“O‘zbekneftgaz” AJga qarashli AYoQShlarda 17-dekabr kunidan boshlab Ai-80 markadagi benzin 6890 so‘mdan arzonlashtirilib, har bir litri uchun 6500 so‘m narxda sotuvga chiqarildi. Bu haqda “O‘zbekneftgaz” matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, O‘zbekistonda benzin taqchilligining oldini olish va uning narxlarini arzonlashtirish borasida “O‘zbekneftgaz” AJ, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi va “Tovar xomashyo birjasi” AJ hamkorligida chora-tadbirlar ishlab chiqilgan.
Natijada “O‘zbekneftgaz” AJga qarashli AYoQShlarda 17-dekabr kunidan boshlab Ai-80 markadagi benzin har bir litri uchun 6500 so‘m narxda sotuvga chiqarilgan.
Ta’kidlanishicha, respublika hududidagi “O‘zbekneftgaz”ning barcha AYoQShlarda benzin shu belgilangan narxda sotilishi ta’minlanadi.
Avvalroq “O‘zbekneftgaz” AJga tegishli AYoQShlarda benzin taqchilligi kuzatilgani sababli ijtimoiy tarmoqlarda tanqidiy muhokamalar bo‘lgani, shundan so‘ng kompaniyaga tegishli zapravkalarda Ai-80 benzini narxi pasaygani haqida xabar berilgan edi. Shuningdek, O‘zbekistonda benzin narxi haqida ma’lumot beruvchi Telegram-bot ishga tushirilishi ma’lum qilingandi.
Mavzuga doir:
Izoh (0)