• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Jahon banki Tojikistondagi Nurek GESni modernizatsiya qilish uchun qo‘shimcha 65 mln dollar ajratdi

    Jahon banki (JB) Tojikistondagi Nurek GESni modernizatsiya qilish loyihasining ikkinchi bosqichini moliyalashtirish uchun 65 million dollar miqdorida qo‘shimcha grant ajratilishini ma’qulladi.

    Nurek GESi

    Nurek GESi
    Foto: Ritmeurasia
    Stansiyaning qayta tiklanishi elektr ta’minoti ishonchliligini oshiradi va Tojikistondan “yashil” elektr energiyasi eksportining ko‘lamini kengaytirishga imkon beradi, deyiladi JB saytida.

    “Mamlakat energetika tizimining asosi bo‘lmish Nurek GESga sarmoya kiritish mamlakat ichidagi aholi xonadonlari va korxonalarni barqaror va ishonchli elektr energiyasi bilan ta’minlash, shuningdek, mintaqaviy bozorda eksport tushumlarini oshirish uchun zarur”, — dedi Jahon bankining Respublikadagi doimiy vakili Ozan Sevimli.

    Jahon banki (225,7 million dollar), Osiyo infratuzilma investitsiya banki (60 million dollar) va Yevrosiyo taraqqiyot banki (40 million dollar) tomonidan moliyalashtirilgan Nurek GESni modernizatsiya qilish loyihasining birinchi bosqichi 2019-yilning mart oyida boshlangan edi. Loyihani amalga oshirish muddati — 5 yil (2023 yilgacha). Shu vaqt ichida GESning 9 ta gidroagregatidan uchtasi va infratuzilmaning asosiy komponentlari modernizatsiya qilinadi, ishlab chiqarilgan elektr energiyasini uzatishda foydalaniladigan 6 ta avtotransformator almashtiriladi, obyektni seysmik faollik, suv toshqini va boshqalardan muhofazalash maqsadida to‘g‘on xavfsizligi oshiriladi.

    Jahon banki tomonidan ilgari 50 million dollar ajratilgan loyihaning ikkinchi bosqichi doirasida qolgan 6 ta GES, Nurek ko‘prigi rekonstruksiya qilinadi, GESdan foydalanish va texnik xizmat ko‘rsatish samaradorligini oshirish bo‘yicha boshqa chora-tadbirlar amalga oshiriladi. Loyiha 2024—2028-yillar davomida amalga oshiriladi, deyiladi xabarda.

    Qayd etilishicha, qo‘shimcha 65 million dollar 164 million dollarlik 2-bosqichni moliyalashtirishdagi bo‘shliqni to‘ldiradi. Qolgan kamomad qo‘shma moliyalashtirishning boshqa potensial manbalari, shu jumladan, 1-bosqichdagi jamg‘armalarni qayta taqsimlash hisobiga qoplanishi kutilmoqda. Shunday qilib, Jahon banki tomonidan loyihaga kiritilgan investitsiyalarning umumiy hajmi 341 million dollarni tashkil etadi.

    Nurak GES 1972—1979-yillarda ishga tushirilgan, u hozirda Tojikistondagi elektr energiyasiga bo‘lgan yillik ehtiyojning qariyb 50 foizini ta’minlab, eksport qilinadigan elektrning katta qismini yetkazib bermoqda. Bu O‘rta Osiyodagi eng yirik GES bo‘lib, uning 300 metrlik tosh to‘g‘oni balandligi bo‘yicha dunyoda ikkinchi o‘rinda turadi. Uskunalar eskirgani sababli stansiya o‘z loyihaviy quvvatining bor-yo‘g‘i 2320 MVtdan foydalanmoqda, bu esa barcha 9 blokning ishlashini hisobga olgan holda 3000 MVtni tashkil etadi. Modernizatsiyadan so‘ng stansiya quvvati 3210 MVtga yetkazilishi kutilmoqda.

    Mavzuga doir:

    • Tojikiston Nurek GESni qayta tiklaydi
    • Jahon banki Rog‘un GESi qurilishini moliyalashtirmaydi

    24.12.2021, 09:33   Izoh (0)   22334
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Putin: “Zelenskiy Ukraina xalqining tinchlik haqidagi so‘roviga javob bermayapti, u ‘radikal unsurlar’ ta’siriga tushib qolgan”

    24.12.2021, 08:50

    Britaniya sudi Dubay hukmdori qochib ketgan xotiniga 554 mln funt mablag‘ to‘lashi bo‘yicha qaror chiqardi

    24.12.2021, 08:32

    CNN: Saudiya Arabistoni Xitoyning yordami bilan ballistik raketalarni ishlab chiqarmoqda

    23.12.2021, 22:41

    Germaniyada “omikron” shtammidan birinchi o‘lim qayd etildi

    23.12.2021, 21:39

    AQSh harbiy dengiz kuchlari Erondan noqonuniy olib kelinayotgan qurollarni qo‘lga oldi

    23.12.2021, 20:12

    “Rossiyani mag‘lub etib bo‘lmaydi, uni faqat ichkaridan yo‘q qilish mumkin” — Putin

    23.12.2021, 18:41
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 

     

    Tavsiya etamiz

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50

    AQSH prezidenti 6 ta urushni to‘xtatganini da’vo qildi. Aslidachi?

    20 avgust, 11:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Andijonda 811 ta holatda jamoat joylarida tig‘li buyumlar olib yurgan fuqarolar aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 00:05

    Buxoroda ikki yilda bir marta xalqaro sanʼat biyennalesi o‘tkaziladi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:50

    “Ishlamasa, ana katta ko‘cha” — Erkinjon Turdimov Sirdaryoda boqimandalar ko‘payib ketganini aytdi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:41

    Ruminiya ittifoqchilarga harbiy bazalarini ochishga tayyorligini bildirdi

    Dunyo | 22 avgust, 23:35

    Venesuela AQSH bilan urushga tayyorlanyapti

    Dunyo | 22 avgust, 23:25

    O‘zbekiston real ish haqi oshishi bo‘yicha qo‘shni davlatlardan ortda qolmoqda — hisobot

    Iqtisodiyot | 22 avgust, 23:15

    Xitoyda o‘tkaziladigan SHHT sammitiga 20 dan ortiq davlat rahbarlari tashrif buyuradi

    Dunyo | 22 avgust, 23:05

    AQSH Federal qidiruv byurosi agentlari Trampning sobiq maslahatchisi Jon Boltonning uyida tintuv o‘tkazgan

    Dunyo | 22 avgust, 22:55

    Koinotda Quyosh tizimining sirlarini saqlayotgan vaqt kapsulasi topildi

    Dunyo | 22 avgust, 22:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.