Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Qamchiq dovonida 25-noyabr kuni qor yog‘a boshladi. YHXBB matbuot xizmati holat aks etgan videoni e’lon qildi.

Boshqarma dovondan o‘tgan avtomobil yo‘lining 228—250-kilometrlarida qor yog‘ishda davom etayotganini bildirib, haydovchilarni ogohlantirgan.

“Tezlik me’yoriga rioya qilgan holda, oraliq masofani saqlab, o‘ta ehtiyotkorlik bilan harakatlanishni so‘raymiz”, — deyiladi YHXBB xabarida.

Eslatib o‘tamiz, 25-noyabr kuni respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turishi, ba’zi joylarda yomg‘ir, qor yog‘ishi, tuman tushishi mumkinligi aytilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Isroil—Misr chegarasidagi otishma, qabrlarga qadalgan bayroqlar, Rally Muynak’da yonib ketgan avtomobil — hafta suratlari
Dunyo
Rajab Toyyib Erdo‘g‘on parlamentda qasamyod qilib, Turkiya prezidenti lavozimiga kirishdi
Dunyo
Prigojin Rossiya Mudofaa vazirligi “Vagner”chilarning Baxmutdan chiqish yo‘lini minalab tashlaganini aytdi