Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Bayram dasturxoni uchun ayni muddao bo‘lgan yana bir shirinlik retsepti bilan tanishing.

Foto: Lifehacker

Foto: Lifehacker

Kerakli mahsulotlar:

  • tayyor biskvitli rulet – 400 gramm;
  • plastinkali jelatin – 8 dona;
  • yogurt – 300 gramm;
  • shakar upasi – 100 gramm;
  • limon sharbati – 1 choy qoshiq;
  • rezavorlar – 250 gramm;
  • qaymoq – 500 gramm.
Tayyorlanish jarayoni:
  1. Rulet bir xil shaklda kesib olinadi. Dumaloq idishga plyonka solinib, rulet bo‘laklari terib chiqiladi.
  2. Jelatin sovuq suvda 10-15 daqiqaga bo‘ktiriladi. Yogurt shakar upasi va limon sharbati bilan aralashtiriladi.
  3. Jelatin suvdan olinib, bug‘da eritiladi va 2-3 osh qoshiq yogurt bilan aralashtiriladi.
  4. Qolgan yogurt, rezavorlar ham jelatin bilan aralashtiriladi.
  5. Qaymoq mikser yordamida ko‘pirtiriladi.
  6. Krem va yogurt asta-sekin aralashtiriladi. Tayyor bo‘lgan massa rulet ustidan quyiladi va yana ruletning qolgan qismi terib chiqiladi.
  7. Tortning ustki qismi plyonka bilan yopilib, 4-5 soatga muzlatkichga qo‘yiladi.
  8. Tortni dasturxonga tortishdan avval dumaloq idish ehtiyotkorlik bilan aylantirib qo‘yiladi. Shundagina tortning shakli chiroyli chiqadi.
Yoqimli ishtaha!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
S7 Airlines aviakompaniyasi Irkutskdan Farg‘onaga parvozlarni tiklamoqda
Mahalliy
O‘zbekistonda dollar kursi ko‘tarildi
Salomatlik
Yashirin kasallik: demensiya haqida nimalarni bilish zarur?