Yaponiyada kuchli qor yog‘ishi oqibatida transport harakati to‘xtadi, minglab oilalar elektr ta’minotisiz qoldi. Bu haqda The Watchers xabar berdi.
Xabarga ko‘ra, Yaponiya dengizi sohillarida yetti kundan beri qor yog‘moqda. Noqulay ob-havodan 10 ga yaqin kishi jabrlangan. Hukumat aholiga zaruratsiz uylarini tark etmaslikni tavsiya qilmoqda.
Qayd etilishicha, Aomori prefekturasida 200 santimetr, Kioto, Nagoye va Xirosimada ham ko‘p miqdorda qor yog‘gan.
Qor yog‘ishi tirbandliklarga sabab bo‘lgan. Yaponiyaning ayrim hududlarida reyslar bekor qilingan, transport harakati to‘xtatilgan, 3200 dan ortiq oila elektrsiz qolgan.
Izoh (0)