Oddiy va mazali pirog oilaning barcha a’zolariga manzur kelishi shubhasiz.
Foto: Elle
Kerakli mahsulotlar:
- un – 100 gramm;
- tuxum – 2 dona;
- shakar – 80 gramm;
- sariyog‘ – 10 gramm;
- asal – 110 gramm;
- apelsin po‘sti– 1 osh qoshiq;
- apelsin sharbati – 40 gramm;
- qabartma – 1 choy qoshiq;
- tuz, xurmo.
- 40 gramm apelsin sharbati va 70 gramm shakar aralashtiriladi va sirop tayyorlash uchun qaynatiladi.
- Qolip ichiga pergament qog‘oz solinib, sirop quyiladi.
- Ustidan parrak qilib kesilgan xurmo terib chiqiladi.
- 100 gramm sariyog‘ eritilib, asal va apelsin po‘sti qo‘shiladi.
- 2 ta tuxum oqargunga qadar yaxshilab ko‘pirtiriladi.
- So‘ngra asalli aralashma ustidan quyiladi. Ustidan un, qabartma va tuz qo‘shiladi.
- Xamirning suyuqligi smetana kabi bo‘lishi kerak.
- Xamir qolipga quyiladi va pechda 180 darajada 45 daqiqa davomida pishiriladi.
- Pirog tayyor bo‘lgach, qolipning qog‘oz tomoni yuqoriga qaratib qo‘yiladi va pirog asta sekin ajratib olinadi.
- Pirogni issiq choy bilan dasturxonga torting.
Mavzuga doir:
- Bor-yo‘g‘i 15 daqiqada tayyor bo‘ladigan shokoladli tort retsepti
- Xurmo va shokoladdan mazali puding retsepti
- Quyultirilgan sut va oddiy biskvitdan betakror ta’mga ega tort tayyorlaymiz
- O‘z qo‘lingiz bilan “Qora shahzoda” tortini tayyorlab ko‘ring
- Quyultirilgan sut qo‘shilgan yumshoqqina rulet retsepti
- Betakror ta’mga ega mandarinli rulet retsepti
Izoh (0)