“2022-yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida”gi prezident farmoni loyihasiga ko‘ra, o‘zbekistonliklarga Yangi yil bayramida ketma-ket 5 kun dam berilishi mumkin. Bu haqda Telegram’dagi “Mehnat huquqi” kanali xabar berdi.
O‘zbekiston prezidentining 2021-yil 10-maydagi 6222-son farmoni bilan 31-dekabr — juma qo‘shimcha dam olish kuni etib belgilangan. Mehnat kodeksi 131-moddasiga ko‘ra, 1-yanvar — Yangi yil bayram (ishlanmaydigan) kuni. 2-yanvar esa yakshanba dam olish kuni.
2022-yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risidagi prezident farmoni loyihasi ishlab chiqilgan bo‘lib, unda 2022-yil 3-yanvar — dushanba, 4-yanvar — seshanba qo‘shimcha dam olish kuni etib belgilanishi ko‘zda tutilmoqda. Hujjat qabul qilinsa, o‘zbekistonliklar Yangi yil bayrami munosabati bilan ketma-ket 5 kun (31-dekabrdan 4-yanvargacha) dam oladi.
Xususan:
- 2021-yil 31-dekabr (juma) – 2021-yil 10-maydagi PF-6222-sonli prezident farmoniga asosan qo‘shimcha dam olish kuni;
- 2022-yil 1-yanvar (shanba) – Mehnat kodeksi 131-moddasiga ko‘ra, ishlanmaydigan kun (Yangi yil bayrami);
- 2022-yil 2-yanvar — yakshanba dam olish kuni;
- 2022-yil 3-yanvar (dushanba) va 4-yanvar (seshanba) kunlari – qabul qilinishi kutilayotgan farmonga asosan qo‘shimcha dam olish kuni.
Izoh (0)