Daryo

Yangi yil dasturxonini qovoqdan tayyorlanadigan qaymoqli keks bilan bezang

Keksni xohishga qarab istalgan meva bilan bezasangiz bo‘ladi

1 daqiqa o‘qish34 124 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Elle

Ushbu shirinlik nafaqat ta’mi, balki foydali ekani bilan ham o‘ziga xosdir.

Foto: Elle
Kerakli mahsulotlar:
  • sariyog‘— 85 g;
  • shakar — 110 g;
  • tuxum — 170 g;
  • un — 200 g;
  • razrixlitel — 1 g;
  • muskat yong‘og‘i — 1 g;
  • dolchin — 1 g;
  • tuz — 1 g;
  • asal — 25 g;
  • qovoq pyuresi — 150 g;
  • olma pyuresi — 60 g;
  • apelsin sharbati — 20 ml;
  • yong‘oq — 60 g;
  • qovoq urug‘i — 10 g.
Kremi uchun:
  • qaymoq — 300 ml;
  • karamelli shokolad — 100 g;
  • asal — 6 g;
  • tuz.
Tayyorlanish jarayoni
  • Sariyog‘ga shakar keyin esa tuxum qo‘shib mikserda aralashtiring.
  • Un, razrixlitel, tuz va maydalangan apelsin po‘stini qo‘shing.
  • Asal, pyureli aralashma va sharbat, shuningdek, maydalangan yong‘oq qo‘shib aralashtiring.
  • Keks pishirishga mo‘ljallangan maxsus idishga yog‘ surtib, un seping.
  • 175 daraja qizigan olovda 35-45 daqiqa davomida pishirib oling.
  • Qaymoqqa asal qizdirib oling.
  • Shokolad qo‘shib blenderda aralashtiring.
  • 6 soatga sovitkichga qo‘ying.
  • Tayyor bo‘lganidan keyin xamir ustidan quying.
  • Xohishga qarab istalgan meva bilan bezasangiz bo‘ladi.
Yoqimli ishtaha! Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar