Professional boksning super yengil vazn toifasida harakat qilayotgan o‘zbekistonlik Shahram G‘iyosov (12-0, 9 KO) 17-dekabr kuni Toshkentda bo‘lib o‘tgan boks kechasida o‘zining navbatdagi jangini o‘tkazdi.
G‘iyosovga argentinalik Kristian Koriaga (29-9-2, 13 KO) qarshi ringga ko‘tarildi. To‘liq 10 raund davom etgan jangda Shahram G‘iyosov hakamlarning yakdil qarori bilan g‘olib deb topildi.
Qayd etish kerak, bu Shahram G‘iyosov uchun professional faoliyatidagi 12-g‘alaba bo‘ldi. U bundan oldingi jangini 2021-yilning 3-aprel kuni meksikalik bokschi Patrisio Lopes Morenoga qarshi o‘tkazib, uni nokautga uchratgan va WBA International kamarini himoya qilgandi.
Avvalroq mazkur boks oqshomida Dilshod Ro‘zmetov, Iqboljon Xoldorov, Elnur Abduraimov, Bektemir Meliqo‘ziyev va Hasanboy Do‘stmatov g‘alaba qozongandi.
Izoh (0)