• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Jiddiy qaramas ekanmiz, Orol muammosini Toshkent yaqiniga olib kelgan bo‘lamiz”. Senat va mas’ullar Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi haqida

    Oliy Majlis Senatining 16-dekabr kungi yalpi majlisida Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimida yuzaga kelayotgan muammolarning ekologiya hamda aholi salomatligiga ta’siri yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga parlament so‘rovi yuborish masalasi ko‘rib chiqildi. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar bermoqda.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Masala yuzasidan so‘zga chiqqan Agrar, suv xo‘jaligi masalalari va ekologiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Risqul Siddiqov so‘nggi yillarda Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimining ekologik va biologik muhitini yaxshilash, undan foydalanish samaradorligini oshirish bilan bog‘liq muayyan ishlar amalga oshirilgan bo‘lsa-da, qator muammoli masalalar saqlanib qolayotganini ta’kidladi.

    “Ko‘llar tizimining suv hajmi 1994–2000-yillarda 44,1 mlrd metr kub, hududning umumiy maydoni 350 ming gektar, uzunligi 250 kilometr bo‘lgan bo‘lsa, “Chordara” suv omboridan 2013-2021-yillarda ko‘llar tizimiga suv tashlanmaganligi bois suv hajmi bugungi kunda 37,7 mlrd metr kubni tashkil etadi”, – deydi u.

    Siddiqov ko‘llar tizimidagi suvlarning yillik parlanishi hozirda iqlim ta’sirida 10 foiz, suvning sathi esa 2 metrga pasayib, suvning minerallashganlik darajasi so‘nggi o‘n yilda 5,1 gramm/litrdan 8,6 gramm/litrgacha, tizimning eng so‘nggi qismi bo‘lgan “Boymurod” hududi atrofida esa 12 milligrammdan oshganligini qayd etgan. Ba’zi joylarda ahvol bundan ham jiddiyroq ekanligi ta’kidlandi. Suv sathi pasayishi va suv tarkibining sho‘rlanishi natijasida ayrim qirg‘oq bo‘ylari 15-20, ba’zilarida hatto 50 metrgacha ortga chekingan, ana shu joylarda 15-20 santimetr, ba’zi joylarida esa undan ham yuqoriroq tuz qatlami hosil bo‘lgan. Bu esa kuchli shamol vaqtida tuzli changlarga sabab bo‘layotgani, qishloq xo‘jaligi yerlari ekin maydonlari va inson salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgani bildirildi.

    Senatning Agrar, suv xo‘jaligi masalalari va ekologiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Risqul Siddiqov.

    Senatning Agrar, suv xo‘jaligi masalalari va ekologiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Risqul Siddiqov.
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Senator so‘zida davom etar ekan, baliq zaxiralarini saqlab qolish va himoya qilish bo‘yicha nazorat tizimi to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilmaganligi oqibatida noqonuniy baliq ovlash holatlari uchrayotganini ta’kidladi. Ko‘llar tizimi hududida belgilangan me’yorlar asosida baliqlantirish, baliq mahsulotlarini qayta ishlash, ekoturizmni rivojlantirish, suvning sho‘rlanish darajasini yumshatish ishlari tizimli tashkil etilmaganini ham qo‘shimcha qildi.

    Shuningdek, baliq ovlash konturlarini ijaraga berish, ijara haqini undirish, baliq zaxiralarini muhofaza etish, ovlash qoidalariga rioya qilishni nazoratga olish, baliq ovlashda foydalanadigan texnikalarni ro‘yxatga olish va ularning nazoratini yuritish ishlari turli davlat organlariga yuklatilgani va ularning faoliyati muvofiqlashtirilmagani alohida ta’kidlandi. Bundan tashqari, tizimda intensiv texnologiyalar talab darajasida joriy qilinmagani, tizimdan foydalanish bo‘yicha qabul qilingan hujjatlarda nomuvofiqlik holatlari mavjudligi, ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasidagi nazorat bo‘yicha tuman (shahar) inspeksiyalariga Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimini muhofaza qilish bo‘yicha shtat birliklari ajratilmagani aytildi.

    “Agar bu muammoga ekologlar, butun jamiyat, xalq bilan zaruriy choralar ko‘riladigan bo‘lsa, yaxshi. Lekin hozirgidek o‘z holiga tashlab qo‘yiladigan bo‘lsa, yaqin 10-15 yilda bundan ham og‘irlashishiga olib keladi”, – deya qo‘shimcha qildi qo‘mita raisi o‘rinbosari.

    Boriy Alixonov, Senatning Orolbo‘yi mintaqasini rivojlantirish masalalari qo‘mitasi raisi.

    Boriy Alixonov, Senatning Orolbo‘yi mintaqasini rivojlantirish masalalari qo‘mitasi raisi.
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman
    Kelgusida sho‘r suvlar oqibatida suv minerallashuvi ortib boradigan bo‘lsa, chuchuk suvda yashaydigan baliqlarning yashashiga imkon yo‘qoladi. O‘z-o‘zidan baliqlar urchishi, chavoqlanishi masalasi yo‘q bo‘ladi. Ya’ni chuchuk suvda baliq ovlash umuman imkonsiz bo‘ladi. Ikkinchidan, ushbu ko‘llar tizimi tubidagi bir necha o‘nlab santimetrlik quyqadagi serovodorod yoki vodorod sulfid ochilib qoladigan bo‘lsa, atrof-muhitga jiddiy zarar yetadi. O‘sha hudud ekotizimining ixtiofaunasi yoki gidroflorasi yo‘q bo‘lib ketishi mumkin. Uchinchidan, baliq ovlaydigan bir martalik kichkina katakli to‘rlarni taqiqlash kerak. To‘rtinchidan, agar hozirdanoq 5-10 yildan so‘ng nima bo‘lishi haqida prognoz qilishni o‘rganmasak, ahvol undan battar bo‘lishi mumkin.Boriy Alixonov, Senatning Orolbo‘yi mintaqasini rivojlantirish masalalari qo‘mitasi raisi

    Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisining o‘rinbosari Jusipbek Kazbekov.

    Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisining o‘rinbosari Jusipbek Kazbekov.
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman
    Hozirda ushbu tizimdagi suv manbasining kuni faqatgina kollektor va drenaj tizimiga qolgan. Ekologik vaziyat o‘ta jiddiy ekanligi, nafaqat suvning, balki suv ketgan joylarning sho‘rlanishi ham ertaga chang-to‘zon manbasiga aylanib qolishi asosiy xavf bo‘lishi mumkin. O‘zim Orolbo‘yi hududi, Qoraqalpog‘istondan kelganim uchun bilaman. 1984-yilda 4-sinf vaqtimda hozirgi “Kemalar qabristoni”da mayoq bor edi. Kemada turib ko‘rgan katta dengizimiz ko‘z oldimizda. Institutni bitirib 10 yil oralig‘ida Mo‘ynoqqa borganimizda Aydar-Arnasoydan 30 baravar katta, 1000 kub kilometr hajmdagi dengiz mana shu qisqa vaqtda yo‘qolib ketgan. Toshkent shahridan u darajada uzoq bo‘lmagan ayni hududga (Aydar-Arnasoy) jiddiy qaramas ekanmiz, vaqtida chora-tadbirlar ko‘rmas ekanmiz, Orol muammosini mana shu yerga, Toshkent yaqiniga olib kelgan, ikkinchi Orol muammosini keltirib chiqargan bo‘lamiz.Jusipbek Kazbekov, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisining o‘rinbosari 

    Jizzax viloyati hokimi Ergash Soliyev

    Jizzax viloyati hokimi Ergash Soliyev
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman
    Sobiq Ittifoq davrida Jizzax va Sirdaryo cho‘l zonalarida ko‘plab miqdorda pestitsidlar ishlatilgan. Ular tuproqda qolib, bugungi kunda sho‘rni yuvish jarayonida ular ham Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimiga tushyapti. Ko‘llarning atrofi ochilishi tufayli mana shu zararli qumlar, dorilar, yaqinda qilingan tahlillarga ko‘ra, Toshkent shahridagi daraxtlarda ham chiqyapti. Ko‘p daraxtlar shuning natijasida qurimoqda. O‘z vaqtida “Chordara”da avariya holati bo‘lganida 24 milliard kub suv tashlangani hisobiga dalalar va chorvaga katta zarar yetgan. Endilikda Aydar-Arnasoyni saqlab qolish uchun juda katta ishlar qilishimiz kerak. Masala hozir aytilganidan ham og‘irroq.

    Ergash Soliyev, Jizzax viloyati hokimi

    Senator va mas’ullar fikridan so‘ng Tanzila Norboyeva ham ayni masalada o‘z fikrini bildirib, qaror loyihasini ovozga qo‘ydi. Loyiha bir ovozdan ma’qullandi.

    Senat raisi Tanzila Norboyeva.

    Senat raisi Tanzila Norboyeva.
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman
    Parlament so‘rovlarini yuborish o‘z-o‘zidan bo‘lmaydi. Joylarga chiqiladi, o‘rganiladi, asosli bo‘lsagina so‘rov yuboriladi. Hukumatdan ushbu masalaga juda jiddiy yondashishni iltimos qilamiz. O‘zim Jizzaxga borganimda viloyat hokimi va mahalliy senatorlar Aydar-Arnasoy masalasini ko‘targan. Orol fojiasi bizga juda katta maktab bo‘lgan. Necha yillar bo‘lgan bo‘lsa ham haligacha aziyatini chekyapmiz. Bu inson hayoti va salomatligiga ta’sir qiladigan masala, shuning uchun jiddiy yondashib, zarur choralar ko‘rishimiz kerak. Qaror loyihasida hammasi bayon etilgan.

     Tanzila Norboyeva, Senat raisi

    Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2021-yilning 8-noyabrida Aydar–Arnasoy ko‘llar tizimida ekologik barqarorlikni saqlash va ekoturizmni rivojlantirish masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazgan. Mutasaddilarga Aydar–Arnasoy ko‘llar tizimining ekologik holatini yaxshilash bo‘yicha dastur qabul qilish vazifasi qo‘yilib, uning doirasida suv sathini barqaror saqlash va sho‘rlanish darajasini kamaytirish choralari ko‘rilishi belgilangan. Hududda ekologik xavfsizlikni kuchaytirish, brakonyerlik va boshqa huquqbuzarlikning oldini olish bo‘yicha ham topshiriqlar berilgan.

    Ma’lumot uchun,  2020-yilning may oyida O‘zbekistonda ichki turizmni tiklash va rivojlantirish maqsadida Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimida va To‘dako‘l tizimida dam olish hududlari tashkil etilishi ko‘zda tutilgani haqida ma’lum bo‘lgandi. Prezident Shavkat Mirziyoyevga taqdim etilgan loyihalarda Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimida Orom qirg‘og‘i (Leisure Coast) suv sohilbo‘yi dam olish maskani tashkil etish, Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi bo‘ylab yo‘lovchi tashuvchi muntazam avtobus qatnovini yo‘lga qo‘yish ko‘zda tutilgani ko‘rsatilgan.

    Mavzuga doir:

    • O‘zbekistonda tabiiy ofatlar har yili o‘rtacha 1,4 mln kishiga ta’sir o‘tkazib, 3 mlrd dollarga yaqin zarar yetkazishi ma’lum qilindi
    • Aziz Abduhakimov BMTning iqlim bo‘yicha sammitida chang bo‘roni, Orol fojiasi va daraxtlar ekish haqida gapirdi
    • “Ekologik tahdidlar bilan kelajakda ko‘p yuzlashamiz” — mutaxassislar O‘zbekistonda havo ifloslanishining sabab va oqibatlari haqida

    16.12.2021, 17:53   Izoh (0)   18746
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Qibrayda bir oilaning 4 a’zosi va uydagi yollanma ishchini pichoqlab o‘ldirgan yigit umrbod ozodlikdan mahrum qilindi

    16.12.2021, 17:22

    O‘zbekistonda so‘nggi 5 yilda korrupsion jinoyatlar sabab javobgarlikka tortilgan mansabdorlar soni ma’lum qilindi

    16.12.2021, 17:07

    Sirdaryoda YPX xodimi alkotester o‘rniga bir martalik stakandan foydalanishga urindi (video)

    16.12.2021, 16:52

    O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi yana ko‘tarildi

    16.12.2021, 16:37

    Jahongir Ortiqxo‘jayev Toshkentda daraxtlar kesilishida hokimlikning ham aybi borligini tan oldi

    16.12.2021, 15:54

    AQSh Senati Interpol mexanizmlarining suiiste’mol qilinishiga qarshi choralarni ma’qulladi

    16.12.2021, 15:35
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Quyosh faolligi oshdi: 24 soat ichida 15 ta chaqnash kuzatildi

    Dunyo | 2 avgust, 23:50

    “Har qanday xatoga qarshi raketalar bilan javob qaytaramiz” — Hindiston Pokistonga ogohlantirish berdi

    Dunyo | 2 avgust, 23:25

    Superliga. “Dinamo” “Navbahor”ga qarshi bahsda g‘alabani qo‘ldan chiqardi

    Sport | 2 avgust, 23:20

    Davlat byudjetidan nafaqalarga xarajat qisqarib, subsidiyalar ko‘paytiriladi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 23:16

    BAA banklari Rossiya kompaniyalarining hisoblarini ommaviy ravishda bloklashga kirishdi

    Dunyo | 2 avgust, 22:55

    Qurollar faqat mustaqil Falastin davlati barpo etilgandagina topshiriladi — HAMAS

    Dunyo | 2 avgust, 22:30

    Superliga. “Bunyodkor” “Neftchi”dan, “Nasaf” “So‘g‘diyona”dan ustun keldi

    Sport | 2 avgust, 22:21

    O‘z joniga qasd qilish, o‘zidan qoniqmaslik va kuchli stress. Ijtimoiy tarmoqlarga bo‘lgan qaramlik nimasi bilan xavfli (foto, video)

    O‘zbekiston | 2 avgust, 22:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.