, Kilian Mbappedan iborat fantastik trio tashkil topdi. Garchi trio kutilgani kabi zo‘r o‘ynamayotgan bo‘lsa ham, baribir muxlis ham, mutaxassis ham ularning ishtirokidagi o‘yinni katta qiziqish bilan kuzatishi bor gap. Hozircha Messi Fransiya chempionatida 11 ta o‘yin o‘tkazib, atigi 1 ta gol urdi.

    Messi “Barselona” uning uyi ekanligini va qachondir u yerga qaytishini aytib keladi. Ma’lumot uchun, uning “PSJ” bilan amaldagi shartnomasi 2023-yilda o‘z nihoyasiga yetadi. O‘sha yilga borib, Leo 36 yoshda bo‘ladi va moliyaviy qiyinchiliklarni boshdan o‘tkazayotgan “Barselona”ga erkin agent sifatida qaytish ehtimoli yo‘q emas.

    “Adashgan o‘g‘il” — Ronalduning “Manchester Yunayted”ga qaytishi

    Foto: Twitter

    Foto: Twitter

    Messining “Barselona”dan ketganidan-da shov-shuvliroq qanday xabar bo‘lishi mumkin? Javob juda oddiy: Krishtianu Ronalduning “Manchester Yunayted”ga qaytishi.

    Manchesterdagi yurishini 2003-yilda boshlagan portugaliyalik 2009-yilga kelib, katta sarguzashtlar izlab, u yerdan bosh olib ketgandi. Shundan so‘ng Krish 12 yil davomida Ispaniya va Italiyani zabt etdi, bir necha marta Chempionlar Ligasida g‘alaba qozondi, “Oltin to‘p”larni qalashtirib tashladi.

    Avgust oyiga kelib esa uning “Yuventus”dan ketmoqchiligi, unga asosiy da’vogarlardan biri “Manchester Siti” ekanligi aytildi. Hatto jahon futbolining eng nomdor insayderlari ham Krishtianuning “shaharliklar” bilan kelishuvga erishgani haqida xabar bera boshladi.

    Biroq so‘nggi pallada barchasi o‘zgarib ketdi va Ronalduning uyga qaytishi aniq bo‘ldi. Ma’lumotlarga ko‘ra, Krishning “Siti” safiga yo‘l olishiga Aleks Fergyuson yo‘l qo‘ymagan va Ronalduni ikkinchi marta jamoaga olib kelgan.

    Ko‘pchilik Ronalduning “Manchester”ga qaytishi jamoa uchun faqat zarar bo‘lishini taxmin qilgandi. Hozircha bu taxminlar o‘zini oqlagani yoki aksincha ekanligi haqida biror nima aytish qiyin. Lekin Ronaldu kelganidan beri jamoada hech qaysi futbolchi undan ko‘p gol ura olmagani faktdir — 14 ta.

    UEFA Millatlar Ligasi

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Ko‘pchilik uchun tushunarsiz bo‘lgan Millatlar Ligasi musobaqasi ham bu yil ancha-muncha voqealarga boy bo‘ldi. Xususan, 6 yillik tanaffusdan keyin terma jamoaga qaytgan Karim Benzema boshchiligidagi alamzada (Yevro—2020 dagi muvaffaqiyatsizlikdan keyin) Fransiya dominant o‘yin ko‘rsatib, g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. “Uch-ranglilar” finalda kuchga to‘lgan yosh Ispaniyani taslim qildi.

    Yevropa chempionati g‘olibi Italiya esa 3-o‘rin uchun bahsda hech nima yutmagan Belgiyaning oltin avlodidan ustun keldi.

    2024-yildan UEFA Millatlar Ligasida Janubiy Amerika vakillari ham ishtirok etadi. Ushbu ma’lumotni dekabr oyi o‘rtalarida UEFA vitse-prezidenti Zbignev Bonek tasdiqladi. Argentina, Braziliya, Kolumbiya, Peru, Urugvay va Chili A Ligada, Boliviya, Ekvador, Paragvay va Venesuela esa B Ligada ishtirok etishi kutilmoqda.

    Shu tariqa UEFA Jahon Chempionatini har ikki yilda o‘tkazmoqchi bo‘layotgan FIFAga juda kuchli zarba berdi. Ha, UEFA ichki frontda grand klublar bilan, xalqaro maydonda esa FIFA bilan kurashmoqda.

    Messining yettinchi “Oltin to‘pi”

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Fransiyaning France Football nashri 1960-yildan beri yil davomida eng yaxshi o‘yin ko‘rsatgan, jamoaviy va individual sovrinlarni qo‘lga kiritgan futbolchilarni taqdirlab keladi. Bu yilgi sovrin Lionel Messiga topshirildi, argentinalik daho uchun mazkur qimmatli to‘p hisob bo‘yicha yettinchisi bo‘ldi. Qayd etib o‘tib ketish kerak, bu borada uning eng yaqin ta’qibchisi Krishtianu Ronalduning hisobida beshta “Oltin to‘p” bor.

    Sovrinning Messiga topshirilishi media olamida “yil o‘g‘irligi”, “yil qovuni”, “yil adolatsizligi” sifatida qayd etildi. Aksariyat mutaxassis va muxlislar sovrinni Robert Levandovski olishi kerak edi degan fikrni ilgari surdi. Boisi u 2021-yilda eng ko‘p gol urgan futbolchiga aylandi — 69 ta. Va butun yil davomida bir xil — yuqori darajada o‘yin ko‘rsatdi. Bundan tashqari, 2020-yil uchun ham “Oltin to‘p”ni Robert olishga haqli deganlar topildi. “Uyda o‘tirilgan” yilda France Football koronavirus tufayli tarixda ilk marta mukofotni hech kimga topshirmagandi. O‘shanda polshalikning g‘olib bo‘lish imkoniyati deyarli 100 foiz edi.

    Agueroning futbol bilan xayrlashishi

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Odatiy kunlarning biri edi va “Barselona” 31-oktabr kuni La Liga doirasidagi o‘yinda o‘z maydonida “Alaves”ni qabul qilayotgandi. Uchrashuvning 41-daqiqasida Aguero o‘zini yomon his qildi. Shifokorlar uning yuragida muammo borligini ma’lum qildi va Kun zaxiraga olindi. O‘shanda hech kim Agueroni oxirgi marta maydonda ko‘rayotgani haqida o‘ylab ham ko‘rmagandi...

    Dastlabki tibbiy ko‘rikdan so‘ng “Barselona” matbuot xizmati futbolchining ahvoli yaxshi ekanligi, ammo 3 oy davomida futbol o‘ynay olmasligi haqida ma’lumot berdi. Biroq oradan hech qancha o‘tmay, 15-dekabr kuni Agueroga yurak taxikardiyasi tashxisi qo‘yildi va uning boshqa maydonga qayta olmasligi aniq bo‘ldi.

    Katta niyatlar bilan mavsum boshida “Barselona”ga kelgan Aguero ilk kunlardanoq muammodan boshi chiqmadi. Dastlab, qadrdon do‘sti Messi jamoadan ketgan bo‘lsa (aslida u Messi bilan birga o‘ynash uchun kelgandi), keyinchalik jarohat sabab uzoq vaqt maydonga tusha olmadi. Oxir-oqibat bir-yo‘la katta sport bilan xayrlashib qo‘ya qoldi. U matbuot anjumanida bu haqida ko‘zida yosh va alam bilan e’lon qildi...

    Mana shunaqa, do‘stlar, 2021-yil futbol olami uchun shunday qayg‘uli xabar bilan yakunlandi.

    Mavzuga doir: “Maradona Italiyani zabt etdi, Messi Ispaniyani, Aguero esa Angliyada buni uddaladi”. Futbol ahli Serxio Aguero bilan xayrlashdi

    Yil janglari

    • MMA afsonasi Fyodor Yemelyanenko 2 yillik tanaffusdan oktagonga qaytdi. U amerikalik raqibi Timoti Jonsonni 1-raunddayoq dahshatli nokautga uchratdi.
    • 2021-yilda ko‘pchilik Tayson Fyuri va Entoni Joshua qarama-qarshiligini kutgandi, ammo ularning ikkisi ham boshqa bokschilarga qarshi jang qildi. Fyuri dramatik jangda Deontey Uaylderni 11-raundda nokautga uchratgan bo‘lsa, Entoni Joshua Londonda Oleksandr Usikka yutqazib qo‘ydi. Usik ushbu g‘alabadan keyin britaniyalik bokschining ucta kamarini o‘ziniki qilib oldi.
    • Ikki yillik tanaffusdan so‘ng ringga qaytgan Menni Pakyao ochkolar hisobiga kubalik bokschiga yutqazib qo‘ydi. Ushbu jangdan ko‘p o‘tmay filippinlik bokschi professional faoliyatini yakunlaganini e’lon qildi. Pakyao 2022-yilda Filippinda bo‘lib o‘tadigan prezidentlik sayloviga o‘z nomzodini qo‘ygan.
    • Saul “Kanelo” Alvares esa 2021-yilda naq 3 ta jang o‘tkazdi va ularning barchasida g‘alaba qozondi. “Kanelo” fevral oyida Avni Yildirim, mayda yengilmas Billi Jo Sonders, noyabr oyida boshqa bir yengilmas jangchi Kaleb Plantni “yer tishlatdi”. Shu tariqa meksikalik jangchi supero‘rta vazn toifasida mutlaq chempionga aylandi. Alvares endilikda og‘ir vaznda ham jang qilish niyati borligini ma’lum qildi.

    31.12.2021, 15:06   Izoh (0)   32213
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    DXX raisidan bosh vazir o‘rinbosarlarigacha. Sport tashkilotlariga ham rahbarlik qilayotgan o‘zbek amaldorlari

    31.12.2021, 13:34

    Rivaldo, Vilyanueva, Cheran va boshqalar. O‘zbekiston chempionati tarixidagi eng yaxshi legionerlar

    31.12.2021, 11:33

    Navbatdagi mundialdan quruq qolgan O‘zbekiston terma jamoasi, boksdagi muvaffaqiyatsizlik, Superligadagi janjallar va bevaqt vafot etgan afsonalar. O‘zbek sportida...

    31.12.2021, 09:52

    APL. “Manchester Yunayted” 4 ta gol urilgan o‘yinda autsayder ustidan ishonchli g‘alabaga erishdi

    31.12.2021, 03:21

    Koronavirus o‘chog‘iga aylangan “Barselona”, katalonlarni “qiynayotgan” Dembele va “Energetik-BGU”da e’tirof etilgan Ubaydullayev. Eng so‘nggi sport yangiliklari

    30.12.2021, 22:10

    APL. “Chelsi” so‘nggi daqiqalarda g‘alabani qo‘ldan chiqardi, “Manchester Siti” debyutantni bazo‘r yengdi

    30.12.2021, 05:08
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    Siberian Wellness — O‘zbekistonda 15 yil


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    Uklonda taksi haydovchilari uchun katta tadbir o‘tkazildi!


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    Mobiuz “MazzaFest”da yangi “Mazza” va “Mazza 2.0” tarif rejalarini taqdim etadi


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    Moliyaviy savodxonlik maktab ostonasidan boshlanadi


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud

     

    Tavsiya etamiz

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Fazoviy poyganing boshlanishi — Gagarinning parvozi yolg‘on bo‘lganmi?

    6 may, 18:00
    Audio Icon

    “Qurolli qushchalar”. O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan dronlar haqida

    5 may, 21:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Anchelotti “Real” boshqaruvini qachon tark etishi ma’lum bo‘ldi

    Sport | 9 may, 23:38

    Superliga. “Dinamo” “Surxon”ni mag‘lub etib, turnir jadvalida kuchli uchlikka kirib oldi

    Sport | 9 may, 22:35

    AQSH byudjeti taqchilligi yil boshidan beri 196 mlrd dollarga ko‘paydi

    Dunyo | 9 may, 22:05

    Fransiyada ikki general hokimiyatni tanqid qilgani uchun ishdan olindi

    Dunyo | 9 may, 21:35

    “Liverpul” “Real”ning qaroridan norozi bo‘ldi

    Sport | 9 may, 21:12

    NATO Kiyevga tinchlik shartnomasining bir qismi sifatida a’zolikni va’da qilmaganini bildirdi

    Dunyo | 9 may, 20:35

    Superliga. Vodiy derbisida “Neftchi” ustun keldi

    Sport | 9 may, 20:21
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.