Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Ijtimoiy tarmoqlarda Qamchiq dovonida 19-dekabr kuni qor yog‘ayotgani aks etgan videolavhalar tarqaldi. Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi holatni tasdiqladi.

Qayd etilishicha, Qamchiq dovonidan o‘tgan A-373 avtomobil yo‘lining 228—248-kilometrlari oralig‘ida qor yog‘ishi kuzatilmoqda. YHXBB mazkur yo‘ldan harakatlanib o‘tuvchi haydovchilardan:

  • tezlik me’yoriga rioya qilgan holda;
  • oraliq masofani saqlab;
  • o‘ta ehtiyotkorlik bilan harakatlanishni so‘ragan.

“Zaruratsiz tungi vaqtda dovon yo‘lida harakatlanmaslikni tavsiya qilamiz. O‘zingiz va atrofdagilar salomatligini asrang”, — deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, Qamchiq dovonida so‘nggi marta 25-noyabr kuni qor yog‘ish holati kuzatilgan. YHXBB dovondan o‘tgan avtomobil yo‘lining 228—250-kilometrlarida qor yog‘ishda davom etayotganini bildirib, haydovchilarni ogohlantirgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda talabalar uchun qishki ta’til muddati belgilandi
Dunyo
Ramzan Qodirovni tanqid qilgan chechenistonlik bloger o‘ldirib ketildi
Mahalliy
O‘zbekistonda so‘nggi sutkada 153 kishida koronavirus aniqlandi